2. amaliy. Orqa miya reflekslarini o`rganish. Darsning maqsadi
Download 219.15 Kb. Pdf ko'rish
|
2. AMALIY. Orqa miya reflekslarini o`rganish.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________ Ishni bajarish tartibi: Refleks yoyini analiz qilish. Baqaning orqa miya preparati tayyorlanib shtativ ilmog`iga ilinadi. A) Orqa oyoqlaridan birini boldir qismidagi terisiga kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi yopishtirilib bukish refleksi kuzatiladi. So`ng boldir qismidan terini aylanasiga kesib pastga tushiriladi va terisizlangan muskul ustiga kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi yopishtiriladi, bunda bukish refleksi sodir bo`lmaydi. B) Ikkinchi terisi butun oyog`ida bukish refleksi mavjudligini kuzatiladi, shundan so`ng son qismidan quymich nervi ochiladi va ostidan ip o`tkazib qo`yiladi. Oyoqni terisiga kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi yopishtirilib bukish refleksi kuzatiladi. So`ng nervni ip bilan ko`tarib uning ostiga novokain bilan xo`llangan paxta qo`yiladi. Novokain ta'sirida sezuvchi tolalardan impulslarni o`tmay qolishi natijasida bukish refleksi yo`qoladi, buning uchun kislota eritmasi shimdirilgan filtr qog`oz bo`lakchasi baqa oyog`i terisiga yopishtiriladi. Baqa oyog`ini bukish refleksi kuzatilmay qolgungacha ketgan vaqt belgilanadi. V) Baqaning orqa miya preparatini tayyorlab shtativdagi ilmoqqa ilib qo`yiladi , shok xolati o`tgandan keyin bukish refleksini mavjudligi sinaladi, buning uchun baqani orqa oyog`i kislota eritmasi quyilgan kimyoviy stakanga tushiriladi va oyog`ini tortib olish reaktsiyasi kuzatiladi. Shprits ignasini olib umurtqa pog’onasi kanaliga kiritish orqali orqa miya buziladi va baqani oyog`i yana kislotasi eritmasi bor stakanga tushiriladi, bunda baqa oyoqlarini tortib olmaganligini kuzatiladi. Ishning xulosasi Download 219.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling