2. Atamalarga ta'rif
Download 26.44 Kb.
|
1 2
Bog'liqArxeologiya va etnografiya fanidan atamalarga ta\'rif
2.Atamalarga ta'rif Angob — qizil kesakdan tayyorlangan boʻyoq. Angob kulolchilikda keng qoʻllaniladi. Sopol idishlar va buyumlar angob surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, soʻng hoʻl latta bilan silliqlanadi. Baʼzan angob bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar angobdan keyin naqshlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari angobni neolit davri (miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va boʻyashda ishlatgan. Kushon podsholigi (miloddan avvalgi 2 — 1 va mil. 1 — 4-asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti angob bilan boʻyalgan. Bunday idishlar Oʻrta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 — 12-asrlar)da ham keng tarqalgan. Angobdan qadimgi qabilalar oʻliklarni koʻmishda ham foydalangan. Koʻpincha murdaga angob surtib yoki sepib koʻmilgan. Qadimgi odamlar gʻorlarning devorlariga va qoyatoshlarga angob bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936-yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham angob bilan chizilgan. Bronza — 1) texnikada misning qalay, alyuminiy, kremniy, berilliy, qoʻrgʻoshin va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Masalan, mis bilan qalay qotishmasi qalayli bronza deb ataladi. Qalayli bronza ishqalanishga yaxshi chidaydi, suv va bugʻda deyarli zanglamaydi, qolipga yaxshi quyiladi, quyilganda 1% dan ham kam kirishadi. Ishqalanadigan detallar, joʻmraklar, uch yoʻllik (troynik)lar va boshqa tayyorlash uchun ishlatiladi. Bronzaning mexanik xossalari tarkibidagi qalay miqdoriga bogʻliq boʻladi: qalay 20% dan sal oshguncha mustahkamligi ortib borib, soʻngra tez pasayadi, qalay taxminan 5% dan ortgach, plastiklik xossasi pasaya boradi. Qalayli bronzalarga legirlovchi elementlar sifatida rux, qoʻrgʻoshin, nikel va boshqa baʼzi elementlar qoʻshiladi. Alyuminiyli bronza mexanik xossasi, kimyoviy taʼsirlarga chidamliligi, suyuq holatda oquvchanligi va boshqa baʼzi xossalari jihatidan qalayli bronzadan ustun turadi. Termik ishlov berib, ularning mexanik xossalarini yaxshilash mumkin. Bular xilma-xil vtulkalar, shesternyalar, yoʻnaltiruvchilar va boshqa muhim detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Tarkibida 3-4% kremniy boʻlgan bronzaning mexanik xossalari qalayli bronzalarnikidan yaxshi boʻladi, ammo qolipga quyilganda koʻproq kirishadi. Kremniyli bronzalarning qolipga quyilish va kesib ishlanish xossalarini yaxshilash uchun ularga rux yoki qoʻrgʻoshin qoʻshiladi. Berilliyli bronza 2% berilliy bilan 98% misdan iborat qotishma. Oldin toblanib, soʻngra boʻshatilsa, qattiq va mustahkam boʻlib qoladi. U puxta, plastik, yaxshi payvandlanuvchan, oson kesib ishlanadigan va korroziyaga chidamli boʻlgani uchun undan prujinalar, membranalar, zarb bilan ishlaydigan asbob va boshqa tayyorlanadi. Qoʻrgʻoshinli bronzaning mashinasozlikda antifriksion material sifatida eng koʻp ishlatiladigani 30% qoʻrgʻoshin va 70% misdan iborat; 2) sanʼatda — qadimdan amaliy bezak va haykaltaroshlik asarlari xom ashyosi (qalayli bronza qoʻngʻiroqlar, oʻrta asrlarda Xitoyda bronza idishlar quyishda kumush ham qoʻshilgan). Bronza kukuni va yupqa taxtasi (soxta tilla) yogʻoch, suyak, metall, gips va hokazodan ishlangan buyumlarni hallash, qoplashda ishlatiladi. Bronzaning qolipga quyilish xususiyati yaxshiligi tufayli (ishqalanishga yaxshi chidaydi, deyarli zanglamaydi va boshqalar) haykaltaroshlikning mayda qismlarigacha yaratish imkonini beradi; qayishqoqligi, nafisligi, oquvchanligi, ortikqcha mehnat talab qilmaydi; boʻrtib chiqqan hajmli mujassamot gʻovak, nisbatan yengil quyma olish imkonini beradi. Bronza oksidlanib turgʻun rangga (koʻkdan toʻq jigarrang va qoragacha) ega boʻladi, bundan tashqari kimyoviy pardozga, hallash, sayqallash, toblash, zarblash, chizishga oson beriluvchan, bu esa buyumning rangi va sifatini rangbarang qilishga yordam beradi. Miloddan avvalgi 3-ming yillik oʻrtalarida Mesopotamiyada, 2-ming yillikdan Misrda sodda, ochiq qolip (tosh, qum, yogʻoch va boshqalar) usulidan soʻng tabaqali yopiq qolip (loy qolip)da quyish paydo boʻldi. Ularda quyilgan mukammal haykal va idishlar qismlari qalaylab birlashtirilgan, choklari kandakorlik bilan silliqlangan boʻrtma detallar bilan ishlangan. Kandakorlik baʼzan chizmakori usuli bilan toʻldirilgan (Nineviyadan topilgan bronza bosh, miloddan avvalgi 23-asr, Iroq muzeyi, Bagʻdod). Qalin devorli, diniy idishlarda kandakorlik bilan boʻrtma tasvirlar yaratilgan (Osiyo va Zakavkazye mamlakatlarida). Milodiy 1-ming yillik oxirlarida bronza buyumlar oʻta mayda boʻrtma tasvir (naqsh, murakkab yozuvlar, maishiy va ov lavhalari) va mis, kumush, baʼzan tilla qadamalar bilan bezatilgan (Yaqin Sharq). Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda Yunonistonda yirik bronza haykallari quyilgan (Poliklet, Miron, Lisipp va boshqalar) va ular mum quymasi usulida ishlangan. Bronza imkoniyatlari tufayli haykal yaratishda inson tanasining barcha xususiyatlari aks ettirilgan. Qadimgi Rimda portret byustlari va boshqa yirik boʻlaklarda quyilgan, sayqallangan mujassamotlarning shaklan aniq va ishonarliligiga erishilgan. Oʻrta Osiyoda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida bronza metallurgiyasi yaxshi rivojlandi. Bronzaning kashf etilishi dehqonchilik va chorvachilikning tez rivojlanishiga olib keldi. Bronzadan qurollar, idishlar, bezaklar ishlana boshladi. Bronzadan yasalgan zeb-ziynat, uy-roʻzgʻor buyumlari, yarogʻ-aslaha va haykaltaroshlik asarlari, bronza buyumlariga ishlangan naqsh, rasmlar dastlab Gʻarbiy Osiyo, Qadimgi Misr, Oʻrta Osiyoda oʻrganilgan. Oʻzbekiston hududidan qadimiy davrga oid koʻpgina bronza sanʼati namunalari topilgan. Maye, Haq (Fargʻona viloyati) qishlogʻidan topilgan T shaklidagi bronza toʻgʻnogʻichning (miloddan avvalgi 3—2-ming yillik) tepa qismida buzogʻiga suykalib turgan sigir va uni sogʻayotgan ayol tasvirlangan. Obirahmat (Toshkent viloyati) qishlogʻidan topilgan bronza bilaguzuklarning sirtiga oʻsimlik novdalari shakli chizilgan. Oʻzbekistonning turli yerlaridan topilgan (miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalari) sak, massaget qabilalarining bronza sanʼati buyumlari — pichoq, xanjar, qilich, bolta, dubulgʻa va qozonlarning bezak uslubi bir xil. Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi toʻplamida bir quloqli, choʻloq, yalangʻoch kishi; boʻriga minib oldiga bolani oʻtqazib olgan odamning bronza haykalchalari bor. 11—13-asrlarga oid sanʼat asarlari orasida bronzadan yasalgan qush, hayvon va odamlarning haykalchalari mavjud. Ahmad Yassaviy maqbarasi (Turkiston shahri) uchun Amir Temur bronzadan quydirgan ulkan qozon va shamdon (14-asr oxiri) oʻsha davrning yetuk bronza sanʼati asarlaridan. Qozon sathidagi islomiy uslubdagi naqshlar orasiga suls va kufiy xati bilan yozuvlar bitilgan. Shamdon (balandligi 87 sm) sathiga oltin va kumush naqshlar oʻyib ishlangan, islimiy bezaklar bilan bir qatorda suls xati bilan ham bezatilgan. Xivadagi Pahlavon Mahmud maqbarasi shipidagi qandil va uning zanjirlari bronzadan yasalgan. Bronza haykaltaroshlik, amaliy sanʼat va boshqalarda keng ishlatiladi, undan haykallar, badiiy buyumlar, bezaklar kabi sanʼat asarlari yaratilmokld (jumladan, Amir Temur, Alisher Navoiy, Beruniy, Fargʻoniy va boshqalarning haykallari).Yevropada oʻrta asrlar va roman uslubidagi cherkov, sobor bronza eshiklari, maqbaralar, turli shakldagi yirik idishlar, diniy marosim buyumlari va boshqa yigʻma boʻlgan. Ulardagi tekis, yuza tasvir va naqshlarda bronzaning salmogʻi seziladi. Uygʻonish davrida yana mum quymalaridan foydalanilgan, bunda qismlarga boʻlib quyish keng tarqalgan, yigʻilganda hosil boʻlgan choklar kandakori usulida yoʻqotilgan. 17-18-asrlar tekis yuza va boʻrtma tasvirda rangbaranglikka erishildi, bronza saroy va bogʻlar bezagining elementlariga aylantirildi. Tilla halning turli tuslarini qoʻllash, boʻgʻiq va panjarali quyishni qoʻshib qoʻllash bronza imkoniyatlarini cheksiz qilib qoʻydi. 19-asr oʻrtalaridan badiiy bronza ishlab chiqarish inqirozga uchradi, arzon buyumlarga talabning ortishi, dastgohli haykaltaroshlikning oʻsishi bronza imkoniyatlariga qiziqishni pasaytirdi. Yangi yuksalish davri 19-asr oxiri va 20-asrdan impressionistlar (O. Roden, P. Trubeskiy) hamda haykaltaroshlar (A. Burdel, Sh. Despo, J. Mansu va boshqalar) ijodida koʻzga tashlandi. Download 26.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling