2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
2- mashq. 1. Gaplarni kuzatib, misollardagi undalmalarni aniqlang. 2. Undalmalar gapning ixchamlashishida katta rol o`ynashini izohlab bering. 3. Undalmalarning mustaqil gap sifatida qo`llanishini izohlab bering (vokativ gaplar ko`rinishida). 4. Misollarda undalma kengaytirgan so`zshakl qanday gap bo`lagi vazifasida kela olishi mumkinligini aniqlang. 5. Berilgan va tuzilgan misollarda undalma vazifasidagi so`zshakllar qaysi so`z turkumi bilan ifodalana olishini aniqlang.
1. Bolam, jon bolam, o`zingni ehtiyot qil. Xo`pmi, jon bolam! Tushunding-a! (O`.Hosh.) 2. Eh, ukam. Sen ularni bilmaysan-da. 3. Ey, dono qizim, keling, keling, bormisiz? 4. Quyosh, nuring to`ka ber mo`l-mo`l! Bahor, ketma bizning bog`lardan! (Oyb.) 5. Chimxo`rsan-da, qizim, shu ham osh yeyishmi? (A.Qod.) 6. Endi, bo`tam, gapimning bu yog`iga ham diqqat bilan quloq sol. (X.To`x.) 7. Bobo, to`qayda arslon bo`ladimi? (Yo.Shuk.) 8. Ey, Sodiqcha, sen hali nimani ko`rding-ku, nimaga ishonding? (A.Qod.) 8. Kelgusi avlod, mening yosh do`stlarim, sizlarga, ko`p ish qilishga to`g`ri keladi. (I.V.Mich.) 9. O`zingni teja, qizim, o`rningni qalin qilib burkanib yot, terla. (A.Qod.) 10. Keling, do`stlar, qadrdonlar, aziz o`rtoqlar. 3- mashq. 1. Gaplarni kuzatib, ulardagi kirish va kiritma kengaytiruvchilarni aniqlang. 2. Berilgan va tuzilgan misollardan kirish kengaytiruvchilarning umumiy va xos xususiyatlarini bayon eting. 3. Kirish va kiritma kengaytiruvchilarning nutqiy ma`nolarini sanang va misollar doirasida asoslab bering. 1. O`rmonjon akam urushmaydilar, mana ko`rasiz, urushmaydilar. (A.Qah.) 2. O`zingiz bilasiz; to`rt yildan beri bu yerda ishlayman tinim yo`q, ishdan boshim chiqmaydi. (Oyb.) 3. Tabibning aytishicha, tuzalmaydigan dardning o`zi yo`q. 4. Zafar, menimcha, ertaga sayohatga bormaydi. 5. Men uydagi ko`rpachalarni (bizda oz bo`lgani uchun, qo`shnilardan ham olib chiqqan ekanlar) tashqariga tashiy berdim. 6. Kampir paranjini boshga ilib, Nurini mashhur «Qo`ng`iroq» folbinga (ba`zilar «rost folbin» ham deyishadi) sudradi. (Oyb.) 7. Demak, qo`shiq kerak butun olamga. 8. Tilning hatto tovush me`yorlari ham bizni o`qishga da`vat etadi. Jumladan, so`zning oxirgi tovushi ikkinchi so`zning boshida (va`da va vafo) takror qo`llansa, nutq sur`atiga salbiy ta`sir etadi. 9. Toshkent tinchlangandan keyin (agar salomat bo`lsam) o`zim xabar yuboraman. (A.Qod.) 10. Qabulxona — bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo`lsa kerak — qorong`i edi. Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash. Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling