2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar


Download 103.57 Kb.
bet4/42
Sana15.02.2023
Hajmi103.57 Kb.
#1201966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI

3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa)

3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar.
3.2. O`quv mashg`ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e`lon qiladi.
3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: amaliy mashg`ulotga tayyorlanib kelish. Nazorat savollariga javob berish. Ilovada ko`rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish. (3- ilova)

Tinglaydilar.

1- ilova.



Tezkor savollar va topshiriqlar:

  1. Gapning ta`rifi va tavsifi.

  2. Gap bashqa sintaktik birliklardan qanday farq qiladi?

  3. Gapning kommunikativ birlik deyilganida nimani tushunasiz?

  4. Gapning adabiyotlardagi ta`rifi bir xilmi?

  5. Gap qanday tasnif qilinadi?

  6. Gapni maqsadiga ko`ra tasnif eting.

  7. Gap tuzilishiga ko`ra qanday tasnif etiladi?

2-ilova. Kichik guruhlarda ishlash.
“Shirinso`z” va” Yoqimtoy” guruhlari o`zaro gap turlari bo`yicha musobaqa o`tkazadilar, savol-javob, boshqotirmalar bilan ishlaydilar. Gap LSQsi haqida fikr almashadilar.


Gap va uning LSQlari



Gаplаr

Qоliplаr

1.

Sаlim/u kitоbni o`qidi.

оt/оlmоshbоsh kеlishik –Tоttushum kеlishigi– Wfе`lаniq nisbаtPm]

2.

Sаlim/u аkаsidаn qo`rqаdi.

оt/оlmоshbоsh kеlishik –Tоtchiqish kеlishigi – Wfе`lаniq nisbаtPm]

3.

Sаlim/u mаktаbgа bоrаdi.

оt/оlmоshbоsh kеlishik –Hоtjo`nаlish kеlishigi – Wfе`lаniq nisbаtPm]

4.

Sаlim/u mаktаbdаn uygа qаytаdi.

оt/оlmоshbоsh kеlishik –Hоtchiqish kеlishigi – Hоtjo`nаlish kеlishigi –Wfе`lаniq nisbаtPm]

5.

Sаlim/u qizаrdi.

оt/оlmоshbоsh kеlishik –Wfе`lаniq nisbаtPm]

6.

Mоskvаgа bоrilаdi.

[Hоtjo`nаlish kеlishigi –Wfе`lmаjhul nisbаtPm]

7.

Bu kitоbni o`qisа bo`lаdi.

оlmоsh – Tоttushum kеlishigi – Wfе`lаniq nisbаtPm]

8.

Оtаm-tаjribаli O`qituvchi

оtbоsh kеlishik –А–WоtPm]

9.

Bu gul judа chirоyli edi

оlmоsh –Еоtbоsh kеlishik– WsifаtPm]



3-ilova. Mashqlar ishlash:
1- mashq. Berilgan matnda nechta gap borligini aniqlang va gap belgilarini izohlang.
Tilning yaratilishi inson tafakkurining kelib chiqishi bilan bog`liq bo`ladi. Tafakkur rivoji bilan til ham shakllanadi, rivojlanadi. Shakllangan til doimo taraqqiyotda bo`ladi; jamiyatda har bir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnik o`zgarish ongga va u orqali tilga ta`sir qiladi, til boyiydi, tobora takomillashib boradi.
Tildagi bo`lgan o`zgarishlar til sathlarining turli sohalarida turlicha bo`ladi: tilning eng tez o`zgaruvchi sohasi leksika (lug`at) bo`lib, morfologiya va sintaksis qismi (qo`shimchalar va gap tuzilishi) kamroq o`zgaradi. Fonetika (tovushlar sistemasi) sohasi eng kam o`zgaradigan qismdir.
2- mashq. Gaplar tasnifi bo`yicha tahlil qiling.
1. Har kimga ozor bera ko`rma—dunyo barchaga barobardir. 2. Tamagirlik — ofat. 3. Tamagirlik bilan adolat bir-biriga ziddir. 4. Boylikka hirs qo`yish — joduning sirtmog`iga tushib qolish bilan barobar. 5. Vaqt — keskir qilich. U hech narsaga qaramay shart o`tadi-ketadi, sen esa voy-voylagancha qolaverasan. 6. Rostlikning mevasi totli, natijasi esa samaralidir. 7. Xushfe`l bo`lish — yaxshi odat. 8. Kishining fe`l-atvori o`zini begona qiladi, o`zgani xesh. 9. O`qidim. Kitob menga yoqdi. 10. Bahor. Atrof ko`m-ko`k. 11. Inson tirik ekan hech qachon umidsizlanmasligi kerak.
Mashqlarning natijalarini tahlil qilish, kamchiliklar bo`yicha tavsiyalar berish, baholash.
Uyga mustaqil ish topshiriqlari berish:
1. Gapning maqsadiga ko`ra turlarining har biriga 3 tadan misol topish.
2. Gapning tuzilishiga ko`ra har bir turiga 3 tadan misol topish.
3. Tasdiq va inkor, bir tarkibli va ikki tarkibli, his-hayajonli va his-hayajonsiz gaplarga misol keltiring.



Download 103.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling