2. Aqli zaiflikning klinik tasnifi Bolalarni kompleks o’rganish prinsipining mohiyati. Astenik bolalar


Download 49.58 Kb.
bet5/6
Sana02.01.2022
Hajmi49.58 Kb.
#192914
1   2   3   4   5   6
Psixopatiyaga o’xshash buzilishlar natijasidagi oligofreniya

Psixotop buzilishlar natijasidagi oligofreniyalarda psixik aqli zaiflik bilan chuqur affektiv xayajonlanish uyg’unlashib kelib, yaqinlashuvning cheklanganligi (jinsiy, norin to’y maslik, daydirashga bo’lgan ehtiyoj, o’g’rilik) oligofreniyaning bu turi tilik bo’lib shartli pastonal buzilishlari (meningoensefalitlar) meningitlar, travmalar patologik jarayon bo’lib birgalikdagi yig’ilishidir.

EEG ning polimoror kiyshiq va yomon alfaritm fonida yuqori amplitud teta ritmlari ko’rinib, bilaterol yopish yuqori amplitudning sekin kimirlashi, bosh miya tuzilishi korka osti kiziqishga yo’naltirilgan bo’ladi.

Tutnoq buzilish natijasidagi oligofreniya

Tutqanoq buzilishi natijasidagi oligofreniya, epileptik forma buzilishi asorati bo’lib, oligofreniyaning turli aqli zaiflik turlari bilan birga turli tutqanoq ko’rinishlarida (ochiq yoki kichik yoqilishlar, epileptik ekvivalentlar ab sanslar) bo’ladi. Oligofreniyaning bu shakl ko’rinishlari ko’pincha tug’ish davridagi keyingi ilk rivojlanish vaqtidagi infeksiya va travmalar natijasida yuzaga kelgan miyadagi chandiqlar asoratidir. Biroq u genetik shartlar asosida tutqanoqka bo’lgan moyillik ham bo’lishi mumkin. EEG da epileptikning faol formalari porok sizmal yonish deb hsoblanadi pik-volnlar yoki turli epi-ekvivalentlar ko’rinishida bo’ladi.



Peshona funksiyasi buzilishi natijasidagi oligofreniya

Peshona funksiyalari buzilishi natijasidagi oligofreniyada maqsad yo’nalishi natijasida ong chuqur jaroxatlangan bo’ladi. Ba’zi bolalarda bo’shashgan, passiv, xarakatda cheklanganlik, avtomatik bo’y sunishlik kuzatiladi. Boshqalarida impulsivlik, cho’zilganlik, begabab harakatlar kayfiyatning eyforit ko’rinishda bo’lishi, xar bir narsaga diqqatini bo’laverish xollari kuzatiladi.

Ma’nosiz o’ziga xos nutq, boshqalar gaplarini tushunmasdan, o’ylamasdan takrorlash xollari ham uchraydi.

Shaxsiy o’ta rivojlanmaganligi, uyalishning yo’qligi, o’ziga va o’zlariga baxo bera olishning yo’qligi, qo’rkuv arazlash xolatlarining yo’qligi kuzatiladi.

Elektroensefalogramma ko’pol buzilgan: alfa-ritm buzilgan; delta va teta tebranish xarakterlidir. Bundan tashqari miya xududidagi bosh miya kobig’i beta ritmining gipersinxronika sining buzilishi.

Analizatorlar buzilishi natijasidagi oligofreniya

Ma’lum analizatorlar buzilishi natijasidagi olegofreniyada miyaning umumiy rivojlanmaganligi bilan bir qatorda kobig’ buzilishi ham kuzatiladi. Bunda aqli zaiflik ko’z, nuloq, nutq, suyanch - harakat - apparatlari buzilishi birgalikda keladi.

Nutq sistemasining og’ir buzilishi natijasidagi oligofreniyada nutqdagi kamchiliklar psixikaning birlamgi kamchiligigi o’xshab keladi. Ko’rgazmali kurollarsiz o’tkazilgan nutq yo’nalishidagi topshiriqlar bolalarda katta kiyinchiliklar o’yg’otadi oddiy so’zlarni to’g’ri yozishda, bu so’zlarni buzib talaffuz kilinishi, tovush xaror analizi jarayonidagi kiyinchiliklar fonematik yozuvda to’gninliklarga duch kelishiga sabab bo’ladi. Nevrologik tekshiruvlarda lab vat il apraksiyasi ko’plab uchraydi.

Oligofreniyada bosh miya motorigidagi kamchiliklar, intellektual kamchiliklari ko’pincha serebral paralich ko’rinishlari bilan birgalikda keladi. Harakat analizatorlarida bo’lgan kamchiliklar intellektual defektlarga ta’sir etib, oddiy xisob operasiyalari o’tkazishga to’skinlik kiladi.

Oligofreniyaning etiologiyasida umumiy psixologik kamchiliklar ba’zi analizatorlardagi o’zgarish va kamchiliklar bilan uyg’unlashgan xolda keladi.

Bunga almashinish prosessidagi kamchiliklar, ichki utrob rivojlanishdagi, tug’mi davrida orttirilgan travmalar (rezus - konflik), chilla davrida orttirilgan travmalar kirib, ular genetika formalari xisoblanadilar.

3.Bolalarni kompleks o’rganish prinsipining mohiyati.

Maxsus maktablarni to’g’ri komplektlash - davlat xalq ta’limi tizimining eng muhim bo’g’inlaridan biridir. Ma’lum bir turdagi malakali saralashdan o’tkazish qabul-saralash komissiyalarining vazifasidir. «Yordamchi bolalar muassasalariga bolalarni saralash» haqidagi dastlabki rasmiy hujjat 26 oktyabr 1926 yilda chiqarilgan bo’lib, unda yordamchi maktabga bolalarni saralashni tashkil etish prinsiplari, bayon etilgan ushbu maktablarida o’qitiladigan bolalar kategorichlari aniqlangan.

Ushbu hujjatda bolalarda aqli zaiflikni erta aniqlash masalasiga alohida e’tibor beriladi. Bolalarni har tomonlama va chuqur o’rganish talab etiladi. Keyinchalik defektologlarning sayil harakatlari tekshirish metodlari va saralashning shunday tamoyillarini yaratishga qaratildi, ularda har bir bolaning rivojlanishiga mos sharoitlarni o’z vaqtida aniqlash muhimdir.

1973 yili rus defektologlari G.M.Dulnev, A.R.Luriyalar taxririda «Prinsipbi otbora detey vo vspomogatelnoy shkole» kitobi, bir qator qarorlar, xususan «Ob otbore detey vo vspomogatelnbiye shkolbi» metodik xatlari chiqarildi. Bu qo’llanmalarda saralashning prinsiplari, maqsadi va vazifalarining mazmuni yoritilgan. Bolalarni har tomonlama tekshirish metodikasi berilgan, yordamchi maktabga qabul qilinadigan va qabul qilinmaydigan bolalar kategoriyalari ko’rsatilgan. G.M.Dulnev va boshqalarning qo’llanmasida bolalarni maxsus muassasalarga to’g’ri saralashda asoslaniladigan prinsiplar ko’rsatilgan.

Bolalar muassasalarining xodimlari o’z faoliyatida insonparvarlik prinsiplarini maksimal darajada rivojlantira oladigan sharoitni o’z vaqtida yaratib berishdan iboratdir. Bu prinsip bolani diqqat bilan va chuqur o’rganish, uning yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun vositalarni izlashni taqozo qiladi. Umumta’lim muassasalari sharoitida bolalarga berilgan barcha zarur yordam choralari ham ijobiy natija bermagandangina ularni maxsus muassasalarga yuborish masalasi qo’yiladi.

Bolalarni o’rganishda zarur prinsip - komplekslilik prinsipidir. Bu prinsip bolani birgalikda muhokama qilishda barcha mutaxassislarning (vrach, defektolog, psixolog) tekshirishida olingan ma’lumotlarni e’tiborga olishni nazarda tutadi. Bu prinsipiga bolani komissiyagacha bo’lgan vaqtda o’rganishda udarning holatini aniqroq bilish, rivojlanishidagi nuqsonlarining sabablarini aniqlashgaimkon beradi. Pedagog birinchi bo’lib boladagi parishonlik, toliqish, yig’oloqlik kabi o’zgarishlarga diqqatini qaratish mumkin. O’z navbatida vrach ushbu bartaraf etish uchun zarur vositalarni tavsiya etadi.

Bola har tomonlama va to’liq o’rganish prinsiplari ham katta ahamiyatga ega. Bu prinsiplar bolaning bilish faoliyati, xissiy-idoraviy doirasi va xulqini tekshirishni nazarda tutadi. Shuningdek, bolalarning akiy qobiliyatlarning shakllanishiga ta’sir etadigan jismoniy rivojlanishi ham e’tiborga olinadi. To’liq o’rganish deganda bolaning psixik rivojlanishi alohida olingan o’obiliyatlarni rivojlanishining summasi emasligini, shuning uchun bola haqida uning idroki, xotirasi yoki psixik funksiyalarning holatini tekshirish asosidagina xulosa chiqarib bo’lmasligini esda tutish lozimligini tushunamiz.

To’liq o’rganish deganda bola haqida olingan barcha ma’lumotlarni, alohida psixik jarayonlarning xususiyatlari, hissiyot, iroda, xulq va holat haqidagi ma’lumotlarni albatta solishtirish nazarda tutiladi. Bolani har tomonlama, to’liq o’rganish agarda u bolaning faoliyati jarayonida: o’qish, mehnat yoki o’yin faoliyatlarida amalga oshirilsa muvaffiqiyatli bo’lishi mumkin. Bolani o’rganish, tekshirishda foydalaniladigan metodlar ham, materiallar ham ularning yosh va xarakterologik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda maksimal darajada individuallashtirilishi lozim. Komissiya a’zolari bola bilan kontakt o’rnatishlari lozim.

Bu bolaning shaxsi sifatlarini: qiziqishlarini, irodaviy harakatlarining holati harakatlaridagi maqsadga yo’nalganlik, asosiy psixik jarayonlarning o’tishi xususiyatlarini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Defektologiya uchun eng o’ziga xos prinsip bolalarni dinamik o’rganish prinsipidir. Bu prinsip shuni anglatadiki, bolani o’rganishda tekshirish vaqtida u biladigan va bajara oladiganlarni emas, balki ularning ta’limdagi imkoniyatlarini ham e’tiborga olish lozimdir.

Bu prinsip asosida L.S.Vbigotskiyning bolalarning «yaqin rivojlanish zonasini», o’qitishda ularning potensial imkoniyatlarini o’rganish haqidagi fikrlari yotadi. Bolaning aqliy rivojlanishi qanchalik yuqori bo’lsa bola u yoki bu topshirishni, egallangan tajribani yangi vaziyatda qo’llay olishni shunchalik muvaffaqqiyatli, tez o’rganib oladi. Aqli zaif bolalarning normal rivojlanayotgan bolalardan farqlanadigan tomonlaridan biri shuki, aqli zaif bolalar yordamdan yaxshi foydalana olmaydilar.

Shuning uchun tekshirishda pedagog diqqatini bolaga tushuntirishdan so’ng uning ishi qanchalik yaxshilanganligiga, uning o’xshash vazifani qanday bajarishga qaratishi lozim. Bola tomonidan bajarilgan topshiriqni baholashda sifat-sonli yondoshish prinsipini ham e’tiborga olish lozim.

Faqatgina oxirgi natijanigina emas, balki topshiriish usulini ham e’tiborga olish lozim. Aqli zaif bolalar uchun muassasalarning komplektlashda amal qilinadigan prinsiplar shulardir.

4.Astenik bolalar


Download 49.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling