2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
Markaziy bankning Xisob-kitob kassa markazlarida va tijorat banklarida
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
httparm.sies.uzwp-contentuploads20201119.y.Banklarda-hisob-va-tolov-tizimi-o.qol .-K.N.Navrozova-T.-2005y..pdf
Markaziy bankning Xisob-kitob kassa markazlarida va tijorat banklarida:
23402 «Respublika byudjetining mablag’lari» 23404 «Respublika qaramog’idagi byudjet muassasalarining mablag’lari» ■ 23426 «Tuman, shahar byudjet byudjet mablag’lari» 23430 «Viloyat byudjet mablag’lari» 23432 «Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti mablag’lari» ■ Ushbu hisobvaraqalar bo’yicha operatsiyalarning o’tkazilishi va buxgalteriya provodkalarning aks ettirilishi bilan keyingi paragraflarda tanishamiz. 95 2§. Respublika byudjetining daromadlari bo’yicha operatsiyalarning kassaviy ijro etilishi, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi. Byudjetning daromadlar qismi korxona tashkilot va tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilardan olinadigan, hamda aholidan kelib tushadigan soliq va tushumlardan iboratdir. Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliq turlari undan ortiq bqlib ular quyidagilardir: -qo’shimcha qiymat solig’i; -korxonalardan daromadidan olinadigan soliq; -amortizatsiya fondidan ajratma; -korxona, tashkilotlar tomonidan ishchi-xizmatchilarning daromadidan olinadigan soliqning o’tkazilishi; -mehnat xaqi fondidan ajratma; -mulk solig’i; -respublikadan tashqariga chiqariladigan tovarlardan olinadigan soliq; -er solig’i. -davlat bojlari; -tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchilar daromadidan soliq; -transport egalaridan olinadigan soliqlar; -reklama uchun soliqlar. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Davlat byudjetig’a o’tkaziladigan barcha to’lovlar O’zbekiston Respublikasi banklari tomonidan qabul qilinadi. Byudjetga to’lanadigan soliq va boshqa tushumlar o’z-o’zini boshqarish idoralar tomonidan qabul qilinishi va banklarga topshirilishi mumkin. Soliq idoralari alohida shahar va tumanlar bo’yicha soliq to’lovchilarning ro’yxatini O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 1993 yil 2 fevraldagi 11-sonli "O’zbekiston Respublikasi byudjeti daromadlari va xarajatlari tasniflagichi" da ko’rsatilgan bo’limlari bo’yicha ko’rsatgan holda, keyingi hisobot yil uchun joriy yilning dekabr oyida, byudjetning daromadlari hisobvaraqalariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga taqdim etishlari lozim. Mahalliy soliqlar va daromadlar bo’yicha soliq to’lovchilarning ro’yxatida, ular tomonidan to’lanadigan soliqlar va daromadlarning nomi, to’lovlar qaysi mahalliy byudjetga o’tkazilishi va moliya bo’limlarining (viloyat, shaxar va tuman) tegishli hisobvaraqalari ko’rsatilgan bo’lishi lozim. ' Soliq idoralari yil davomida soliq to’lovchilar, shuninngdek soliqlar tarkibidagi o’zgarishlar to’g’risida banklarga yozma ravishda xabar berishlari shart. Byudjetga o’tkaziladigan soliqlar to’lovchilar, ya’ni yuridik shaxslar tomonidan, to’lov. summasidan qat’iy nazar pul o’tkazish yo’li bi.lan amalga oshiriladi. ■ Jismoniy shaxslar soliq va boshqa to’lovlarni, to’lov summalaridan qat’iy nazar, naqd pul orqali yoki pul o’tkazish yo’li bilan to’lashi mumkin. 96 Byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan barcha turdagi to’lovlar, to’lovchilar joylashgan joyning .o’zida respublika va maxalliy byudjetlarning hisobvaraqlari ochilgan banklarga o’tkazib boriladi. O’zbekiston Reepublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2002 yil 12 yanvarda ro’yxatga olingan 60-sonli "O’zbekiston Respublikasi naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida"gi Nizomga asosan ayrim turdagi to’lovlar bo’yicha qo’shimcha qiymat solig’i va aktsiz solig’i summalari tovar etkazib beruvchilar to’lov talabnomalarida, to’lov topshiriqromalarida, bundan tashqari akkredetivlardan olingan mablag’lar hisobvaraqlari reestrlarida alohida ajratib ko’rsatiladi va o’rnatilgan tartibda to’lovchi yoki tovar etkazib beruvchi joylashgan joyning o’zida byudjetga o’tkaziladi. Mahalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli byudjetlarning shaxsiy hisobvaraqalariga kirim qilinadi. Moliya vazirligining 23402 «Respublika byudjeti mablag’lari» hisobvarag’iga quyidagi mablag’lar kirim qilinadi: - Davlat byudjetiga kelib tushadigan soliqlar va daromadlar hisobidan belgilangan miqdorda qilingan ajratmalar summasi; - O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan qisqa muddatli qarz summasi; - Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini sotishdan kelib tushgan mablag’lar; - Moliya vazirligining boshqa hisobvaraqalaridagi mablag’lar. Respublika byudjeti hisobidan qilinadigan barcha xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 23402 "Respublika byudjetining mablag’lari" hisobvarag’idagi qoldiq miqdorida amalga oshiriladi. Byudjetga to’lovlarni o’tkazish uchun to’lovchilar, tovar etkazib beruvchilar va soliq idoralari tomonidan banklarga taqdim etilgan to’lov xujjatlarida (to’lov topshiriqnomasi, to’lov talabnomasi, inkasso topshiriqnomasi) soliq to’lovchining identi-fikatsiya raqami (INN), soliq oluvchiniig identifikatsiya raqami, bundan tashqari to’lov tekstida to’lovning to’rtta belgili simvolini va «Davlat Soliq qo’mitasi to’lovlar ma’lumotnomasi»ga asosan to’lovning nomi ko’rsatilishi lozim. Bank buxgalteri to’lov topshiriqnomasining to’g’ri to’ldirilganligiga ishonch hosil qilib, uni to’lovga qabul qiladi. Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqalarida mablag’ mavjud bo’lsa, ularning taqdim etgan to’lov topshiriqnomalariga asosan soliq va daromadlar byudjetga o’tkazib beriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi: Debet 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218, ya’ni to’lovchilarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari. Kredit 23402, respublika byudjetiiing mablag’lari. Agar kelib tushayotgan soliqlar va boshka to’lovlar. maxalliy byudjetga kelib tushayotgan bo’lsa, u holda tegishli byudjet hisobvaraqalari kreditlanadi. Debet 20206, 20208, 20210, 20212, 20214, 20216, 20218 Kredit 23426, 23430, 23432 : 97 Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida mablag’lari etarli bo’lmasa banklarga taqdim etiltan to’lov hujjatlari 2-sonli kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963 «Muddatida to’lanmagan hisob- kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi. Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 11 fevraldagi 406-sonli «Xo’jalik sub’ektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag’larina hisobdan-chiqarish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma»ga asosan to’lovlar amalga oshiriladi. Moliya bo’limlari va soliq organlari o’z vaqtida byudjetga o’tkazmagan, muddati o’tgan to’lovlarni undirish va boqimandalarni byudjet daromadlariga kiritish uchun banklarga inkasso topshiriqnomalarini to’lov muddatini ko’rsatgan holda taqdim etishlari lozim. Soliq to’lovchilarning talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarida mablag’i bo’lmasa banklarga taqdim etilgan inkasso topshiriqnomalari 2-sonli kartotekaga va ko’zda tutilmagan holatlar 90963 «Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari» hisobvarag’iga kirim qilinadi va o’rnatilgan tartibda to’lovlar amalga oshiriladi. Banklarning aybi bilan soliq to’lovchilarning to’lov topshiriqnomalari va soliq- moliya idoralarinnig inkasso topshiriqnomalari o’z vaqtida ijro etilmasa, banklar har bir muddati o’tgan kun uchun qonunda belgilangan tartibda va miqdorda penya to’laydi. Davlat byudjetiga o’tkaziladigan soliqlar va daromadlar, alohida yozilgan to’lov hujjatlariga asosan pul o’tkazish yo’li bilan va naqd pul tqlash yqli bilan byudjet daromadlarining shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Maxalliy byudjetlarga ajratiladigan mablag’lar tegishli byudjetlarning shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinadi. Byudjet daromadlarining hisobvaraqlari orqali operatsiyalar amalga oshirilsa, shu hisobraqamlardan ko’chirma va ilovalar soliq idoralariga va tegishli daromadlarni boshqaradigan tashkilotlarga o’rnatilgan tartibda har kuni beriladi. : Byudjet daromadlari hisobvaraqlaridan ko’chirmalar qilingan kundan boshlab, uch kun mobaynida banklarga yozma e’tiroznoma bildirilmasa, ko’chirmalar tasdiqlangan deb hisoblanadi. Soliq idoralari va daromadlarni boshqaradigan boshqa tashkilotlar va muassasalar tomonidan to’lovlarni byudjetga o’tkazishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar aniqlanganda, ular o’zlariga xizmat ko’rsatuvchi banklarga bu xaqda yozma ravishda xabar qilishlar shart. Shaxsiy hisobvaraqlar bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklar, tuzatish orderlari bilan bartaraf etiladi. Byudjetga o’tkazilgan mablag’larni kirim qilishda va hisobdan chiqarishda yo’l qo’yilgan kamchiliklar banklar tomonidan aniqlanganda, bu kamchiliklar tuzatish orderlari bilan mustaqil ravishda bartaraf qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling