2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
2-ilova. Mashqlar ishlash:
1-mashq. Berilgan misollar orasidan ergashgan qo`shma gaplarni ajrating. 1. Haydar ariq labiga cho`nqayib, muzday suvga yuz-ko`zlarini yuvdi, biroq ko`nglidagi g`uborni muzday suv ham tarqata olmadi (O.Yoqubov). 2. Beruniy boshi garang, tili lol, churq etmay o`tirar edi (O.Yoqubov). 3. Cho`lpon oyog`i ostida daryodek oqayotgan suvga qarab, vahmi kelar, otining jilovini bo`sh quyib, yo`ldoshi ketidan orqama-orqa ehtiyotlik bilan borardi (M.Qoriyev). 4. Po`lat qoplangan zalvorli eshik asta g`ichirlab ochildi-yu, qorong`i bo`shliq ko`rindi (O.Yoqubov). 5. Kuchli bo`ron daraxtlarning shoxlarini tebratdi va ko`kdan bahorning marvarid tomchilari toma boshladi (H.G`ulom). 6.Avgust oyi tamom bo`lishi bilan, qisqa muddatli kurslar yopila boshladi (A.Qahhor). 7. Bizda hissiz yozilgan, nuqul aql sotadigan, kitobxonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq kitoblar oz emas (A.Qahhor). 8. Fosih afandi podshoh xazinasini o`g`irlagan dovkor o`g`rini tutib kelayotgandek, samanda kekkayib kirib bordi (M.Ismoiliy). 2-mashq. Berilgan misollar orasidan yordamchilarsiz birikkan ergashgan qo`shma gaplarni topib, qo`llanmagan yordamchi o`rniga mos yordamchilarni qo`yib qanday ergash gapli qo`shma gap ekanligini ayting. 1. Ona tilimizni avaylab asrang, u avlod-ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan bebaho mulkdir, xazinadir. 2. Yozildi bu she`r bahor tongida, Aziz farzandlarga sovg`a bo`lsin deb (G`.G`ulom). 3. Sidiqjon to hushini o`nglaguncha, Boltaboy bostirmaga kirib keldi (A.Qahhor). 4. Shul erur aybim, Muqimiy, Mardumi Farg`onaman (Muqimiy). 5. Saidiy Munisxonning fazilatlaridan naqadar nuqsonlar yasasa ham, har holda Munisxon Munisxonligida qoldi (A.Qahhor). 6. Qorovul chol oqsoqlanib panjarani ochguncha, Nasiba lip etib ichkariga kirib oldi (O`.Hoshimov). 7. O`z akasining so`zlari suyak-suyagidan o`tib, yuzlari lovillab ketdi (O`.Hoshimov). 8. Zum o`tmay yana shamol o`kirar, ketidan yana jimlik cho`kardi (O`.Hoshimov). 9. Qor yog`di – don yog`di (maqol). 10. Sog`inib erdim: bahor bo`ldi bahona, do`stlar (S.Abdulla). 11. Yaxshisi shu: bizdan xavotir olmay, erta bilan O`rmonjonni qora tortib, kapsanchilar oldiga borgin (A.Qahhor). 12. Andishaning sababi shudir: Zaynabning ham tanlagani bor (H.Olimjon). Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash. Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling