2-bob. Registrlar sxematexnikasini hisoblash jarayonlari


Hisoblagichlar va registrlar


Download 0.69 Mb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1487454
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI HASANOV XOJIAKBAR

Hisoblagichlar va registrlar

Bir nechta triggerlardan iborat qurilma hisoblagich (schyotchik) bo‘la oladi. Hisoblagichdagi triggerlarning holati qurilmaning kirishiga berilayotgan impulslarning soni bilan aniqlanadi. Yig‘uvchi, ayruvchi va reversiv 2.2.3-rasm
hisoblagichlarni farq qilish lozim.
Yig‘uvchi hisoblagich. Sxemaning triggerida ikkilik son saqlanadi. Ushbu ikkilik son, sxemasining kirishiga birinchi
signal berilganda ortadi. Hisoblagichning barcha triggerlarining dastlabki holatidan nol yozilgan deyilsa, ishlash, ya’ni fikr yuritish oson kechadi. Yig‘uvchi uchrazryadli hisoblagichning sxemasi 2.2.3-rasmda keltirilgan. Hisoblagichning holati chiqishdagi signallar bilan aniqlanadi.
Agar qurilmaning kirishidagi birinchi impuls signal chiqishidagi sonni kamaytirsa, bunday hisoblagich ayruvchi hisoblagich deb nomlanadi. Ushbu hisoblagichning sxemasi 2.2.4-rasmda keltirilgan. Ayruvchi hisoblagichning barcha triggerlarini dastlabki holatida “1” yozilgan deb hisoblanadi.
Reversiv hisoblagich. Shunday qurilmaki, u ham yig‘uvchi ham ayruvchi hisoblagich bo‘la oladi va uni bir rejimdan ikkinchi hisoblagich rejimiga uzib – ulash mumkin. Buning uchun reversiv hisoblagichda qo‘shimcha mantiqiy mavjud va unga ma’lum signal berilganda ish rejimi o‘zgaradi. Qo‘shimcha mantiqiy element reversiv triggerlarning kirish va chiqishlarini birlashtiradi.
Hisoblagichning har xil holatlarini maksimal soni uning moduli M deb nomlanadi, quyidagicha teng , bu yerda hisoblagichning (triggerning) ikkilik razryadlarini soni. Agar sanoq impulslari bir vaqtda barcha foydalanilayotgan triggerlarning kirishiga berilsa, bunday hisoblagich parallel hisoblagich deb nomalanadi. Ko‘rsatilgan ketma – ket hisoblagichda esa har bir keyingi trigger oldingi triggerning chiqishdagi signal orqali boshqariladi. Ketma – ket ikkilik hisoblagichlar eng ko‘p qo‘llaniladi.. Hisoblagichda triggerlarning va kirishlariga mantiqiy bir beriladi. triggerning ishlash prinsipidan ma’lumki, navbatdagi sinxroimpuls triggerning kirishiga kelgandagina u o‘zining holatini teskarisiga almashtiradi. 2.2.3- va 2.2.4- rasmlarda ko‘rsatilgan hisoblagichning triggerlari o‘zining holatlarini sinxroimpulsning orqa frontida o‘zgartiradi.
2 .2.4-rasm
Siljituvchi registr bir necha o`zaro bog`liq bir xonali sxemalardan iborat bo`ladi. Siljitish yo`nalishi bo`yicha o`ng tarafli (axborotni kichik xonalar tarafiga siljituvchi), chap tarafli (axborotni katta xonalar tarafiga siljituvchi) va reversiv (boshqarish xabarlariga qarab u yoki bu tarafga siljituvchi) registrlarga bo`linadi

2.2.5-rasm. Siljituvchi va hisoblovchi registrlar

2.2.6-rasm. Ikki taktli asosiy va qo`shimcha registrli hisoblash sxemasi

Siljituvchi registrlarda sinxroimpulьs satщi orqali boshqariluvchi sinxron triggerlarni ishlatish mumkin emas, chunki bunday sxemalarda axborotni bir xonadan ikkinchi xonaga siljitish bir marta bulish o`rniga bir necha marta bajarilishi mumkin, chunki trigger bir necha bor xolatdan xolatga utish mumkin. Sinxroimpuls fronti orqali boshqariluvchi triggerlar ishlatilganda xabarlar raqobati masalasi paydo bo`lishi mumkin. SHunga qaramasdan, siljituvchi registrlarda shu turdagi triggerlar ishlatiladi.


Ba’zan siljituvchi registrda axborot bir xonaga emas, balki bir necha xonaga siljitilishi kerak. Bu щolda siljituvchi registrdan axborot bir necha bor suriladi.
Ko`p taktli siljituvchi registrlarda bir necha taktlovchi impulьslar ishlatiladi. Keng tarqalgani ikki taktli asosiy va qo`shimcha registrli sxemalar щisoblanadi. Bu sxemalarda oddiy bir pog`onali, sinxron D-triggerlar ishlatilgan bo`lib, birinchi takt impulьsi u1 bo`yicha asosiy registrdan axborot qo`shimcha registrga ko`chiriladi, ikkinchi takt impulьsi u1 bo`yicha asosiy registrga o`ngga bir xonaga siljigan holga qaytariladi.

Xulosa
Yuqorida registrlar atamasi, ularning turlari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarda qo’llash, registrlarning ishlash prinsipi, registrlar sxematexnikasi tahlili va hisoblash jarayonlari haqida yetarlicha ma’lumot berib o’tildi. Albatta, analog va raqamli sxemotexnika darslarini o’zlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda zamonaviy kompyuterlarning o’rni beqiyos. Lekin ular rivojlanib, o’ta ixcham shaklga aylanib bormoqda. Buning samarasida insnlr hayoti yengillashib ketmoqda. Bu narsaning ham o’ziga xos talablari ham mavjud. Raqamli signallarni analog va analog signallarni raqamli signallarga aylantiruvchi va ularni hisoblash sxemalari orqali amalga oshirish kompyuter mikroprotsessorlarida o’ziga xos, katta ahamiyatga ega. Multisim (EWB) dasturi tajribasini umumlashtirish, umumiy ta'lim ko'nikmalarini egallash, fanni bilish va sxemalarni yaratishga qiziqish uyg'otish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bunday sxemalarni yaratish virtaul dastur va laboratoriyalarda shuningdek, virtual asbob-uskunalarni tanlash, tajribaga oid vertual stendlar yaratish, fizik jarayondagi berilgan parametrlar uchun qidirishli modellashtirish, hisob-kitob va grafiklar qurishlar ham amalga oshiriladi.
O’rganilayotgan fizik jarayonlardagi kompyuterli modellashtirishlar va hisoblashlarni tahlil qilish zamonaviy o’rgatish jarayoni hisoblanadi, lekin ular real laboratoriyalar o’rnini bosolmaydi. Laboratoriya amaliyotlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, har bir o’quv muassasalarida amaliyotlardan foydalanish, laboratoriya bazalarini shakllantirish yuqori malakali texnik mutaxasislarni tayyorlashga yordam beradi.
Registrlar sxematexnikasini yaratishda, uni hisoblash jarayonlarini amalga oshirishda hozirgi kundagi eng yaxshi dasturiyb vosita bu Miltisim (EWB) dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida virtual va kompyuterli labaratoriya mashg’ulotlarini o’tkazishda yuksak samaradorlikka va jihozlar tejamkorligiga erishish mumkin deb hisoblaymiz.
Ishimiz davomidagi hisoblashlar va sxemalardan olingan natijalarni ushbu dasturdan foydalangan holda amalga oshirilgan. Bu esa o’rganuvchilar uchun tahlil etilayotgan jarayonni chuqur tasavvur qila olishiga va jarayonning qanday kechayotganini tezda o’rganib olishiga sabab bo’ladi. Shu sababli ham virtual laboratoriya yaratish samaraliroq va foydali bo’ladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling