2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
6-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: SO‘Z KENGAYTUVCHILAR TAHLILI 1-mashq. Quyida berilgan gaplar tarkibidan so‘z kengaytiruvchilarni aniqlang. Ularning ifodalanishiga ko‘ra turini aniqlang. 1. Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. (Maqol). 2. Oy to‘lmagan bo‘lmasa ham, juda yorug‘, shabadada silkinayotgan terak barglarini bitta-bitta sanab chiqish mumkin. (P.Qodirov). 3. Shaharliklar... o‘zlarini tog‘da yashayotganday his qilishadimi? (Sh.Xolmirzayev). 4. O‘g‘il ham otaga shunchalik o‘rgandiki, u bilan birga yotadigan bo‘ldi. (Sh.Xolmirzayev). 5. Ikkovga birov botolmas, otliqqa yayov etolmas. (Maqol). 6. Xalqning hurmat qilishini tilasangiz, avval o‘zingiz hammani hurmat qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 7. Nodon kishi o‘zining nasl-nasabiga, olim kishi esa o‘zining ilm va adabiga tayanadi. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 8. Ular bosh silkib, shundoq muhtaram odam bilan tanishganlaridan minnatdor ekanliklarini izhor qilishdi (O‘.Hoshimov). 9. Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan arslondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 10. Chiqmasa... bittasini menga ber, bir-ikki oy boqay... (P.Qodirov). 11. Manmanlik yaramas odat ekanini anglang, hamisha buni yodingizda tuting. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 12. Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer. (Maqol). 13. Ko‘kka boqma, ko‘pga boq. (Maqol). 14. Olim kishi... maqtashlar va olqishlarga uchib, o‘zini yuqori tutmaydi, kamtar bo‘ladi («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 15. Ko‘pni bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar. (Maqol). 16. To‘g‘ri, studentlar allaqachon paxtadan qaytib, yomg‘irdan ivigan parklar yana oshiq-ma’shuqlarning shivir-shiviriga to‘ldi. (O‘.Hoshimov). 17. O‘zingdan kichiklarni kamsitmang. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 18. Kattami, kichikmi - har qaysisini hurmatlab, yoshi va martabasiga ko‘ra muomala qiling. («Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur»). 19. Botirdan yaxshi ish qolar, donodan – yaxshi so‘z. (Maqol). 20. Yoshi ulug‘ni ulug‘lasa, baxt topar. (Maqol). Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling