2-Amaliy mashg`uloti Mavzu: Ureaza preparatini ajratib olish karbamidogidrolaza; kf
Download 224.14 Kb. Pdf ko'rish
|
Ureaza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning borishi
2-Amaliy mashg`uloti Mavzu: Ureaza preparatini ajratib olish (karbamidogidrolaza; KF 3.5.1.5) • Kerakli asbob va uskunalar: Kofe maydalagich, Byuxner voronkasi, farfor hovoncha, 500 ml kolba, vakuumda filtrlash uchun moslangan kolba, zajim bilan rezina trubkasi, soya urug’i, petroliy efiri, mochevina (1%), fenolftelein (1 % spirtli), natriy gidroksidi (10%), Nessler reaktivi (ilovani ko’ring). • Ishning borishi: 100 gm quruq soya urug’ini kofe maydalagichda ikki marotaba kukun holatigacha keltiriladi va havonchada yaxshilab ishqalaniladi. Hosil bo’lgan un 500 ml konussimon kolbaga joylashtiriladi va 10-15 daqiqa yog’sizlantirish uchun 200 ml petroley (yoki deitil) efiri bilan chayqatiladi (kolba probka bilan yopilmaydi, olovdan saqlanish kerak). Cho’kma Byuxner voronkasi yordamida ajratiladi. Efir bilan ekstraktsiyani 5-6 marotaba takrorlanadi. Yog’sizlantirilgan un shisha ustida yupqa qavat bilan joylashtiriladi yoki filtr qog’ozda quritiladi. Quritilgan, yog’sizlantirilgan un quruq joyda probkali idishda saqlanadi. Bu uzoq muddat faol ureazaning preparatini olinishida qo’llanilishi mumkin. • 20-30 gr yog’sizlantirilgan soya uniga 5 marotaba ko’proq hajmdagi distillangan suv qo’shiladi va 5 0 C dan oshmaydigan haroratda 15-20 soat saqlanadi. So’ngra cho’kma 3000 g tezlikda sentrifugalash yordamida ajratiladi. Cho’kma usti eritma ajratib olinadi. Eritmani vakuumda, 35-40 0 C haroratda quruq holatgacha qurutiladi. Olingan kukun suvda yaxshi eriydi. Ureaza faolligini aniqlash uchun uni 0,1 % li eritmasi tayyorlanadi. Probirkaga 5 mg 1 % li mochevina, 1-2 mg fenolftaleinning spirtdagi eritmasi qo’shiladi. Probirkani 30 daqiqaga 38 0 C haroratli termostatga joylashtiriladi. Paralel huddi shunday tajriba ureazaning qaynatilgan eritmasi bilan o’tkaziladi. 1-probirkadagi eritma qizil rangga aylanadi, chunki reaksiya davomida ammiak hosil bo’lish hisobiga muhit pH i ishqoriy tomonga siljiydi. • Ammiak hosil bo’lishini boshqa yo’l bilan hamaniqlash mumkin. Buning uchun tajriba qayta o’tkaziladi va 38 0 C haroratdagi inkubatsiyasi so’ng reaksion aralashmaga teng hajmda 10 0 C natriy gidroksid eritma qo’shiladi. Ammiak ajralishini hosil bo’lgan hid bo’yicha probirkani teshigida joylashtirilgan nam lakmus qog’ozini ko’karishiga qarab, undan tashqari Nessler eritmasini 2-3 tomchi qo’shilganda qizil g’isht rangli cho’kma hosil bo’lishiga qarab aniqlanadi. • Mochevina ureaza ta’sirida gidrolizlanib uglerod (IV)oksidi va ammiak hosil qiladi: • K 2 HgI 4 • KOH или K 2 HgI 4 • NaOH Download 224.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling