2 Amaliy mashg‘ulot
Funktsiyalar kal’kulyatoridan foydalanish
Download 1.37 Mb.
|
1-2 amaliy mashg`ulot
Funktsiyalar kal’kulyatoridan foydalanishFunktsiyalarning interaktiv grafik kal’kulyatori fuhtool simvolli funktsiyalar bilan ishlash uchun mo’ljallangan. U x o’zgaruvchining ikkita (f(x) va g(x)) funktsiyasini hamda ularning har xil kombinatsiyalarini tezlik bilan qurish imkoniyatini beradi. 4-rasm. Funktsiyalar kal’kulyatorining oynasi MATLAB ning komandalar oynasida funtool buyrug’ini terilib Enter klavishasi bosilsa ekranda kal’kulyatorning uchta avtonom oynasi hosil bo’ladi (4-rasm). Ularning ikkitasi grafik va uchinchisi esa boshqaruvchi oynadir: grafiklar sarlavhaga ega bo’lgan oynalarda aks ettiriladi; boshqaruvchi oyna quyidagilarga ega: funktsiyalarni kiritish uchun ikkita maydon (f va g); x o’zgaruvchining o’zgarish chegaralarini [min,max] formatda kiritish maydoni; masshtablovchi a koeffitsientni kiritish maydoni; - boshqarish 4-qatorda joylashgan tugmalar orqali amalga oshiriladi: birinchi qator- f(x) funktsiyani simvolli o’zgartirish turi: df/dx - f(x) funktsiyaning differentsiali. int f - f(x) funktsiyaning integrali. simple f - agar mumkin bo’lsa f(x) ifodani soddalashtirish. num f - ratsional ifodaning suratini ajratish. den f - ratsional ifodaning maxrajini ajratish. 1/f - f(x) ni 1/f(x) ga almashtirish. finv - f(x) ni o’zining teskari funktsiyasiga almashtirish. ikkinchi qator- f(x) funktsiyani simvolli masshtablash turi: f + a - f(x) ni f(x) + a ga almashtirish; f - a - f(x) ni f(x) - a ga almashtirish; f * a - f(x) ni f(x) + a ga almashtirish; f / a - f(x) ni f(x) / a ga almashtirish; f ^ a - f(x) ni f(x) ^ a ga almashtirish; f(x+a) - f(x) ni f(x + a) ga almashtirish.f(x + a) ; f(x*a) - f(x) ni f(x * a) ga almashtirish.f(x * a) ; uchinchi qator- f(x) funktsiyani f(x) va g(x) funktsiyalarning kombinatsiyasi bilan almashtirish turi: f + g - f(x) ni f(x) + g(x) ga almashtirish; f - g - f(x) ni f(x) - g(x) ga almashtirish; f * g - f(x) ni f(x) * g(x) ga almashtirish; f / g - f(x) ni f(x) / g(x) ga almashtirish; f(g) - f(x) ni f (g (x)) ga almashtirish; g = f - g (x) ni f(x) ga almashtirish; swap - f(x) va g(x) ni o’zaro almashtirish; to’rtinchi qator-boshqarish amallari: Insert - f(x) funktsiyani biriktirilgan funktsiyalar bibliotekasiga kiritish; Cycle - f(x) funktsiyalarni biriktirilgan funktsiyalar bibliotekasidan tsiklik ravishda chiqarish; Delete - f(x) funktsiyani biriktirilgan funktsiyalar bibliotekasidan o’chirib tashlash; Reset - boshlang’ich holatga qaytish; Help – yordamni chaqirish; Demo – funktsiyalar kal’kulyatoridan foydalanishni namoyish qilish; Close – uchala oynani yopish. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling