2 annotatsiya
Download 466.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IQTISODIYOT dasturi(TARMOQLAR VA SOHALAR BO‘YICHA)
2 ANNOTATSIYA Qisqa davrda O‗zbekiston iqtisodiyoti tarmog‗larini rivojlanishining innovatsion yo‗liga o‗tkazishga qodir bo‗lgan samarali boshqaruv tizimini shakllantirishga nisbatan tizimli yondashuv zarur. Bunday tizim mexanizmlarini shakllantirish metodologiyasi turli iqtisodiy ta‘limotlar, shu jumladan institutsional nazariya, evolyusion iqtisodiyot va sinergetikaning nazariy qoidalariga asoslangan bo‗lishi kerak. Milliy iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi o‗rni va ahamiyati beqiyosligi, uning evolyusiyasida mavjud bo‗lgan ko‗plab turli murakkab bosqichlar, tamoyillar, yo‗nalishlar, qonuniyatlarning o‗ziga xosligi to‗g‗risida ushbu yo‗nalishda tadqiqot olib boruvchilarga nisbatan qat‘iy talablarni belgilaydi. 5230100– Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‗yicha) yo‗nalishi bo‗yicha ikkinchi va undan keyingi ta‘limga kiruvchilarning bilim darajasini sinash maqsadida tuzilgan savollar ushbu yo‗nalishda ishlab chiqilgan nazariy asoslar, tamoyillar, yo‗nalishlarni o‗z ichiga oladi. Mazkur savollar O‗zbekiston Respublikasi Davlat ta‘lim standartiga asoslangan holda, ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ talablariga mos ravishda, amaldagi na‘munaviy dasturlar asosida tuzildi. Tuzuvchilar: i.f.n., dots. I.Soliyev i.f.n., dots. K.Sirojiddinov Taqrizchi: i.f.d., dots. O.Aripov Dastur NamDU Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot kafedrasining 2022 yil ―___‖ sentabrdagi -sonli yig‗ilishida muhokama qilingan va ma‘qullangan. 3 KIRISH Keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan global o‗zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligiga yondoshuvlarni tubdan o‗zgartirmoqda. FAO tadqiqotlariga ko‗ra yer sharida 820 milliondan ortiq kishi to‗yib ovqatlanmaslikdan qiynalmoqda va bu ko‗rsatkich 2050 yilga borib 2 milliardga yetishi mumkin. BMT prognozlariga ko‗ra 2050 yilga borib dunyo aholisi 10 milliard kishiga yetishi mumkin va bu ko‗rsatkich qishloq xo‗jaligiga yaroqli yerlarning degradatsiyaga uchrashi kuchayayotgan (52 %), qurg‗oqchilik va cho‗llashuv jarayonlari natijasida har yili 12 million gektar yer (har minutda 23 gektar) foydalanishdan chiqib ketayotgan, ekinlar hosilini yig‗ishtirib olish, tashish, saqlash va iste‘molchilarga yetkazib berishdagi nuqsonlar tufayli har yili 1,3 milliard tonna oziq-ovqat mahsulotlari nobud bo‗layotgan bir sharoitda dunyo aholisini yetarli miqdorda va sifatdagi oziq- ovqatlar bilan ta‘minlash vazifasini murakkablashtiradi. Ko‗pchilik olimlar va soha mutaxassislarining fikricha, bunday murakkab vaziyatda global oziq-ovqat ta‘minoti va xavfsizligini ta‘minlash masalasini qishloq xo‗jaligi va unga tutash oziq-ovqat sanoati tarmoqlarni barqaror rivojlantirish orqaligina hal etish mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015 yilning sentabrida Barqaror rivojlanish bo‗yicha o‗tkazilgan sammitida qabul qilingan 70- son rezolyutsiyasiga muvofiq shuningdek, 2030 yilgacha bo‗lgan davrda BMT Global kun tartibining ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ni izchil amalga oshirish bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 oktabrdagi 841-sonli ―2030 yilgacha bo‗lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖gi Qarori asosida 2030 yilgacha bo‗lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar hamda ularni amalga oshirish bo‗yicha «Yo‗l xaritasi» tasdiqlangan. BMT ―Barqaror rivojlanish maqsadlari‖ 17 ta punktdan iborat bo‗lib, uning 2-maqsadi ―Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanish ratsionini yaxshilash hamda qishloq xo‗jaligining barqaror rivojlanishiga ko‗maklashish‖ga bag‗ishlangan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PQ- 5308- sonli Qarori bilan tasdiqlangan ―2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasining 3.4 - ―Qishloq xo‗jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish‖ bo‗limi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi PF-5853-sonli ―O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‗ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi Farmoni, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 sentabrdagi ―Respublika oziq-ovqat 4 sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗laqonli ta‘minlashga doir chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PQ-4821-sonli Qarorlarida qishloq xo‗jaligini barqaror rivojlantirish bo‗yicha o‗rta va uzoq muddatli strategiyalar belgilangan. Iqtisodiy rivojlanishning qaysi modelini tanlanmasin mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‗jaligidagi mavqei va o‗rni uning raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Bu o‗rinda qishloq xo‗jaligini rivojlantirish muammolarini ilmiy asosda hal eta oladigan ilmiy pedagogik kadrlarning o‗rni va ishtiroki muhimdir. Mamlakatimizda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuniga asoslanib mutaxassislarning kasbiy maxoratini ko‗tarish va malakali iqtisodchi kadrlarni xalqaro andozalar darajasida tayyorlashni takozo etadi. Dasturda qo‗yilgan mavzu va masalalar 08.00.04-―Qishlok xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ ixtisosligi bo‗yicha talabgorlarning faqatgina shu sohadagi umumiy bilim darajasini aniqlash bilan cheklanmasdan, balki shu sohadagi muammolar va ularning yechimlarini topish bo‗yicha bilimga ega ekanligini namoyish eta olishini talab etadi. Download 466.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling