2-amaliy topshiriq. O'qituvchi shaxsi haqida esse


Download 18 Kb.
Sana09.10.2020
Hajmi18 Kb.
#133041
Bog'liq
O'qituvchi shaxsi haqida esse


2-amaliy topshiriq.O'qituvchi shaxsi haqida esse.

O'qituvchi deganda aksariyatimizning ko'z oldimizga sabrli, mehri daryo,o'z zimmasiga uzoq va mashaqqatli yo'lni o'quvchilari bilan bosib o'tishgada tayyor ilm-marifat sohibi keladi.O'qituvchi shaxsi zamon talabiga mos, doimiy o'qib-o'rganishdan to'xtamaydigan,murakkab tushuncha va masalalarni o'quvchiga sodda va tushunarli tilda bayon eta bilish qobiliyatiga ega, pedagogik texnologiyalardan samarali foydala oladigan, bolalarga dars berishda mehr bilan yondoshib, ularning xato va kamchiliklarini o'z vaqtida to'g'ri yondoshuv orqali tushuntib bera olabilib, ularni qiziqishini ortirib bilim berishga tayyor bo'lgan va shu kabi malakalarga ega mutaxasisni o'z ichiga oladi.U pedagogik jarayonni analiz qila bilishi,bu jarayonlarni rejalashtira bilishi, natijalarni mo'ljallay olishi kerak bo'ladi.Shunisi ham muhimki,har bir o'qituvchiga davr talabi-axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi ham unga dars jarayonida muhim hisoblangan aniqlik va rang-barang muhitni ta'minlashda yaqindan yordam beradi.O'qituvchida tashkilotchilik qobiliyati, qat'iyatlilik, o'z maqsadiga yetish, joyi kelsa qattiqqo'llik kabi xislatlarning mavjud bo'lishi ish jarayonining maqsadli va mazmunli kechishiga o'z hissasini qo'shadi.Har bir o'qituvchi o'z sohasida talab darajasidagi bilimlarga ega bo'lishi, jahon ilm-fanida ro'y berayotgan voqeiliklardan xabardor bo'lib borishi, ta'lim-tarbiya metodikasini egallagan bo'lishi,bolalar psixologiyasidan xabardor bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. U kommunikativlik layoqatiga, nutq madaniyatiga talab darajasida javob berishi kerak bo'ladi. Bunda ayniqsa, ijodkorlik yuksak qadrlanadi.
Download 18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling