2-amaliy pdf


konveyerda ixtiyoriy olingan, ya’ni protsessorning buyruqlari tarkibiga


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana09.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1759768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-amaliy

konveyerda ixtiyoriy olingan, ya’ni protsessorning buyruqlari tarkibiga
kirgan barcha buyruqlarni bajarish mumkin bo‘lgan. v-konveyerda esa,
nisbatan oddiy bo‘lgan buyruqlarni bajarish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday
buyruqlar sirasiga – butun sonlar ustida bajariladigan oddiy buyruqlar,
suriluvchi nuqtali sonlar ustida bajarilishi mumkin bo‘lgan bitta oddiy
buyruq kabi buyruqlarni kiritish mumkin.Kompyuterlarning
unumdorligini oshirishda qo‘llaniladigan, ma’lumotlarni parallel
ishlashning ikkinchi shakli bo‘lgan – protsessor sathidagi paralellik
haqidagi tushuntirishlar 3.6 paragrafda keltiriladi. Konveyer g‘oyasini
amalga oshirishda ishlatilgan yondoshishlardan yana biri bu – ko‘p
sonli funksional bloklarga ega bo‘lgan bitta koveyerdan foydalangan
holda hisoblashlarni tashkil etish bo‘ldi (3.12-rasm). 


3.12-rasm. Beshta funksional blokka ega superskalyar protsessor.
Ushbu yondoshish asosida qurilgan arxitektura – superskalyar
arxitektura deb ataldi. 3.12-rasmda beshta funksional blokka ega
bo‘lgan superskalyar protsessorning tuzilishi keltirilgan. Unda
buyruqlarni bajarish bloki bo‘lgan C4 bloki tarkibiga qo‘shimcha
funksional bloklar kiritish amalga oshirilgan. Bunday arxitekturadan
avval Pentium II, keyinchalik esa Pentium 4 protsessorini qurishda
foydalanilgan. 
O‘ttiz ikki razryadli kompyuter protsessorining tuzilishi va qanday
ishlashiga oid muhim jihatlarini Pentium 4 protsessori misolida ko‘rib
chiqamiz. Pentium 4 protsessorining ichki registrlari 3.13-rasmda
keltirilgan.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling