2-Amaliy mashg’ulot Tayyorgarlik ishlari. Dastlabki ma’lumotlarni gis uchun tayyorlash. Rastrli tasvirlar. MapInfo dasturida karta tuzish ishlarini boshlash yo’llari


Download 0.81 Mb.
Sana01.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1737757
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot


2-Amaliy mashg’ulot
Tayyorgarlik ishlari. Dastlabki ma’lumotlarni GIS uchun tayyorlash. Rastrli tasvirlar. MapInfo dasturida karta tuzish ishlarini boshlash yo’llari.

  • Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GISlar ishlatilib , ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan . Jumladan ularga GeoDraw, GeoGraph (Geografiya instituti Rossiya), AtlasGis va WinGis (AQSH), ArcInfo, MapInfo (AQSH) va boshqa dasturlarni keltirish mumkin.





Kartalar yaratishning GIS texnologiyasini quyidagicha tasavvur qilsa bo’ladi:

  • 1.Tayyorgarlik ishlari.

  • -Elektron taxeometrlar va GPS asboblaridan;

  • -tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan;

  • -avtorlik originallaridan;

  • -mavjud fond kartalaridan va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni to’plash.

  • -kartografik va fond materiallarini skanerlash, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga keltirish so’ngra ularni kompyuter xotirasiga kiritish.

  • Dastlabki ma'lumotlarni GIS uchun tayyorlash

  • Kartani tuzishga kirishishdan avval, mutaxassis natija qanday boʻlishni aniq tassavur qilishi, uning masshtabi, unda qancha hudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari ikkinchi darajali, batafsillik darajasi qanday, jarayonlarni koʻrsatish qaysi materiallar asosida bajarilishi, hududning xususiyati va hokazolarni bilishi kerak, aks holda karta tuzishni tasavvur qilish qiyin.



Rastrli tasvir — surat, fotosurat yoki boshqa grafik materiallarni rastrli nuqtalar yigʻindisi shaklida kompyuterda tas-virlashdir. Rastrli tasvir piksel (pixsel — tasvir elementi) deb ataluvchi rangli yoki oq — qora nuqtalardan iborat boʻladi, vektorli tasvir esa nuqtalarning biror bir koordinata tizimidagi X va U koordinatasini belgilashdan hosil qilinadi. Rastrli tasvirlar ustiga MapInfo dasturida yaratilgan kartani joylashtirish mumkin.
MapInfo da rastrli tasvirlar faqatgina koʻrish uchun foydalaniladi — unga oʻzgartirish kiritish mumkin emas. Odatda ular vektorli kartalar uchun kartografik asos sifatida foydalaniladi, chunki tasvirning detallashganlik darajasi vektorli kartalarga qara-ganda ancha yuqori.

  • MapInfo skanerlar bilan bevosita aloqa qilmasada, boshqa dasturlar asosida tayyorlangan tasvirlar fayllarini bemalol oʻqiydi. Rastrli tasvir planshetli skaner yordamida tuziladi, buning uchun kartografik manbani skanerning ob'ektiv oynasi ustiga joylashtirish va skanirlash jarayonini amalga oshirish kerak.




  • Rastrli tasvirni fazoviy bogʻlash (yoki roʻyhatga olishda) hamda uni vektorlash uchun kartografik proyeksiya va koordinatalar tizimi tanlanadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling