2. Bob. O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining tadqiqot usulari va boshqa fanlar bilan aloqasi
A.Lyosh qishloq xo’jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi
Download 59.71 Kb.
|
o\'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining tadqiqot fanlar bilan aloqasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransua Perru
- N.D.Kondratyev
A.Lyosh qishloq xo’jaligining areal, maydon sifatida, sanoatning esa nuqtasimon hududiy tashkil etish xususiyatlarini asoslab berdi. U birinchi bo’lib ―bozor muhiti yoki makoni‖, ―iqtisodiy landshaft‖ (hozirgi kunda – iqtisodiy rayon) tushunchalarini yaratdi va fanga kiritdi. Agar avvalgilar, xususan, I.Tyunen va A.Veber alohida korxonani, tarmoqni o’rgangan bo’lishsa, A.Lyosh ishlari barcha xo’jalik sohalarini qamrab oldi va o’z mohiyatiga ko’ra mikroiqtisodiy bozor munosabatlari, uning ta’sir doirasi haqiqiy rayon tashkil qiluvchi omil ekanligini ta’kidladi, matematik usullarni keng qo’lladi. Aynan ana shu tamoyillarni hozirgi kunda O’zbekistonni iqtisodiy rayonlashtirish masalalariga tatbiq qilish ahamiyatdan xoli bo’lmasa kerak.
Ta’kidlash joizki, I.Tyunen va A.Veber g’oyalari o’z davri talabiga mos kelardi. Chunki, u davrda hududning iqtisodiy sig’imi, zichligi uncha yuqori emas, hududiy-iqtisodiy manzara qutbiylashmagan, ya’ni deyarli bir tekis edi. Ana shunday iqtisodiy geografik holat alohida korxona yoki tarmoqlarni ayrim joylarda o’rinlashtirish ta’sirida o’zgaradi, notekislik xususiyatini oladi. Boshqacha qilib aytganda, avvalgi tabiiy ko’rinishdagi iqtisodiy tekislik notekislikka, hududiy mujassamlashuvning kuchayishiga o’zgaradi. Buning natijasida notekislikni tekislashga urinib ko’radigan ilmiy izlanishlar talab etildi. Xuddi shunday regulyar tizimga moslashgan ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko’rsatish sohalarini hududiy tashkil qilish g’oyalarini V.Kristaller va A.Lyosh yaratdi. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan uncha o’zlashtirilmagan, xo’jalik sig’imi past hududlarni rivojlantirish va jonlantirish borasida o’sish qutblari va rivojlanish markazlari to’g’risidagi nazariya ham katta ahamiyatga ega. Uning asoschisi fransuz olimi Fransua Perrudir. F.Perru “Markaziy o’rinlar” g’oyasidan kelib chiqdi, omillarni emas, tarmoqlarni rivojlanish xususiyati, harakatchanligi, atrofga ta‟siri bo’yicha tabaqalashtirdi va ularni uch guruhga ajratdi. U, eng avvalo, hududiy iqtisodiy munosabatlarda tengsizlik, nobarobarlikni tan oldi va mutlaq jihatdan tenglikni amalga oshirish mumkin emasligiga to’la ishondi. Perru fikricha, iqtisodiyot tarmoqlari tez, jadal rivojlanish, rayon hosil qilish salohiyatiga, qobiliyatiga ega bo’lib, aynan ana shunday mintaqaviy iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi tarmoqlar rivojlanishi o’sish markazlarini tashkil qiladi. Markazlarning mustahkamlanishi, ularda turdosh korxonalarning ko’payishi, atrofga bo’lgan ta’sir doirasining kengayishi natijasida o’sish qutblari vujudga keladi. O’sish qutblari g’oyasi shved olimi – Lund universiteti professori (Shvetsiya) T.Xagerstrandning yangiliklar diffuziyasi nazariyasiga o’xshab ketadi. Faqat muallif bu g’oyani ko’proq sotsial geografiya bo’yicha ishlab chiqqan. Chindan ham, jahon taraqqiyoti, dunyo xo’jalik tizimining rivojlanish tarixi fan-texnika yutuqlari, ilmiy yangiliklar va kashfiyotlar, innovatsiyalar, texnologik determinizm bilan bog’liq. Tarix nuqtai nazaridan yondashganda, jahon xo’jaligi rivojlanishida ma’lum sikllarni ajratish mumkin. Bu davr yoki sikllar yangi kashfiyotlarning ixtiro etilishi, tatbiq etilishi, tarqalishi va ularning o’rniga boshqa innovatsiyalarning kelishi bilan belgilanadi. Maxsus adabiyotlarda amerikalik U.Rostouning (XX asr, 60-yillar) iqtisodiy rivojlanishning bosqichlari, rus iqtisodchisi N.D.Kondratyevning 30-yillarda fantexnika o’zgarishlariga asoslangan nazariyasi mavjud. Dunyo xo’jaligining uzoq muddatli rivojlanishidagi o’rnini aniqlashda 1892-1928-yillarda rus iqtisodchisi N.D.Kondratyev tomonidan birinchi marta katta bosqichlar nazariyasi – ―Uzun to’lqinlar‖ taklif etildi. Keyinchalik bu nazariya yanada rivojlantirildi va qisman dunyo xo’jaligi tadqiqotlarida keng qo’llanilmoqda. N.D.Kondratyev nazariyasi va boshqa qator tadqiqotlar asosida dunyo xo’jaligi rivojlanishida 3 ta katta bosqichni – industriyalashgacha bo’lgan rivojlanish, industriyalash bosqichi, industriyalashdan keyingi rivojlanish bosqichini, uchta – birinchi, ikkinchi va uchinchi sanoat inqiloblarini hamda “Uzun to’lqinlar” davrlarini, ya‟ni N.D.Kondratyev belgilagan besh davrni ko’rsatib o’tish mumkin. Hunarmandchilik va manufaktura ishlab chiqarishi hukmronlik qilgan industriyalashgacha bo’lgan bosqich boshlang’ich davr deb ataladi. To’rtta ―Uzun to’lqin‖ga teng keluvchi birinchi va ikkinchi sanoat inqiloblari davrida quyidagilar yetakchi mavqega ega bo’ldi: I davrda – tikuvchilik va hunarmandchilik; II davrda – ko’mir ishlab chiqarish, qora metallarni eritish, tikuvchilik; III davrda – metallurgiya, kimyo va og’ir mashinasozlik; IV davrda – avtomobilsozlik, elektronika, organik kimyo, mashinasozlikning turli tarmoqlari. Ushbu to’rt davr industriyalash bosqichiga to’g’ri keladi. Beshinchi davr esa rivojlangan davlatlarda industriyalashdan keyingi rivojlanish bosqichiga to’g’ri keladi va uchinchi sanoat inqilobini anglatadi. Ushbu davrda elektronika, lazer texnikasi, murakkab kimyo, biotexnologiya va gen injeneriyasi kabi tarmoqlar yetakchi mavqega ega bo’ldi. Har bir bosqich, sanoat inqilobi va N.D.Kondratyev davrlarining boshlanish va tugallanish vaqti keskin belgilab qo’yilmaydi. Ushbu masalada ilmiy-texnik progressning tezlashuvidan kelib chiquvchi noan’aviy yondashuv muhim ahamiyatga ega. Ushbu yondashuvga, asosan, G’arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlarida bu davrlarni quyidagicha belgilash mumkin. Birinchi davr – 17701830-yillar; ikkinchi davr – 1830-1880-yillar; Uchinchi davr – 1880-1930-yillar; To’rtinchi davr – 1930-1970-yillar; Beshinchi davr – 1970-yildan hozirgi vaqtgacha. Har bir davr uchun o’zining o’rtacha aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadi (o’zgarmas narxlar bilan), ―texnologik narvon‖ pog’onalari hamda ishlab chiqarishning tashkiliy shakllari xosdir. Masalan, boshlang’ich davr uchun aholi jon boshiga 50-80 AQSh doll. (1960-yil kursi bo’yicha) to’g’ri kelgan. N.D.Kondratyev fikricha: ―Uzun to’lqinlar‖ endogen xarakterga ega, ya’ni u bozor iqtisodiyoti xo’jaligiga xos bo’lib, ushbu xo’jalikning o’z-o’zini tartibga solishi uchun sharoit yaratadi. Rivojlanishdagi ko’tarilish va pasayish davrlari tabiiy holdir, ularni oldindan bashorat qilish mumkin hamda ularga moslashish va ushbu bosqichlarni tashqi ta’sir, ya’ni davlat tomonidan boshqarish yo’li bilan tartibga solish mumkin. Mazkur mexanizmning bir ko’rinishi sifatida 30-yillarda J.M.Keyns tomonidan taklif etilgan va 1929-1933-yillardagi kapitalizm bo’hronidan so’ng qo’llanilgan ssuda foizi stavkalari yordamida tartibga solish uslubini ko’rsatish mumkin. N.D.Kondratyev fikricha, taxminan 40-50 yil davom etadigan ―uzun to’lqinlar‖ning moddiy sabablari ―kapital asosiy ne’matlari‖ning o’zgarib turishi bilan bog’liqdir. Ushbu o’zgarishlardan uzoq muddatli iqtisodiy mutanosiblikni buzuvchi hamda nisbatan osoyishta evolutsion va ekstensiv rivojlanish bosqichlarini revolutsion va intensiv rivojlanish bosqichlari bilan almashtiruvchi fan-texnika taraqqiyoti (progressi) alohida rol o’ynaydi. Revolutsion bosqichlarning boshlanishi dunyo xo’jaligining energetik, texnik va ishlab chiqarish asosi hamda hududiy tarmoq tarkibi va tashkiliy tuzilmasini keskin o’zgartirishga sharoit yaratuvchi yangiliklar majmuasini joriy etish bilan bog’liqdir. N.D.Kondratyev nazariyasi, boshqa tadqiqotchilarning gipotezalaridan farq qilib, yangi ―turtki‖ boshlanishini bildiruvchi ichki va tashqi omillar mutanosibligi mavjudligiga e’tiborini qaratadi. Yangi to’lqin ekstensiv bosqichda keng tarqalgan texnologiyalarning ma’naviy eskirishi sababli uning rivojlanish cho’qqisiga erishilgan vaqtidan boshlanadi. Kapitalning to’planishi uning nisbatan qadrsizlanishiga olib keladi. Ssuda foizlari va foyda me’yorlari shu darajada pasayadiki, bu hol yangi texnika va texnologiyaga tavakkaliga investitsiya kiritishning samaraliligini ta’minlaydi. Katta hajmdagi yangi qurilishlar ko’lami, yangi korxonalarning ishga tushishi, yangi tarmoqlarning yuzaga kelishi, bozorlarda yangi mahsulotlarning paydo bo’lishi va boshqalar ko’tarilish bosqichi boshlanganligidan dalolat beradi. Ko’tarilish jarayoni o’zining yuqori bosqichiga yetgandan so’ng kapital va yangiliklarning tatbiq qilish zaxiralari tugaydi va ekstensiv rivojlanish bosqichi boshlanadi. Asta-sekin keskin raqobat kurashlari ostida, yuksalish va bo’hronlar sharoitida milliy va xalqaro mahsulotlar va fondlar birjalari tizimi shakllandi, busiz yirik ko’lamdagi xalqaro savdoni iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli sifatida aksionerlik jamiyatlarini tashkil etish va kapitalni jalb etish aslo mumkin emas. Milliy xo’jaliklarning turli sur’atlarda rivojlanishi va umumiy rivojlanishdagi har xil sur’atlar mavjudligi qonuniyati N.D.Kondratyev davrlarining turli mamlakat va hududlarda ―kapitalizmning notekis rivojlanishi‖ga mos tarzda kechishda yaqqol namoyon bo’ldi va dunyo xo’jaligi tizimida bu turlicha nazariy va empirik tadqiqotlar obyektiga aylandi. Shuningdek, amerikalik olim R.Vernonning (XX asr o’rtalari) eksport tovarining hayot sikli to’g’risidagi g’oyasi ham yangiliklarning diffuziyasi va texnologik determinizm bilan bog’liq. Diffuziya kengayish va tarqalish xususiyatiga ega bo’lishi mumkin. Birinchisida yangilikning amaliy tatbiq doirasi asta-sekin kengayib boradi, ikkinchisida esa bu birin-ketin sodir bo’ladi, yangilik biridan ikkinchisiga ko’chadi. Xuddi shu xususda amerikalik iqtisodchi M.Porterning (1993) markazdan chetga kashfiyotlarning, yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlarining ko’chishi, bir mamlakatdan ikkinchi, uchinchiga va boshqa darajalarga kaskadsimon o’tishi, migratsiyasi haqidagi ilmiy ishlanmalari ham bor. Sobiq Ittifoqning parchalanishi va mustaqil davlatlarning paydo bo’lishi bilan geosiyosiy vaziyat o’zgardi. Ana shunday sharoitda chegara atrofi mintaqalarini o’rganish, ―Markaz – chekka‖ (perifiriya) munosabatlarini tadqiq qilish masalalari ham ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bevosita aloqadordir. Jahon xo’jaligi tizimi (bu tushuncha asoschisi amerikalik I.Vallerstayn), uning taraqqiyotidagi bosqichlar davriy, tarixiy xususiyatga ega. Bunday yondashuvni tik emas, gorizontal, ya’ni geografik jihatdan ham qo’llash mumkin. Natijada, iqtisodiyot rivojlanishining hududdan hududga o’tishi, bizning iboramizda ―geografik konveyr‖ yoki estafeta ko’z oldimizga keladi. Download 59.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling