1. Marketing evolutsiyasining birinchi bosqichi 20-asr boshidan 30- yillarning o'rtalarigacha, ikkinchi bosqichi 30-yillar o'rtalaridan 80-yillarning o'rtalarigacha, uchinchi bosqichi o'tgan asrning 80-yillar o'rtalaridan to hozirgi kungacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ishlab chiqarishni va tovarni takomillashtirish konsepsiyalari paydo bo'ldi. Ikkinchi bosqichda tijorat faoliyatini jadalashtirish va marketingning umumiy kansepsiyalari paydo bo'ldi.
2. Amerika Marketing Asatsiyasining 1985-yilda marketinga quyidagicha tarif berilgan. " Marketing mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini qondirish maqsadida tovar va hizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni amalga oshirish narx belgilash tovarlar harakati va sotishini uyushtirishdir" Fransuz marketing maktablarida esa "Marketing bu sotishni taminlash va sotuvga tovarlar va hizmatlarni istemolchilar talabiga mos holda chiqarish orqali ularning talabini qondirish maqsadida o'tkaziladigan chora-tadbirlar majmuidir" deb tarif berishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |