2-bos. Ped. Psix. Eshonkulov d. Tarbiyasi og‘ir bolalar bilan
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqtarbiyasi ogir
2-bos. Ped.psix. Eshonkulov D
O’spirin aqlli qarorlar qabul qilishga ongli harakatlar sodir etishga va ular uchun axloqiy va huquqiy jihatdan mas’ul bo’lishga qodir. SHuni ta’kidlash joizki, o’spirin o’z xatti- harakatlari uchun huquqiy javobgarlikka tortiladigan shaxsdir. Garchi qonun voyaga yetmaganlarning ijtimoiy psixologik rivojlanishini inobatga olib, ular uchun cheklangan javobgarlikni belgilasa ham katta o’spirinlik va o’smirlik davrini shaxsiy javobgarlik bilan xarakterlanadigan yosh deb qabul qilsak bo’ladi. Tarbiyasi og’ir o’spirinlar jismoniy jihatdan sog’-salomatdirlar, biroq ularning ta’lim-tarbiyasi buzilgan. Ular o’z tengdoshlaridan o’qishda ortda qoladilar, chunki ularda xotira, tafakkur va tasavvur xislari yaxshi rivojlanmagan. 2-bos. Ped.psix. Eshonkulov D 2-bos. Ped.psix. Eshonkulov D O’spirinlarning pedagogik jihatdan tarbiyalanmaganliklari ijtimoiy pedagogik hodisa bo’lib, oilaviy va maktab tarbiyasining kamchiligidir, maktabdan tashqari tarbiya ishining qoniqarsiz yo’lga qo’yilganligi natijasidir. Amaliyotda isbotlanganidek o’spirinni o’rab turgan bu mihit shakllari odatda ijtimoiy pedagogik darajalari, yo’nalishlari, o’spiringa ta’sir qilish jihatidan turli bo’ladi. Agar oila, maktab, maktabdan tashqari muassasada bolani tarbiyalovchi omillarni boshqarsa, ko’cha-ko’yda ularni boshqarib bo’lmaydi. Bu tarbiya jarayonida aks etmasligi mumkin emas. CHunki o’spirinlar bo’sh vaqtlarining aksariyati aynan ko’chada o’tkazishadi. U yerda ularning muomalasi, ya’ni eng muhim ijtimoiy ehtiyojlaridan biri shakllanadi. O’quvchi o’spirinlar uchun asosiy faoliyat bu o’qishdir. Biroq o’qish tarbiyasi og’ir o’spirinlar uchun o’qituvchilar va tengqurlarining hurmatini qozona olish vositasi emas. SHuning uchun ular o’zlariga muhim bo’lgan faoliyatni maktabdan tashqarida izlashadi. Aynan shu yerda, o’zi kabi o’spirinlar davrasida ularga yomon xislatlar va qo’pollik uchun tanbeh berishmaydi, aksincha bu kamchiliklarni kattalik alomati deb bilishadi. 2-bos. Ped.psix. Eshonkulov D 2-bos. Ped.psix. Eshonkulov D E’tiboringiz uchun rahmat Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling