2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar


Download 103.57 Kb.
bet40/42
Sana15.02.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1201966
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI

3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)

3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O`quv mashg`ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e`lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg`ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish. Ilovada ko`rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish. (3- ilova)

Tinglaydilar.




  1. ilova.

Tezkor savollar va topshiriqlar:

  1. Ajratilgan bo`lak haqida tushuncha bering.

  2. Qaysi gap bo`laklari ajratilishi mumkin?

  3. Kiritmalar ajratilgan bo`laklardan nimasi bilan farqlanadi?

  4. Kirish so`z, kirish birikma, kirish gap haqida gapiring.

  5. Ajratilgan gap bo`laklarida tinish belgilarining ishlatilishi haqida gapiring.

  6. Undalma haqida tushuncha bering.

  7. Undalmada tinish belgilari qanday ishlatiladi?

Mashqlar ishlash:
1- mashq. 1. Gaplarni kuzatib, ulardagi kirish va kiritma kengaytiruvchilarni aniqlang. 2. Berilgan va tuzilgan misollardan kirish kengaytiruvchilarning umumiy va xos xususiyatlarini bayon eting. 3. Kirish va kiritma kengaytiruvchilarning nutqiy ma`nolarini sanang va misollar doirasida asoslab bering.
1. O`rmonjon akam urushmaydilar, mana ko`rasiz, urushmaydilar. (A.Qah.) 2. O`zingiz bilasiz; to`rt yildan beri bu yerda ishlayman tinim yo`q, ishdan boshim chiqmaydi. (Oyb.) 3. Tabibning aytishicha, tuzalmaydigan dardning o`zi yo`q. 4. Zafar, menimcha, ertaga sayohatga bormaydi. 5. Men uydagi ko`rpachalarni (bizda oz bo`lgani uchun, qo`shnilardan ham olib chiqqan ekanlar) tashqariga tashiy berdim. 6. Kampir paranjini boshga ilib, Nurini mashhur «Qo`ng`iroq» folbinga (ba`zilar «rost folbin» ham deyishadi) sudradi. (Oyb.) 7. Demak, qo`shiq kerak butun olamga. 8. Tilning hatto tovush me`yorlari ham bizni o`qishga da`vat etadi. Jumladan, so`zning oxirgi tovushi ikkinchi so`zning boshida (va`da va vafo) takror qo`llansa, nutq sur`atiga salbiy ta`sir etadi. 9. Toshkent tinchlangandan keyin (agar salomat bo`lsam) o`zim xabar yuboraman. (A.Qod.) 10. Qabulxona — bu yer ilgari katta boyning mehmonxonasi bo`lsa kerak — qorong`i edi.
Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish: mashqlarni davom ettirish.




Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling