2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar


Download 103.57 Kb.
bet25/42
Sana15.02.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1201966
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI

2-ilova. Mashqlar ishlash:
1-mashq. Gaplarni kuzatib, qo`shma gaplarni aniqlang.
1. Havasing kelsa, o`qigin edi. 2. O`qituvchi keldi, dars boshlandi. 3. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga to`g`ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim. (Oyb.) 4. Sen shunday xayrli ish qilginki, toabad bundan faxrlanib yur. 5. Esing borida, etagingni yop. 6. Yoz kelsa, bitta asbobni olib, boshqa yurtlargat ish qidirib ketardi. 7. Mabodo, uning qo`lidan yetaklasa bormi, mushkuli osonlashib, ahvoli yengillashardi. (A.Qah.) 8. G`ing desa bormi, jonini sug`urib olardi. (S.Nur.) 9. Qushlar to`p-to`p bo`lib uchsa, havo ochiq bo`ladi. 10. Dunyoni suv bossa, to`pig`iga chiqmaydi. (Maq.)
Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:
Asarlardan qo`shma gapga 10 ta misol topish va izohlash.

2- mashq. Berilgan misollar orasidan biriktiruv bog`lovchisi yoki –u, -yu, -da yuklamalari ishtirokida bog`langan qo`shma gaplarni ajrating.
1. Ko`p demak so`zda mag`rurlik, Va ko`p yemak nafsga ma`murlik (A.Navoiy). 2. O`zbek oyim gapirib turgan so`zini yarim yo`lda qoldirib, o`rnidan turdi va mehmonlar ham unga ergashdilar (A.Qodiriy). 3. Sakson yetti yil olov oldida mehnat qildim, to`pponcha yasamadim, qilich yasamadim, pichoq yasamadim (S.Ahmad). 4. Bu she`r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so`z san`atkorligini va hayot hodisalarini nihoyatda chuqur bilishini namoyish qilgan edi (S.Ahmad). 5. Qutidor Otabekdek bir yigitni kuyov qilishi bilan tabrikladi va shu takallufsiz sovchilik ila umr savdosi bitkan hisoblandi (A.Qodiriy). 6. Eshik ochildi-yu, Qalandarovning ozg`in yuzi ko`rindi (A.Qahhor). 7. Jinoyatchi sudga keldi va o`z aybiga iqror bo`ldi. 8. Shu payt Qosim aka pastida xurmo, anor va olma olib chiqdi (S.Ahmad) 9. Oyim dadamning kayfiyatini buzmaslik uchun ko`chada bo`layotgan har xil gaplarni va mish-mishlarni yetkazmaslikka harakat qilardi (S.Ahmad).

Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling