2-amaliy mashg’ulot: nutqning asosiy xususiyatlari mavzusidan savol-javob, mashq bajarish va test tahlillari


- topshiriq. Abu Homid G‘azzoliyning «Til ofatlari kitobi»dan


Download 40.09 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi40.09 Kb.
#1503182
1   2   3   4
Bog'liq
2-amaliy mashgulot (2)

10- topshiriq. Abu Homid G‘azzoliyning «Til ofatlari kitobi»dan
olingan parchani o‘qing va uning mazmuni asosidagi xulo-

salaringizni 5–6 ta gap bilan ifodalang.



Xunuk eshitiladigan iboralarning aksari albatta so‘kishda
qo‘llanadi. Bunday iboralar behayolik darajasiga, ya’ni bir-
biridan bepardaroq bo‘lishiga qarab farqlanadi.
Shuningdek, bunday iboralar har o‘lkaning odatiga ko‘ra
ham tafovutlidir. Deylik, shaharning bu chekkasida quloqqa
yomonroq eshitiladigan iboralar, shaharning u chekkasida
umuman taqiqlangan bo‘lishi yoki ikkalasining orasida uni-
siga ham, bunisiga ham o‘tib turadigan darajada farqlanishi
mumkin.
Ahli ayolga nisbatan ham ishoratan gapirish go‘zal va
ma’qul ko‘rilgan odat hisoblanadi. Masalan: «Mening xotinim
falon dedi», – deyilmaydi. Balki: «Ichkari xonada shunday
gap aytildi» yoki «Parda orqasidan shunday gap eshitildi»
yoxud «bolalarning onasi aytdi», – deyilishi hayoga yaqinroq.
Bu borada ziyrak va «yopiq»roq bo‘lish maqtovga munosib
sifatdir. Ochiqlik esa xunuk, qolaversa, behayolikka boshlaydi.
Xijolatga sabab bo‘ladigan pes, kal, bavosir kabi jismoniy
ayblarni ochiq aytish ham durust emas. Balki, vaziyatga qarab,
ramzlar bilan ishora qilish odobga muvofiqdir.
Demak, uyatli ishlarni ochiqcha gapirish behayolikka
kiradi va bularning barchasi til ofatlaridandir.
Ato ibn Horun deydi: «Umar ibn Abdulaziz tilga e’tiborli
kishi edi. Qo‘ltig‘iga yara chiqqanida uni ko‘rishga bordik.
Undan: «Yara qayeringizga chiqdi?» – deb so‘radik. «Qo‘lim-
ning ich tarafiga», – dedi u».
Ozor yetkazishni qasd qilish, surbet va fosiq kishilar davra-
siga ko‘p qo‘shilish, so‘kishga odatlanish kabi illatlar behayo-
likka sabab bo‘ladi.
Rashid Zohid tarjimasi.


11- topshiriq. She’riy parchalarni o‘qing va shu asosda o‘zbek tilining so‘z boyligi haqida matn tuzing.
I. Dona-yu dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bahrida durdona bil.
* * *
Har kimsaki, so‘z demak shiorida durur,
Ma’no guli nutqining bahorida durur.

So‘zkim, demasun ulki ixtiyorida durur,


So‘z yaxshiligi chu ixtisorida durur.
Alisher Navoiy
II. Tovushlarning kichik, ulug‘i,
Tovushlarning hidi – bo‘yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bo‘lsaydi agar,
Chizar edi shunday lavhalar.
Maqsud Shayxzoda
III. Ba’zan so‘zlar «Bejoman» deb dod soladi,
Goh xuddi yov ustiga ot soladi.
Goh loqayd bo‘ladilar har narsaga,
Na g‘aflatga soladilar, na larzaga.
Esiz husnim deb o‘ksib turadilar,
Yo azada go‘yo qah-qah uradilar...
So‘zni qayliq saylagandek sevib sayla,
Òo qo‘l ursa, muharrirga rashk ayla.
Gomer kabi mangulikka tanla uni,
Mangu yonar topsang agar qalovini.
Asqad Muxtor



Download 40.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling