2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar


Download 103.57 Kb.
bet6/42
Sana15.02.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1201966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI

ilova. Uyga vazifa.

1-mashq. Misollarni kuzatib, ulardagi sintaktik aloqalarni aniqlang. Olgan bilimlaringiz asosida berilgan misollardagi gaplarni sintaktik tahlil qiling.
1. Bo‘zto‘rg`ayning ovoziday mayin, xushyoqim kuy olis-olislarga tarqalib, dasht yana ham kengayib yorishib ketganday bo‘ldi (O.Yoqubov). 2. U ko‘klam shabadasida mastona bosh chayqaydi (T.Malik). 3. Osmonda bahor quyoshi erkalanib jilmayadi (T.Malik) 4. Vatan onaning allasi taralgan, beshigining izlari chizilgan zamin (T.Sodiqova). 5. Bizning maktab daryo bo‘yiga joylashgan. 6. Hozir odam uchun nomusdan qimmatli narsa yo‘q. 7. Inson uchun eng muqaddas fazilatlardan biri - va`daga amal qilish. 8. Giyohlar shitirlaydi, shamol chodirni silkitadi (S.Ahmad). 9. Eshik oldida beshta ot qator turar edi (A.Qahhor). 10. Mehnat qilsang rohat ko‘rasan (Maqol). 11. Usmon ota diydor ko‘rishish ishtiyoqida sabri tugab, otiga qamchi bosdi (A.Qahhor).
1-topshiriq. Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berish, baholash.
2-topshiriq. Muayyan reja asosida ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanib konspekt yozish.

Mavzu

gap kengaytiruvchilari tahlili



AMALIY MASHG`ULOTDA TA`LIM TEXNOLOGIYASI



Mashg`ulot vaqti – 2 soat

Talabalar soni – 25 nafar

Mashg`ulot shakli

Bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish

Amaliy mashg`ulot rejasi

1. Ajratilgan bo`laklar haqida tushuncha.
2. Kiritmalar.
3. Undalma va uning shakllari.
4. Uyushiq bo`laklarning ifodalanishi.

O`quv mashg`ulot maqsadi:

“Ajratilgan bo`laklar, kiritmalar, undalma va uyushiq bo`laklar” mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

  • Ajratilgan bo`laklar haqida keng tushuncha berish.

  • Kiritmalar va undalma turlarini ajratish.

  • Uyushiq bo`laklarning ifodalanishini aniqlash.

O`quv faoliyati natijalari:

  • Gap bilan grammatik bog`lanmaydigan bo`laklar haqida adabiyotlardan olgan bilimlarini aytib beradi.

  • Gap bilan grammatik bog`lanmaydigan bo`laklar turlari haqida tushunchaga ega bo`ladi.

  • Ularni tahlil qiladi.

Ta`lim berish usullari

Suhbat, savol-javob, munozara, tahlil.

Ta`lim berish shakllari

Ommaviy, guruhlarda ishlash.

Ta`lim berish vositalari

Darslik, turli ko`rsatilgan adabiyotlar, doska, daftar, grafik, mashqlar, tarqatma.

Ta`lim berish sharoiti

Texnik ta`minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo`ljallangan auditoriya

Monitoring va baholash

Og`zaki nazorat: savol-javob, tahlil natijalari.



4- AMALIY MASHG`ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI



Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta`lim beruvchi

Ta`lim oluvchi

Tayyorlov bosqichi

  • Mavzuni aniqlaydi, ta`limiy maqsadini belgilaydi va kutilayotgan natijalarni shakllantiradi.

  • Mavzu bo`yicha tayanch konspekt ishlab chiqadi.

  • Belgilangan ta`limiy maqsadlarga erishishni ta`minlovchi o`quv topshiriqlarni ishlab chiqadi.

  • Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta`minlash uchun yozma yo`riqnomalarni tayyorlaydi.

  • Natijalarni boholash mezonlarini ishlab chiqadi.





Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling