2-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
Download 32.24 Kb.
|
латиница PWShgQB
g) budjet jarayoni va hisobi uslubiyoti shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha:
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining uslubiy ekspertizasini o‘tkazadi; budjet jarayoni bilan bog‘liq masalalar, budjet tasnifidan foydalanish, shuningdek budjet jarayonining yagona metodologiyasini ta’minlash va unga rioya qilish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar tayyorlaydi; budjet hisobi va hisobotlarining sifati, ishonchliligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida bajarilishi uchun yagona asosiy talablarni shakllantiradi; buxgalteriya hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqadi; budjet tashkilotlari va moliya organlariga budjet hisobi va hisobotini tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar, rasmiy xulosalar loyihalarini tayyorlaydi va uslubiy yordam beradi; moliyaviy hisobot shakllari, ularni taqdim etish muddatlari, shuningdek ularni to‘ldirish qoidalarining loyihalarini ishlab chiqadi; boshqa mamlakatlarning budjet hisobi va hisoboti metodologiyasi va tashkil etilishi bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadi va amalga oshiradi; budjet tashkilotlari buxgalterlarini, moliya organlari xodimlarini tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish dasturlari va ularning malakasini oshirish kurslari loyihalarini ishlab chiqadi; budjet jarayoni, budjet hisobi va hisoboti bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil qiladi va o‘tkazadi; budjet hisobi va hisoboti bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi; h) ichki audit xizmatlari bilan ishlash bo‘yicha: ichki audit milliy standartlari va boshqa uslubiy hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi; Moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini doimiy oshirib borish ishlarini va ularni sertifikatlashni tashkil etadi; masofaviy audit tadbirlari ko‘lami va sifatini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmatlariga xavflarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha uslubiy ko‘maklashadi; ichki audit xizmatlari faoliyatini o‘rganish va ularning natijalarini tahlil qilish asosida hisobotlar tayyorlaydi va e’lon qilib boradi; fuqarolar ishtirokidagi audit tizimini joriy etilishini uslubiy ta’minlaydi va takomillashtiradi. i) vazirlik hay’atining ish rejasiga binoan, shuningdek uning rahbariyati qarori bilan tegishli masalalarni o'rganadi va ko'rib chiqish uchun meʼyoriy hujjatlarda belgilangan hujjatlarni belgilangan tartibda rahbariyat ko'rib chiqishi uchun taqdim etadi; j) yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini o'z vaqtida ko'rib chiqilishini taʼminlaydi; k) qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi. Download 32.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling