2-amaliy mashg‘ulot Tortuv elektr mashinalari. O‘zgarmas tok generatorining konstruksiyasi va ishlash prinsipi
Download 61.86 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-amaliy mashg\'ulot
2-amaliy mashg‘ulot Tortuv elektr mashinalari. O‘zgarmas tok generatorining konstruksiyasi va ishlash prinsipi Tortuv generatori dizelning mexanik energiyasini elektr dvigatellarni ta’minlash uchun elektr energiyaga o‘zgartirib beradi. O'zgarmas tokli elektr uzatmali teplovozlarda tortuv generatori ikkita ish rejimida ishlaydi: 1. Dizelni ishga tushirish jarayonida, generator asosiy qutb va yakor cho'lgamlari ketma - ket ulangan dvigatel rejimida ishlab, dizel tirsakli valini aylantirib dizelni ishga tushirib beradi. 2. Dizel to'liq ishga tushgandan so'ng, asosiy qutbida mustaqil cho'lgamga ega bo'lgan generator rejimida ishlab, dizeldagi mehanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. Tortuv generatorini dizelning tirsakli valiga ikki usulda biriktiriladi. 1. Uslub. Tortuv generator staninasi dizel karteri bilan ajralmas qilib qattiq mahkamlanadi. Generator yakori dizel tirsak vali bilan yarim qattiq mufta bilan ajralmas qilib mahkamlanadi. Bundan tashqari generator staninasi yon tomonidan payvandlangan tayanchlari orqali dizel osti ramasiga mahkamlanadi. Bu uslubda generatorni dizelga ulash uzunligi bo'yicha gabarit o'lchamlarini qisqartirishga, ulanishdagi qattiqlikni oshirishga imkon beradi. Bu uslubda asosan kichik quvvatli teplovozlarning dizellari generatorlari bilan ulanadi. 2. uslub. Tortuv generator staninasi yon tomoniga payvandlangan tayanchlari bilan dizel osti ramasiga mahkamlanadi. Generator yakorining vali dizel tirsakli vali bilan yarim qattiq mufta orqali ajralmas qilib mahkamlanadi. Generator yakori valining dizel tomondagi tayanchi vazifasini dizel tirsakli valining tayanchi bajaradi. Bu uslubda asosan quvvati katta bo'lgan teplovoz dizellari generator bilan ulanadi. Teplovoz generatorining tuzilishi va tehnik tavsifini o'zgarmas tok elektr uzatmali teplovozlarda qo'llaniladigan GP - 300B markali tortuv generatorda ko'rib chiqamiz. GP - 311B markali tortuv generatorining tuzilishi va tehnik tavsifi [1] adabiyotda keltirilgan. TEM 2 teplovozlarida qo’llanilgan o’zgarmas tok tortuv generatori GP - 300B [1] adabiyotda keltirilgan GP - 311B generator kabi asosiy qismlardan tashkil topgan (1.4. rasm). Shuning uchun tuzilishini ko'rib chiqilganda faqat o'ziga hos tomonlarini keltirilgan 1.4. –rasm. GP -300B tortuv generatori 1- yakor korpusining barabani; 2- qovurg’a; 3- yakor korpusining gupchagi; 4- val; 5- old labirint zichlagichi; 6 - podshipnik; 7 - labirint zichlagich; 8 - moylash uchun quvur; 9 - siquvchi shayba; 10 - podshipnik shiti; 11 - kollektor; 12 - cho'tkalar; 13 - cho'tkaushlagich; 14, 16 - asosiy qutb cho'lg’ami va o'zagi; 15 - tenglashtiruvchi cho'lg’amlar; 17,18 - qo'shimcha qutb cho'lg’ami va o'zagi; 19 - bandaj; 20, 22 - yakor cho'lg’ami va o'zagi; 21 - parrak; 23 - gardish; 24 - markazlashtiruvchi chiqiq; 25 - stanina; 26 - tayanch panjalar Generator yakori korpusining bir uchi dizel tirsakli valining gardishi bilan 12 boltlar orqali ajralmas qilib qattiq mahkamlangan. Yakorning qisqartirilgan vali podshipnik shitiga o'rnatilgan ikki qatorli o'zi o'rnashuvchi rolikli podshipnik orqali ushlab turiladi. Generator yakorining o'qi bo'yicha harakatlanishi 3 mm gacha qilib berilgan bo'lsa dizelning ettinchi o'zak podshipnigidagi o'q bo'yicha harakatlanishi 1 mmgacha qilib belgilangan. Shundan ko'rinib turibdiki barcha o'q bo'yicha yo'naluvchi kuchlarni dizel podshipnigi qabul qiladi. St3 markali qalin list ko'rinishdagi po'latdan payvandlash usuli bo'yicha tayyorlangan generatorning staninasi cilindrsimon ko'rinishga ega. Generator staninasi markazlashtiruvchi chiqiqi bo'lgan bir tomoni bilan dizel karterining katta gardishiga bevosita mahkamlanadi. Generator teplovoz ramasida staninasiga payvandlangan panjalari orqali (prujinalar orqali) ushlab turiladi. Generator staninasining yuqori qismidagi mahsus quloqchalar orqali generator ta'mirlash va o'rnatishda ko'tarish - tashish mashinalari orqali ko'tariladi. Generator o'z - o'zini sovutuvchi qilib tayyorlangan bo'lib sovutish parragi yakor korpusiga mahkamlangan. Generatorni sovutuvchi havo kapotdan va podshipnik shitidagi teshiklardan parrak orqali so'rib olinadi. Staninaning dizel tomonida temir to'r bilan berkitilgan sovutuvchi havoni chiqarib yuborishga mo'ljallangan mahsus teshiklar bo'lib bu teshiklardan generatorni sovutuvchi havo atmosferaga chiqarib yuboriladi. Generatorning asosiy qutblariga mustaqil va ishga tushiruvchi cho'lg’amlar o'rnatilgan. G’altak karkasiga bevosita ishga tushiruvchi cho'lg’am o'rnatilgan. Mustaqil cho'lg’am esa ishga tushiruvchi cho'lg’am ustiga o'raladi. Mustaqil uyg’otish cho'lg’ami turli o'ramlar soniga ega bo'lgan to'qqiz qavatdan iborat bo'ladi. Qutb cho'lg’amlarini ulovchi shinalarning konstrukciyasini soddalashtirish maqsadida to'rt qutbning chiqish qismini ochiq va qolgan to'rt qutbning chiqish qismini kesishuvchi qilib tayyorlangan. Yakor cho'lg’ami oddiy halqasimon bo'lib tenglashtiruvchi cho'lg’amlarga ega. (1.5 rasm, a). Yakor ariqchalari bo'yicha yakor cho'lg’amining qadami , kollektor bo'yicha qadam . Har bir cho'lg’am sekciyasi o'tkazgich simlardan tashkil topgan (1.5 rasm, b). O'tkazgich simlar mikanit va shishamatoli izolyaciya bilan qoplangan va mikanitli gilzalarga joylashtirilgan. Ustidan mitkali va shishamatoli qatlamlar bilan qoplangan. Sekciyalar orasiga, ariqchaning pastki qismiga va cho'lg’amlarni mahkamlovchi ponalar ostiga mikanitli qistirmalar o'rnatilgan. Yakor cho'lg’amining old qismi ostiga old siquvchi shaybaning chuqurliklariga o'lchamlari 1, 81 х 6,9 mm bo'lgan izolyaciyalanmagan mis simdan tayyorlangan tenglashtiruvchi cho'lg’amlar joylashtirilgan. Tenglashtiruvchi 1.5. rasm. GP -300B generator yakorining oddiy halqasimon cho’lg’ami a- cho'lg'am shemasi; b - ariqchadagi cho'lg'am kesimi; 1- kollektor plastinalar; 2 - tenglashtiruvchi cho'lg'amlar; 3 - yakor cho'lg'amining sekciyasi; 4 - cho'lg'amni ushlab turuvchi pona; 5,9,10 mikanitli qistirmalar; 6 - gilzadagi mis sim: 7 - shisha matoli lenta; 8 - mitkali lenta. ulanishlarning qadami , ya'ni tenglashtiruvchi ulanishlar har besh kollektor plastinalardan keyin qo'yiladi. Generatorga sakkizta reaktiv cho'tkaushlagichlarga o'rnatilgan bo'lib bu cho'tkaushlagichlar GP -311B turdagi generatorlarga o'rnatilgan dastlabki cho'tkaushlagichlar kabi bo'ladi. Faqat farqi har bir cho'tkaushlagichlarga uchtadan korpus o'rnatilgan, ya'ni har bir cho'tkaushlagichga oltitadan cho'tka o'rnatiladi. GP- 300B tortuv generatorining tehnik ko'rsatkichlari 1.1 va 1.2 -jadvallarda ko'rsatilgan. 1.1- jadval. GP- 300B tortuv generatorining tehnik ko'rsatkichlari
Download 61.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling