2. Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish prinsiplari va manbalari


Download 25.44 Kb.
bet7/8
Sana21.06.2023
Hajmi25.44 Kb.
#1641039
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Atrof-muhitni

Xalqaro Qizil kitob 1972-yili noyabr oyida bo‘lib o‘tgan BMТ, YUNESKO tashkilotining konferensiyasida qabul qilingan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi konvensiyaga muvofiq tuzildi. Unda Yer kurrasida noyob va yo‘qolish xavfi ostida turgan o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining biologiyasi, tarqalishi, yo‘qolib ketish sabablari va muhofaza qilish choralari ko‘rsatib o‘tilgan.
Xalqaro tabiatni qo‘riqlash ittifoqi Qizil kitob uchun ma’lumotlarni 1949-yildan boshlab to‘pladi va uni 1966-yili «Red Data Book» nomi bilan ingliz tilida chop etdi. U doimo to‘ldirib boriladi va ingliz tilida chop etiladi. XX asrning 80-yillari boshiga kelib sut emizuvchilarning 236, qushlarning 485, sudralib yuruvchilarning 141, baliqlarning 194 turlari xalqaro Qizil kitobga kiritildi. Hozirgi kunda ularning soni 2 baravargacha ko‘paygan.
Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan flora va fauna dunyosi turlari qaysi bir mamlakat hududida yashashidan qat’i nazar ularning xalqaro muhofaza qilinishi va xalqaro tashkilotlar tomonidan nazorat ostida bo‘lishi shart. Ko‘chib yuruvchi hayvonlar va qushlarning vaqtinchalik yashash makoni bo‘lgan botqoq, ko‘l, daryo yoki land­shaftlar alohida muhofaza qili­nadigan tabiiy ob’yektlar toifasiga kirgizilishini xalqaro huquqiy normalar talab qiladi. YUNESKOning «Kishilar va biosfera» xalqaro dasturiga muvofiq O‘zbekistonda yangi ko‘rinishdagi Chotqol biosfera qo‘riqxonasi tashkil etildi.


XULOSA
Xalqaro huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvensiya, re­zolyutsiya, xartiya, deklaratsiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko‘proq ta’minlab bera oladigan bo‘lsa. Nima bo‘lganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to‘lig‘icha xalqaro-huquqiy manba bo‘la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’yekti bo‘lmish davlatlar hududida ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb topilgandir.


Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni 
Download 25.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling