2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor savollar va topshiriqlar
- Gap va uning LSQlari
- 3-ilova
1- ilova.
2-ilova. Kichik guruhlarda ishlash. “Shirinso`z” va” Yoqimtoy” guruhlari o`zaro gap turlari bo`yicha musobaqa o`tkazadilar, savol-javob, boshqotirmalar bilan ishlaydilar. Gap LSQsi haqida fikr almashadilar. Gap va uning LSQlari
3-ilova. Mashqlar ishlash: 1- mashq. Berilgan matnda nechta gap borligini aniqlang va gap belgilarini izohlang. Tilning yaratilishi inson tafakkurining kelib chiqishi bilan bog`liq bo`ladi. Tafakkur rivoji bilan til ham shakllanadi, rivojlanadi. Shakllangan til doimo taraqqiyotda bo`ladi; jamiyatda har bir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik o`zgarish ongga va u orqali tilga ta`sir qiladi, til boyiydi, tobora takomillashib boradi. Tildagi bo`lgan o`zgarishlar til sathlarining turli sohalarida turlicha bo`ladi: tilning eng tez o`zgaruvchi sohasi leksika (lug`at) bo`lib, morfologiya va sintaksis qismi (qo`shimchalar va gap tuzilishi) kamroq o`zgaradi. Fonetika (tovushlar sistemasi) sohasi eng kam o`zgaradigan qismdir. 2- mashq. Gaplar tasnifi bo`yicha tahlil qiling. 1. Har kimga ozor bera ko`rma—dunyo barchaga barobardir. 2. Tamagirlik — ofat. 3. Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. 4. Boylikka hirs qo`yish — joduning sirtmog`iga tushib qolish bilan barobar. 5. Vaqt — keskir qilich. U hech narsaga qaramay shart o`tadi-ketadi, sen esa voy-voylagancha qolaverasan. 6. Rostlikning mevasi totli, natijasi esa samaralidir. 7. Xushfe`l bo`lish — yaxshi odat. 8. Kishining fe`l-atvori o`zini begona qiladi, o`zgani xesh. 9. O`qidim. Kitob menga yoqdi. 10. Bahor. Atrof ko`m-ko`k. 11. Inson tirik ekan hech qachon umidsizlanmasligi kerak. Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash. Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish: 1. Gapning maqsadiga ko`ra turlarining har biriga 3 tadan misol topish. 2. Gapning tuzilishiga ko`ra har bir turiga 3 tadan misol topish. 3. Tasdiq va inkor, bir tarkibli va ikki tarkibli, his-hayajonli va his-hayajonsiz gaplarga misol keltiring. Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling