2. Bilishda ob’ekt va sub’ektning o’zaro aloqasi. Hissiy, empiric, nazariy, mantiqiy va intuitive bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana20.06.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1632855
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Nazariya hodisalarning muayyan turkumi, bu turkumdagi hodisalarning mohiyati va 
ularga nisbatan amal qiladigan borliq qonunlari haqidagi bilimlarning mantiqiy asoslangan va 
amaliyot sinovidan o‘tgan tizimidir. U o‘rganilayotgan hodisalarning mazmunini yorituvchi tabiat 
va jamiyat umumiy qonunlarining kafsh etilishi natijasida shakllanadi. Gipoteza borliqning 
muayyan bo‘lagini tushuntirish yoki talqin qilishga qaratilgan g‘oyalar majmuini o‘z ichiga oladi. 
Nazariya tarkibiga esa uning asoslari sifatida mavjud bo‘lgan va yuzaga kelishini belgilagan 
barcha elementlar kiradi. Dastlabki nazariy negiz, ya'ni jamuljam holda tadqiqot ob'ekti haqida 
umumiy tasavvurni, ob'ektning ideal modelini tashkil etuvchi ko‘p sonli tamoyillar, aksiomalar, 
qonunlar nazariyaning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Nazariy model ayni vaqtda asosiy 
nazariy tamoyillar tizimiga tayanuvchi kelgusi tadqiqotlar dasturi hamdir.
Nazariya tushuntirish, bashorat qilish, amalda sinash va sintez qilish kabi muhim 
funksiyalarni bajaradi. Nazariya ilmiy dalillar tizimini tartibga soladi, ularni o‘z tarkibiga kiritadi 
va o‘zini tashkil etuvchi qonunlar va tamoyillardan oqibatlar sifatida yangi dalillarni yaratadi. 
Puxta ishlab chiqilgan nazariya fanga ma'lum bo‘lmagan hodisalar va xossalarni bashorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Nazariya odamlar amaliy faoliyatining negizi bo‘lib xizmat qiladi
ularga tabiiy va ijtimoiy hodisalar dunyosida yo‘l ko‘rsatadi. Nazariyada ilmiy g‘oyalar, ya'ni unda 
aks ettirilgan ob'ektlar turkumi doirasida amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi 
bilimlar markaziy o‘rinni egallaydi. Ilmiy g‘oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar
tamoyillar va tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi.
Nazariya boshqa nazariyalarga kirish va shu yo‘l bilan ularni qayta qurish qobiliyatiga ega. 
U har xil nazariyalarning birlashishi va dunyoning ilmiy manzarasi o‘zagini tashkil etuvchi tizimga 
aylanishini rag‘batlantiradi. Nazariya butun bir davrning tafakkur uslubini belgilashga qodir 
bo‘lgan yangi g‘oyalarga zamin yaratadi. O‘z shakllanish jarayonida nazariya mavjud tamoyillar, 
kategoriyalar va qonunlar tizimiga tayanadi va yangi tamoyillar, kategoriyalar va qonunlarni kashf 
etadi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling