2 Боб На¢д пулсиз ¦исоб-китоблар ва нот¤ловлар муаммоси
3§. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
19 y Banklarda hisob va tolov tizimi o qol K N Navrozova T 2005y
26 3§. Hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning har birida alohida shakldagi xujjatlar ishlatiladi. Hisob-kitob nomi hujjat nomi bilan belgilanadi. Har bir hisob-kitob hujjatlari belgilangan me’yorlarga javob berishi lozim. Bu xujjatlarning har biri o’z ichiga qo’yidagi rekvizitlarni olishi lozim: - hisob-kitob hujjatining nomeri; - hujjat yozib berilgan sana; - to’lovchining nomi; - hisobvaraq nomeri; - soliq to’lovchining identifikatsiya kodi (chek va akkreditivlarda ko’rsatilmaydi); - to’lovchi bankning nomi; - to’lovchi bankning kodi; - mablag’larni oluvchining nomi; - mablag’larni oluvchining hisobvaraq nomeri; - mablag’ oluvchi bankning nomi; - mablag’ oluvchi bankning kodi; - to’lovning summasi raqam va yozuvda ko’rsatilishi lozim; - to’lovning maqsadi(cheklarda ko’rsatilmaydi); Tijorat banklarining hisob-kitob cheklarida qo’shimcha ravishda quyidagilar yoziladi : - hisob-kitob chekining seriya va nomeri; - jismoniy shaxs pasportining seriyasi va nomeri; - chekning amal qilish muddati; Akkreditiv ochish uchun taqdim etilgan ariza qo’shimcha ravishda quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim: - akkreditivning amal qilish muddati (akkreditiv yopilaetgan sana va oy) - akkreditiv ochilayotgan shartnoma nomeri; - buyurtma raqami; - buyurtma sanasi; - akkreditiv qaysi mahsulotlarni yuklab jo’natish va xizmat ko’rsatish uchun ochilganligi; - akkreditivning turi (u haqida kerakli ma’lumotlarni ko’rsatish bilan); - qo’shimcha majburiyatlar; Banklar va mijozlarning ishiga xalal bermaydigan tarzda to’lovchi va mablag’larni oluvchining nomini ratsional darajada qisqartirish mumkin. Xo’jalik sub’ektlari sotilgan mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qo’shimcha qiymat solig’i hisoblansa, hisob-kitob xujjatlarini rasmiylashtirishda qo’shimcha qiymat solig’i summasi alohida qatorda ko’rsatiladi. Qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilingan tovarlar, ko’rsatilgan ish va xizmatlar uchun hisoblashishda rasmiylashtirilgan to’lov xujjatlarida qo’shilgan qiymat solig’isiz (bez NDS) so’zi yoziladi yoki shu yozuv yozilgan shtapm qo’yiladi. To’lov topshiriqnomalari texnik vositalardan foydalangan holda bir martaning o’zida nusxa ko’chirish yoki birinchi nusxani hisob-kitobda 27 qatnashuvchi barcha tomonlar va bank uchun etarli bo’lgan nusxalar sonida ko’paytirish yo’li bilan yozib beriladi. Cheklar siyoh va sharikli ruchkalarda qo’lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozib beriladi. Hisob-kitob hujjatlariga qo’lda o’zgartirish kiritish, bo’yash va tozalashga yo’l qo’yilmaydi. Hisob-kitob hujjatlari bank tomonidan hisob-kitob, pul operatsiyalarini bajarish uchun qabul qilinadi: 1. Yuridik shaxslar birinchi nusxada hisob-kitob xujjati tayerlanishi shartidan qat’iy nazar imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shasxlarning imzosi va korxona muhrining izi mavjud bo’lishi; 2. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmay faoliyat ko’rsatayotgan oilaviy va yakka tartibdagi ijarachilar va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan operatsiyalari bo’yicha hisob-kitob hujjatlari ularda imzo mavjud bo’lgan holda bajarish uchun qabul qilinadi. Hisob-kitoblar hujjatini yozib berayotgan korxona muhrining izi va imzolar xujjatning asl nusxasiga qo’yiladi. Korxonalardan hujjatlarni qabul qilish g shartnomada boshqasi ko’zda tutilmagan bo’lsa, butun kun davomida bankning mijoz bilan ishlash vaqtidan kelib chiqqan holda bajarish uchun qabul qilinadi. To’lovchining hisobvarag’idagi mablag’larni initsiator-bankda hisobdan chiqarish faqat hisob-kitob xujjatlarining birinchi nusxasi yoki Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchilar tomonidan elektron to’lov xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Mijozlarning hisobvaraqlariga kirim qilinayotgan mablag’lar banklarda dasturiy yo’l bilan elektron to’lov hujjatlari va hisob-kitob chekining asl nusxasi asosida amalga oshiriladi. Bank-Mijoz tizimidan foydalanuvchi banklar rasmiylash-tirilgan elektron to’lov hujjatlarini mijozning hisobvarag’iga mablag’lar qo’shib yozilgandan yoki o’chirilgandan keyin tegishli pochta qutisiga joylashtiriladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling