2. amaliy. Orqa miya reflekslarini o`rganish. Darsning maqsadi


Download 219.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana12.03.2023
Hajmi219.15 Kb.
#1263537
1   2   3   4   5
Bog'liq
2. AMALIY. Orqa miya reflekslarini o`rganish.

__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ 
 
Ishni bajarish tartibi: 
Refleks yoyini analiz qilish. Baqaning orqa miya preparati tayyorlanib 
shtativ ilmog`iga ilinadi.
A) Orqa oyoqlaridan birini boldir qismidagi terisiga kislota eritmasi 
shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi yopishtirilib bukish refleksi kuzatiladi. So`ng 
boldir qismidan terini aylanasiga kesib pastga tushiriladi va terisizlangan muskul 
ustiga kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi yopishtiriladi, bunda 
bukish refleksi sodir bo`lmaydi.
B) Ikkinchi terisi butun oyog`ida bukish refleksi mavjudligini kuzatiladi, 
shundan so`ng son qismidan quymich nervi ochiladi va ostidan ip o`tkazib 
qo`yiladi. Oyoqni terisiga kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi 
yopishtirilib bukish refleksi kuzatiladi. So`ng nervni ip bilan ko`tarib uning ostiga 
novokain bilan xo`llangan paxta qo`yiladi. Novokain ta'sirida sezuvchi tolalardan 
impulslarni o`tmay qolishi natijasida bukish refleksi yo`qoladi, buning uchun 
kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi baqa oyog`i terisiga 
yopishtiriladi. Baqa oyog`ini bukish refleksi kuzatilmay qolgungacha ketgan vaqt 
belgilanadi.
V) Baqaning orqa miya preparatini tayyorlab shtativdagi ilmoqqa ilib 
qo`yiladi , shok xolati o`tgandan keyin bukish refleksini mavjudligi sinaladi, 
buning uchun baqani orqa oyog`i kislota eritmasi quyilgan kimyoviy stakanga 
tushiriladi va oyog`ini tortib olish reaktsiyasi kuzatiladi. Shprits ignasini olib 
umurtqa pog’onasi kanaliga kiritish orqali orqa miya buziladi va baqani oyog`i 
yana kislotasi eritmasi bor stakanga tushiriladi, bunda baqa oyoqlarini tortib 
olmaganligini kuzatiladi. 
 
Ishning xulosasi 

Download 219.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling