2 aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni” “Xalqaro bolalar kitoblari kuni ga bag‘ishlangan bayram ssenariysi


Download 22.4 Kb.
bet1/4
Sana24.12.2022
Hajmi22.4 Kb.
#1057257
  1   2   3   4
Bog'liq
“Xalqaro bolalar kitoblari kuniga


2 aprel – “Xalqaro bolalar kitoblari kuni”
Xalqaro bolalar kitoblari kuni"ga bag‘ishlangan bayram ssenariysi

Sahna ilmu ma’rifatga da’vat etuvchi shiorlar, hadislar yozilgan plakatlar, shoir va yozuvchilarning portretlari bilan bezatiladi. Shuningdek, turli badiiy kitoblardan namunalar, ular haqida ma’lumot beruvchi bukletlar ham qo‘yiladi.


Tadbirni boshlovchilar va o‘quvchilar olib borishadi. Musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar tashrif buyurishadi.


1-boshlovchi: Har ko‘ngilning orzusi shul erur obi-xayot,
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko‘zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,
Har qorongu dilga go‘yo mohitobondir kitob.
2-boshlovchi: U balodan asraguvchi eng muhim qimmat yarog‘,
Tiyri vaxshat xanjari zillatga qalqondir kitob,
Har kishi yoshlikda qilsa g‘ayrat agar,
Tez zamonda oshno bo‘lmog‘i onsondir kitob.


1-boshlovchi: Assalomu-alaykum hurmatli mehmonlar va kitobsevar do‘stlar!
2-boshlovchi: Assalomu-alaykum mana shu koshonaga yig‘ilgan aziz insonlar!
1-boshlovchi: Kitob – insonning aqliy taraqqiyoti va ma’naviy kamolotiga yordam beruvchi, ilm durdonalarini to‘plab, avlodlarga yetkazuvchi, o‘tmishni, bugun va ertangi kunga bog‘lab turuvchi ma’naviy boylik.
2-boshlovchi: O‘zbek oilalarida kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va kitobxonlik qadimiy an’analardan bo‘lib, halqimiz ma’naviy kamolotida muhim o‘rin tutib kelyapti. Kitobxonlik-ma’naviy komillik asoslaridan sanalarkan, xalqimizning o‘zi qadar qadimiy tarixga ega. Buni ajdodlarimiz tomonidan uch yarim ming yil ilgari yaratilgan "Avesto" qismati yaqqol tasdiqlaydi. Ajdodlarimiz uni to‘la-to‘kis yod bilmoqni, unga amal qilib yashamoqni e’tiqodiy burch deb bilganlar.
1-boshlovchi: Kitob-dilga nur beradi, dil nuridan esa inson ko‘zi ravshanlashadi, olamni ko‘radi, anglaydi, to‘g‘ri yo‘l ila baxt - saodat topadi. Zaminni, ona-tabiatni oftob isitsa, odam qalbini kitob ilitadi, yoritadi va nurlantiradi. Ya’ni quyosh bo‘lmasa olamning, tabiatning, hayotning bo‘lishi shubha ostida qoladi. Kitob bo‘lmasa, ma’naviyatning rivojlanishi ham mavhum bir fikr bo‘lib qolaveradi.
2- boshlovchi: Hozirgi axborot asrida, turli vositalardan turfa xil xabarlar olish mumkin.Ammo kitob mutolaasi bilan ham shug‘ullanish juda zarur hisoblanadi.Kitobxonlik kishidan muayyan ko‘nikmalardan tashqari zehnlilikni ham talab qiladi.Shunday ekan, kitob o‘qish kishi ongi va fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.
1-boshlovchi: Kitobxonlikning bosh sharti - o‘qiganni uqmoq, anglab, tushunib,o‘zlashtirib olmoqdir. Binobarin, har bir kitobxon tushunib, anglab o‘qishga erishish darkorligini muttasil yodda tutmog‘i shart.

Download 22.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling