MAHSULOTNI TRANSPORT VOSITALARIDA JO‘NATISH
Tayyorlangan, quritilgan va idishlarga joylashtirilgan mahsulotlar o‘z vaqtida saqlanadigan va ishlatiladigan joylarga jo‘natilishi lozim. Agarda mahsulotlarni tarnsport vositasi orqali jo‘natishda tegishli qoidalarga rioya qilinmasa, u yulda namlanishi, maydalanishi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z sifatini yo‘qotishi mumkin.
Dorivor mahsulotlar GOST 14192-77 va GOST 17768-80 larga binoan quruq, toza, hech qanday hidi bo‘lmagan, usti yopiq transport vositalarida jo‘natiladi. 3aharli, kuchli ta’sirga ega hamda o‘zida efir moyi saqlovchi dorivor mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan alohida boshqa transport vositalarida (ayrim avtomashina, ayrim temiryo‘l vagoni va boshqalar) yuborilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |