2-bob. Elektr karotaj usullari §
PS karotaj maʼlumotlarini interpretatsiyalash
Download 72.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Электр каротаж
PS karotaj maʼlumotlarini interpretatsiyalash
Potensiallar usuli bilan PS diagrammalarida gilli jinslar roʼparasida musbat maksimum PS anomaliyalari kuzatiladi; gʼovaklik singdiruvchan jinslar (qumlar, qumtoshlar, darzli ohaktoshlar) – manfiy anomaliyalari bilan belgilanadi. Sulfidlar, antratsit, grafit qatlamlari kuchli musbat va manfiy anomaliyalar bilan kuzatiladi. Zich qumtoshlar, ohaktoshlar, otqindi jinslar kuchsiz anomaliyalar bilan kuzatiladi. Quduqdagi burgʼilash eritmasi yoki suv oqib ketgan joylar manfiy anomaliyalar bilan belgilanadi. Suv oqib keladigan joylar – musbat anomaliyalar bilan belgilanadi. PS chiziqlarda nolli chiziq boʼlmaydi shu sababli, PS diagrammalarida shartli nolli chiziqlar oʼtkazish mumkin: gillar «nolli» chiziq va qumtoshlar «nolli» chiziq. Gillar «nolli» chiziq qalin bir jinsli gilli qatlamlar roʼparasidagi «nolli» potensiallarining maksimal musbat qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi. Bu shartli chiziq oʼng tamonda joylashadi. Qumtoshlar «nolli» chiziq maksimal manfiy potensiallar qiymatlari boʼyicha oʼtkaziladi va u chap tomonda joylashadi. Аmalda koʼpincha gillar nolli chizigʼi ishlatiladi. PS anomaliyalar boʼyicha qatlamlar qalinligi aniqlanadi. Аgar, qatlam qalinligi 2-4 marta quduq diametridan katta boʼlsa (qalin qatlam), unda uning ustki qismi va tagi roʼparasida PS anomaliyasi qatlam markaziga mos boʼlgan maksimal qiymatining yarmiga teng boʼladi. PS potensialning gradienti diagrammalarida qalin qatlamning ustki va ostki qismi aniq ekstremumlar bilan kuzatiladi. Yupqa qatlamlar ingichka ekstremumlar bilan belgilanadi. PS karotaji geologik kesimni ajratishga va ularni qoʼshni quduqlarda kuzatishga, yaxshi singdiruvchan qatlamlarni (qum, gʼovakli ohaktoshlar) va yomon singdiruvchan qatlamlarni (gillar, gilli slanetslar), sulfidlarni, polimetallik maʼdanlarni, koʼmirni (22-rasm), grafitni ajratishda hamda jinslar gʼovakligini va singdiruvchanligini baholashda qoʼllaniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling