2-bosqich 201-guruh Tayyorladi: Hamroqulov Temurmalik Tekshirdi: Raximova U


Download 16.84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana07.04.2023
Hajmi16.84 Kb.
#1337550
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint



Mustaqil Ta’lim
FAN: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
MAVZU:Adam Smit hayoti va ijodi hamda g'oyalari.
2-bosqich 201-guruh
Tayyorladi: Hamroqulov Temurmalik
Tekshirdi: Raximova U
Samarqand 2022


REJA

1. Adam Smit hayoti va ijodi

2. Adam Smit g’oyalari

3. Adam Smit iqtisodiy ta’limoti



Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra eski yil 
bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790-
yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – 
etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi.


Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida 
ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalami qamrab oladi, uning asosiy 
yo‘nalishi va hissadorlari Britaniyaliklarga qaratilgan edi. Bu 
o‘rinda klassik maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit 
tomonidan yozilgan “Xalqlar boyligining sabablari va tabiati 
tadqiqotlari” asari, David Rikardo muallifligidagi “Soliq va siyosiy 
iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari” asari, hamda “Siyosiy qonun
qoidalar 
(tamoyillar)” nomli asarlari mashurdir



U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda 
adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham 
o‘rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy ma’ruzalar o‘qiy 
boshladi, 1751-yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. 
Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda 
o‘qigan ma’ruzalari asosida etikaning falsafiy muammolariga 
bag‘ishlangan o‘zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini 
yaratdi.


A.Smitning fikri bo‘yicha, mehnat taqsimoti milliy mahsulot 
yaratish jarayonida odamlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishning 
juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini 
amalga oshirishda kishilaming chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, 
chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat bo‘lmaydi; ular 
o‘z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta 
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining 
haqiqiy manbai «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), 
balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga, ixtisoslashuvni 
chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan boMadi, negaki birinchidan, 
agar yaratilgan qo‘shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni 
yanada taqsimlashga zarurat boMmaydi, ikkinchidan, korxonalaming 
ko‘lami qancha kichik bo‘lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar 
shuncha kam bo’ladi


Samarali va samarasiz mehnat Smit fikriga ko‘ra kapital miqdori 
ish bilan ta’minlangan va ta’minlangan ishchilar soni o‘rtasida o‘zaro 
nisbat bilan belgilanadi. Smitning kuzatishicha, bozorga tovami ishlab 
chiqarishda band bo‘lish samarali mehnat, lekin shu qatorda ishlab 
chiqarishda band bo‘lmagan ishchi kuchining xizmati ham samarasiz 
hisoblanildi.


A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumat va boshqalaming erkin 
raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning fikricha, 
iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin raqobat 
cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan bo‘lar edi. 
Bunday xulosaga kelishda A.Smit o‘zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlar 
mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi bo‘yicha, shaxsiy 
manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni jamiyat manfaatlari 
uning a’zolari manfaatlarining yig‘indisi deb qaralsa, shundagina bozor 
qonunlari iqtisodiyotga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. A.Smitning asosiy 
xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo‘lib iqtisodiyotni 
o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, obyektiv, 
odamlaming irodasiga bog‘liq bo'lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday 
tizim o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1.https://wikipedia.org/
2.ziyonet.uz
3.fayllar.org

Download 16.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling