2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-mashq. Berilgan gaplar asosida sintaktik tahlilni amalga oshiring. Gaplardagi so‘z birikmalarini aniqlang.
3-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: SO‘Z BIRIKMASI SINTAKSISI Tezkor savollar va topshiriqlar: Tilshunoslik sohalarini sanang. Tilshunoslik sohalari orasida sintaksisning o‘rni haqida gapiring. Sintaksis tilning qaysi tomonini o‘rganadi? Sintaksis birliklarini sanang. Sintaktik aloqa deganda nimani tushunasiz? Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning nima farqi bor? Turg`un va erkin bog`lanish haqida gapiring. 1-mashq. Berilgan gaplar asosida sintaktik tahlilni amalga oshiring. Gaplardagi so‘z birikmalarini aniqlang. 1. Davrga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar og‘ushida urush va mehnat frontiga safarbar qilingan yoshlar qalbi jo‘shqinlik va muhabbat tuyg‘ularidan yiroq emas. 2. Dono odam dushmandan ham ko‘p narsa o‘rganadi. 3. Eng qiyini — o‘z ishini anglab yetish, eng osoni — o‘zgalarga nasihat aytish. 4. Biz chelaklab nasihat aytamiz-u, ammo o‘zimiz tomchilab qabul qilamiz. 5. O’zgalar oldida berilgan nasihat ta’nadek botadi. 6. Biz hech narsani nasihatchalik saxiylik bilan aytib tashlayvermaymiz. 7. O’zgalarning ishi xususida donolik qilish o‘z shaxsiy ishini eplashga qaraganda ancha osondir. Aql o‘rgatish va aqlli bo‘lish mutlaqo boshqa-boshqa narsalardir. 8. Nasihat xuddi kunjut yog‘idek yoqimsiz: uni birovga ichirish osonu, ammo o‘zimiz ichishimiz koni azob. 9. Maslahat so‘rash — bu bir kishi ikkinchisiga ko‘rsatadigan eng yuksak ishonchdir. 10. Quruq javoblar odilona savollarni mahv etadi va aqlni o‘tmaslaydi. Sen aytgan o‘rinli gapning ahmoq qulogiga yetmay qolib ketishi hamma narsadan ham achinarli. 11. Maslahatga kirmaydigan odamga yordam bermaslik kerak. 12. Tentaklarning ustozi so‘z emas, baxtsizlikdir. 13. Shunday odamlar borki, ularning qulog‘ini kesib tashlamaguningcha eshitishni istashmaydi. 14. Tentakka maslahat berish — ko‘rga ko‘zgu tutish bilan baravar. 15. Har qanday kishi ham o‘zi tushunadigan narsaga quloq soladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling