Mashg`ulot vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni – 25 nafar
|
Mashg`ulot shakli
|
Bilimlarni kengaytirish va mustahkamlash
|
Amaliy mashg`ulot rejasi
|
1. Qo`shma va sodda gaplar haqida tushuncha.
2. Qo`shma gaplarning sintaktik xususiyatlari.
3. Qo`shma gaplarni tasnifi bo`yicha tahlil qilish.
4. Bog`langan qo`shma gaplar haqida tushuncha.
5. Bog`lovchisiz qo`shma gaplar.
6. Ergash gapli qo`shma gaplar.
|
O`quv mashg`ulot maqsadi:
|
“Qo`shma gap va sodda gaplarni farqlash” mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish.
“Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplarni ajratish” mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko`nikmalarni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
Qo`shma gaplar haqidagi tasavvurlarni kengaytirish, uning lisoniy sathlar ichida tutgan o`rni haqida kengroq tushunchaga ega bo`lish.
Qo`shma gaplar haqida olingan nazariy ma`lumotlarni amalda qo`llash ko`nikmasini shakllantirish.
Sintaktik aloqa vositalari haqida fikrlarni kengaytirish.
Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplar haqidagi tasavvurlarni kengaytirish.
Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplar haqida olingan nazariy ma`lumotlarni amalda qo`llash ko`nikmasini shakllantirish.
Ularni tahlil qilish.
|
O`quv faoliyati natijalari:
Qo`shma gaplar haqida ko`rsatilgan adabiyotlardan olgan bilimlarini aytib beradi.
Qo`shma gaplar haqida o`z fikrlarini bildiradi.
Qo`shma gaplarni tahlil qiladi.
Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplar haqida ko`rsatilgan adabiyotlardan olgan bilimlarini aytib beradi.
Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplarni haqida o`z fikrlarini bildiradi.
Bog`langan, bog`lovchisiz va ergash gapli qo`shma gaplarni tahlil qiladi.
|
Ta`lim berish usullari
|
Suhbat, savol-javob, munozara.
|
Ta`lim berish shakllari
|
Ommaviy, yakka tartibda
|
Ta`lim berish vositalari
|
Darslik, turli ko`rsatilgan adabiyotlar, doska, daftar, grafik.
|
Ta`lim berish sharoiti
|
Amaliy mashg`ulotlarga mo`ljallangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Og`zaki nazorat: savol-javob
|