2-amaliy mashg‘ulot mavzu: valentlik bo‘yicha mashqlar tahlili tezkor savollar va topshiriqlar
Download 103.57 Kb.
|
2. VALENTLIK BO‘YICHA MASHQLAR TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezkor savollar va topshiriqlar
- Mashqlar ishlash : 1- mashq
ilova.
Mashqlar ishlash: 1- mashq. 1. Berilgan gaplardagi ajratilgan so`zshakllarni aniqlang. 2. Berilgan misollardagi ajratilgan gap kengaytiruvchilarni va so`z kengaytiruvchilarni alohida guruhlarga ajrating. 4. Kuzatilganlardan ajratilgan sifatlovchilarni ajrating va ularga misollar keltiring. 5. Kuzatilganlardan ajratilgan egalarni ajrating va ularga misollar keltiring. 6. Kuzatilganlardan ajratilgan hollarni ajrating va ularga misollar keltiring. 7. Kuzatilganlardan ajratilgan to`ldiruvchilarni ajrating va ularga misollar keltiring. 1. Sichqonboy, rahmsiz, to`ng, Do`q urubon bosadi. (Q. Muh.) 2. Sakrab tushib shunda tuyadan, karvonboshi — berahm, nodon. (I.Rah.) 3. Ko`rdilaringmi, qattiq — tishlaringni ushatadi. 4. Kechqurun osh suzsak, bir nasiba kam, Qumsayman, birovni — allakimni. (G`.G`ul.) 5. Unsin uchun, bechora qiz uchun bu qanday mudhish, motam! (Oyb.) 6. Bu yerlarga kelgan u — xalq o`g`li, shoir, vatan tog`lari sari ochib quchog`in. (Oyb.) 7. Fursating bormi, qaynatadan, Zunnunxo`jadan, so`rab kelganmisan? (A.Qah.) 8. Biz mana shu qishloq hayotidan nafis film, ya`ni kartina yaratmoqchimiz. (A.Qah.) 9. Mashhur terimchi Xosiyatoyni, yosh ayolni, hurmat bilan to`rga o`tkazishdi. 10. Qo`shnisini, bir kampirni, chaqirdi. 2- mashq. 1. Gaplarni kuzatib, misollardagi undalmalarni aniqlang. 2. Undalmalar gapning ixchamlashishida katta rol o`ynashini izohlab bering. 3. Undalmalarning mustaqil gap sifatida qo`llanishini izohlab bering (vokativ gaplar ko`rinishida). 4. Misollarda undalma kengaytirgan so`zshakl qanday gap bo`lagi vazifasida kela olishi mumkinligini aniqlang. 5. Berilgan va tuzilgan misollarda undalma vazifasidagi so`zshakllar qaysi so`z turkumi bilan ifodalana olishini aniqlang. 1. Bolam, jon bolam, o`zingni ehtiyot qil. Xo`pmi, jon bolam! Tushunding-a! (O`.Hosh.) 2. Eh, ukam. Sen ularni bilmaysan-da. 3. Ey, dono qizim, keling, keling, bormisiz? 4. Quyosh, nuring to`ka ber mo`l-mo`l! Bahor, ketma bizning bog`lardan! (Oyb.) 5. Chimxo`rsan-da, qizim, shu ham osh yeyishmi? (A.Qod.) 6. Endi, bo`tam, gapimning bu yog`iga ham diqqat bilan quloq sol. (X.To`x.) 7. Bobo, to`qayda arslon bo`ladimi? (Yo.Shuk.) 8. Ey, Sodiqcha, sen hali nimani ko`rding-ku, nimaga ishonding? (A.Qod.) 8. Kelgusi avlod, mening yosh do`stlarim, sizlarga, ko`p ish qilishga to`g`ri keladi. (I.V.Mich.) 9. O`zingni teja, qizim, o`rningni qalin qilib burkanib yot, terla. (A.Qod.) 10. Keling, do`stlar, qadrdonlar, aziz o`rtoqlar. Download 103.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling