2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar


Download 103.57 Kb.
bet1/42
Sana15.02.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1201966
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI


2-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI


Tezkor savollar va topshiriqlar:
1. Valentlik tushunchasiga ta’rif bering.
2. Semantik valentlik haqida gapiring.
3. Lug‘aviy valentlik nima?
4. Sintaktik valentlik haqida gapring.
5. Grammatik shakl valentligi nima?


1-mashq. Quyidagi so‘zlarga mos keluvchi kelishik qo‘shimchalarini aniqlang.
Yozmoq, yugurmoq, kulmoq, sotmoq, o‘ynamoq, yemoq, kiymoq, so‘ramoq, izlamoq, fikrlamoq, sanamoq, bosmoq, solmoq, suzmoq, o‘stirmoq, so‘zlamoq, ifodalamoq, buzmoq, izohlamoq, pullamoq, garov o‘ynamoq, egalik qilmoq, tishlamoq, urmoq, ichmoq, chizmoq, chizmoq, yopmoq, kuylamoq, kurashmoq, qochmoq, uchmoq, haydamoq, bermoq, unutmoq, saqlamoq, bilmoq, yotmoq, qarz bermoq, g‘alaba qozonmoq, yashirmoq, yirtmoq.


2-mashq. Quyidagi matnda ishtirok etgan so‘zlardan tushirib qoldirilgan va matn mazmuniga mos keluvchi qo‘shimchalarni o‘z o‘rniga qo‘ying.

Mana sen jonivorlar… sevasan, buvang… o‘xshaysan. Qachon qishloq… so‘z ketsa, albatta, tuya deysan, xo‘tik deysan. Nima…? Ular bilan shug‘ullanish qiziq, xuddi ular ham seni yaxshi ko‘rgan…, bilgan…, aytganlaring… bilib qilayotganday. Faqat tillari yo‘q, xolos. Yoshligim… mening bir chiroyli, kelishgan do‘nan… bo‘lardi. Baqavli o‘rtog‘… edi, bir… o‘sdik, u… onasi… tagi… buvam bilan ikkalamiz bir… qabul qilib olganmiz. Onasi… qorni… tushiboq dingilla… men… qaragan, bo‘yni… bo‘ynim… solgan, ingichka-ingichka oyoqlari titrab turardi. Oyoqlarining to‘pig‘…da olasi bor edi, peshanasi… qashqasi. Ko‘zlari katta-katta, kiyikniki… o‘xshagan chiroyli. Buvam bu seni… dedilar, katta bo‘lgani… ham men boqdim, men… boshqadan yem yemasdi, suv… ham meni undardi, birga borardik o‘rta ariq…, o‘rta ariq… suv ichmay turib olardi, Toshloq… borardik, Toshloq… ichardi, erinmasdan cho‘miltirardi…, uzoq yuvardi…. Buvam bir kuni uni jambil bilan yuvdilar. Shunday burqirab, xushbo‘y tarqatib yurdiki, bir necha hafta uyimiz jambil hidi… to‘lib turdi. Men ham shunday qiladigan
bo‘ldi…, jambil terib kelardim-da, buvam… o‘xshab buloq suvi bilan yuvardim. Faqat men minardim uni. Juda yugurik chiqdi, chavandozlar ko‘zmunchoq taqib qo‘y deyishdi, ko‘zmunchoq taqib qo‘ydim, ko‘z tegmasin deb. Ko‘pkarilar… minardim, aralashmasdim-u, uzoq-uzoqlarda ko‘pkarichi… orqasidan chopardim. U shu qadar quvonib yurardiki, boshi… qo‘yib yuborsam, yetib olishi hech gap emasdi. O‘roq mahali o‘roq… ham birga chiqardik, go‘ja, ayron olib chiqardik o‘roqchilar….
Matansoy degan soyimiz bo‘lardi, juda bug‘doy bitkuchiydi. Go‘ja olib chiqdim-u, birozgina mashoq tersin deb boshi… qo‘yib yubordim. O‘zim g‘aram soyasi…, g‘ir-g‘ir shabada… mast bo‘lib yotdim, nafas o‘tmay uxlab qolib…. Bir mahal uyg‘onsam, oftob og‘ib qolgan, Do‘nanboy, mashoq qayoq…, o‘sha turgan joyi… hali ham bir xil holat… turipti. Hayron bo‘lib o‘rnim… turdim, bir narsa demoqchi… boshi… baland ko‘tarib kishnadi, faqat orqa oyoqlari bilan tepkilanadi-yu, oldingi oyoqlari… yer… uzmaydi. Yugurib oldi… bordim, bordim-u oyoqlari osti… qarab qotib qoldi…, oldin… chap oyog‘i… qop-qora, chipor cho‘lilon o‘ralib yotibdi, o‘ng oyog‘i esa u… boshi… majaqlagancha ezib turipti. Borib oyoqlari… majaqlangan ilon… o‘rovi… yechib tashladim, shundagina o‘ng oyog‘i… u… boshi… oldi.



Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling