2. Aylanmadan olinadigan soliqning obyekti va soliq bazasi. Aylanmadan olinadigan soliqning stavkalari


Download 23.87 Kb.
bet1/5
Sana26.10.2023
Hajmi23.87 Kb.
#1723722
  1   2   3   4   5

Reja:



1.Aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari.
2. Aylanmadan olinadigan soliqning obyekti va soliq bazasi.
3. Aylanmadan olinadigan soliqning stavkalari.

1.Aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari.


Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakl­lantirish, bozorlarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi.


Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida»gi 159-son qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlash­tirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy belgilandi.
Mikrofirmalar va kichik korxonalarni jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlan­tirish hamda uning mamlakat iqtiso­diyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respub­likasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-son farmoniga muvofiq 2005-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston soliq tizimi amaliyotida kichik biznes subyektlarining ba’zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksining kuchga kirishi bilan yagona soliq to’lovi o’rniga aylanmadan olinadigan soliq joriy etildi. Aylanmadan olinadigan soliq iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bevosita soliq bo’lib, amaldagi Soliq kodeksining 461-470 moddalariga muvofiq undiriladi.

Download 23.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling