2-AMALIY MASHG’ULOT
VC++ MUHITI KOMPONENTALARI
Dasturlash muhitining asosiy komponentasi –
Form sinfini ko’rib chiqamiz.
Bundan keyin biz ilovalar elementlarini formalar deb ataymiz.
Bu konteyner,
keyinchalik yaratilgan barcha ilovalarda hozirgi ilovada mavjud bo’lgan barcha
funksiyani joylashtiradi.
Tabiiyki, ushbu formalar bilan ishlash uchun biror
instrument kerakdir. Bunday instrument
muhitda mavjud va u formalar dizayneri
deb nomlanadi.
FORMALAR DIZAYNERI
VC++ muhitida yuqoridagi mavzulardan foydalanib, muhitni yuklaganimizda
bo’sh forma hosil bo’ladi.
Ekranda joylashgan Панель элементов qismida esa
Formalar dizayneri (2.
29-rasm) joyladi. Dizayner bizga formalar bilan ishlashda:
komponentalarni
formaga joylashtirish, ularni ko’chirish, o’chirish, belgilash, bir
joydan ikkinchi joyga o’tkazish, formalarni yopish kabi imkoniyatlarni taqdim etadi.
Komponentalar
Панель элементов qismida joylashgan bo’lib, ular turli xil
turkumlar ajratilgan. Boshqa turkumdagi komponentani ko’rish
uchun sichqoncha
tugmasini o’ng tarafga qaragan uchburchak belgisiga bir marta bosish kerak.
2.29-rasm. Formalar dizayneri
Bu komponentalar eng ko’p ishlatiladigan komponentlar hisoblanib, bularning
ro’yxatiga yana boshqa komponentalarni qo’shish mumkin. Buning uchun
Сервис
menyusida joylashgan
Выбрать элементы панели элементов punktiga o’tish
kerak. Bu oynada to’liq komponentalar ro’yxati keltiraladi,
agar siz komponenta
to’g’risiga bayroqcha belgisini qo’ysangiz, formalar dizayneriga yana bir
komponeneta qo’shiladi, olib tashlasangiz, demak, bu komponenta yo’qoladi. Aytib
o’tilganidek, muhit bizga dastlab minimum miqdorda
komponentalarni taqdim
qiladi. Biz o’zimizning xohisihimizga ko’ra ularning sonini oshirishimiz mumkin
ekan.