2-amaliy mashg‘ulot O‘zbek tilining ijtimoiy funksiyalarining kengayishi: jamiyatdagi o‘zgarishlar va til rivoji Reja


Download 21.12 Kb.
bet2/3
Sana04.10.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1691829
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

Parvoz chog`i tayyoraning dilbar kelini
Ko`k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin e’lon o`qiganda o`zbek tilini
Davlat tili bo`lganiga pushaymon qildi.
Mashhur Robinzon Kruzoni eslang. U kimsasiz orolga tushub qolganda uzoq yillar davomida unga tildan foydalanishga deyarli ehtiyoj sezilmaydi. Tilning kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasiga ko`ra sof ijtimoiy hodisa ekanligini isbotlovchi bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Ammo til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyatdagi boshqa ijtimoiy hodisalardan farq qiladi.
Faqat jamiyatning mavjudligi bilan bog`liq bo`lib, jamiyat uchun xizmat qiladigan ijtimoiy hodisalarning turlari nihoyatda ko`p. Ideologiya, bazis, ustqurma, demokratiya, pul muomalasi kabilar ham ijtimoiy hodisalar bo`lib, ularning jamiyatda bajaradigan vazifalarining o`z xususiyatlari va ma’lum doirada qo`llanilish chegaralari bor. Chunonchi, ideologiya-muayyan jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarashlar va g`oyalar sistemasi; bazis jamiyatning iqtisodiy tuzilishini, ustqurma esa jamiyatning siyosiy, huquqiy, ideologik me’yorlarini belgilab beruvchi hodisalardir. Jamiyat bo`lmagan joyda demokratiya, ya’ni xalq ommasining boshqaruv ishlarida qatnashuvi yoki fuqarolarning siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatlari haqida gapirish mumkin emas. Pul muomalasi haqida ham shunday fikrni aytish o`rinlidir. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar o`zgarib turadi. Bu o`zgarish har bir tuzumga tegishli bo`lgan bazis, ustqurma, ideologiya kabilarni ham yangilaydi. TIL esa na bazis, na ustqurma, na ideologiyadir. Tilning yuqorida sanab o`tilgan ijtimoiy hodisalardan eng katta va asosiy farqi shundaki, til jamiyat faoliyatining barcha-barcha sohalariga xizmat qiladi. Til tuzumlar o`zgarishi bilan butkul yangilanmaydi, o`z xususiyatini, vazifasini o`zgartirmaydi. U kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti jarayonida yaratilgan, sayqal topib borayotgan aniq-tarixiy me’yor sifatida jamiyat a’zolarining hammasiga teng xizmat qiladigan asosiy fikr ifodalash vositasidir.
Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi.
“Kommunikativ” so`zi rus tilidan olingan lingvistik atama bo`lib, “fikr almashuvga oid” degan ma’noni ifodalaydi. Kishilarning o`zaro aloqa-aralashuvda o`z fikr-mulohazalarini, istak-xohishlarini, ichki kechinmalarini ifoda etib, bir-birlariga axborot yetkazishlari, ya’ni tilning jamiyatda aloqa vositasi funksiyasini bajarishi uning
Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling