2-bosqich 201-guruh Tayyorladi: Hamroqulov Temurmalik Tekshirdi: Raximova U
Download 16.84 Kb. Pdf ko'rish
|
Презентация Microsoft PowerPoint
Mustaqil Ta’lim FAN: Iqtisodiy ta’limotlar tarixi MAVZU:Adam Smit hayoti va ijodi hamda g'oyalari. 2-bosqich 201-guruh Tayyorladi: Hamroqulov Temurmalik Tekshirdi: Raximova U Samarqand 2022 REJA 1. Adam Smit hayoti va ijodi 2. Adam Smit g’oyalari 3. Adam Smit iqtisodiy ta’limoti Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra eski yil bo'yicha 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, yangi yil bo'yicha esa 16-iyunda , 1790- yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotning klassik davri yuz yildan ziyodroq vaqt mobaynida ilgari surilgan iqtisodiy g‘oyalami qamrab oladi, uning asosiy yo‘nalishi va hissadorlari Britaniyaliklarga qaratilgan edi. Bu o‘rinda klassik maktabning uch yirik traktatlari: Adam Smit tomonidan yozilgan “Xalqlar boyligining sabablari va tabiati tadqiqotlari” asari, David Rikardo muallifligidagi “Soliq va siyosiy iqtisodiyotning asosiy qonun-qoidalari” asari, hamda “Siyosiy qonun qoidalar (tamoyillar)” nomli asarlari mashurdir U Glazgo va Oksford universitetlarida ta’lim oldi, bu yerda adabiyot, tarix, falsafa fanlari bilan birga fizika, matematikani ham o‘rgandi. A.Smit 1748-yilda Edinburgda ommaviy ma’ruzalar o‘qiy boshladi, 1751-yilda Glazgo universitetining professori etib tayinlandi. Keyinchalik ijtimoiy fanlar kafedrasini boshqardi. A.Smit 1759-yilda o‘qigan ma’ruzalari asosida etikaning falsafiy muammolariga bag‘ishlangan o‘zining birinchi «Axloqiy hissiyot nazariyasi» kitobini yaratdi. A.Smitning fikri bo‘yicha, mehnat taqsimoti milliy mahsulot yaratish jarayonida odamlar o‘rtasida hamkorlikni amalga oshirishning juda qulay shakli hisoblanadi. Ixtisoslashuv tufayli mehnat jarayonini amalga oshirishda kishilaming chaqqonligi ortadi; ular vaqtni tejaydilar, chunki doimo bir ish turidan boshqasiga o‘tishga hojat bo‘lmaydi; ular o‘z faoliyatlarini takomillashtirish, ixtiro qilish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Taraqqiyot va jamiyat farovonligining haqiqiy manbai «tabiat in’omi» emas (fiziokratlar hisoblaganlaridek), balki aynan mehnat taqsimotidir. Shu bilan birga, ixtisoslashuvni chuqurlashtirish imkoniyatlari cheklangan boMadi, negaki birinchidan, agar yaratilgan qo‘shimcha mahsulot xarid qilinmasa, undagi mehnatni yanada taqsimlashga zarurat boMmaydi, ikkinchidan, korxonalaming ko‘lami qancha kichik bo‘lsa, mehnat taqsimoti uchun imkoniyatlar shuncha kam bo’ladi Samarali va samarasiz mehnat Smit fikriga ko‘ra kapital miqdori ish bilan ta’minlangan va ta’minlangan ishchilar soni o‘rtasida o‘zaro nisbat bilan belgilanadi. Smitning kuzatishicha, bozorga tovami ishlab chiqarishda band bo‘lish samarali mehnat, lekin shu qatorda ishlab chiqarishda band bo‘lmagan ishchi kuchining xizmati ham samarasiz hisoblanildi. A.Smit kitobining asosiy mohiyati hukumat va boshqalaming erkin raqobatga aralashuvini tanqid qilishdan iborat. A.Smitning fikricha, iqtisodiy hayotda garmonik tartib hukmronlik qiladi: agar erkin raqobat cheklanmasa, unda u dunyoni takomillashuvga olib kelgan bo‘lar edi. Bunday xulosaga kelishda A.Smit o‘zgarmas «tabiiy» iqtisodiy qonunlar mavjudligiga asoslangan. A.Smit tushunchasi bo‘yicha, shaxsiy manfaatlar ijtimoiy manfaatlardan ustun tursa, ya’ni jamiyat manfaatlari uning a’zolari manfaatlarining yig‘indisi deb qaralsa, shundagina bozor qonunlari iqtisodiyotga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. A.Smitning asosiy xizmatlaridan biri shundan iboratki, u birinchi bo‘lib iqtisodiyotni o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiluvchi, obyektiv, odamlaming irodasiga bog‘liq bo'lmagan tizim sifatida qaraydi. Bunday tizim o‘zining ichki qonuniyatlariga muvofiq amal qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.https://wikipedia.org/ 2.ziyonet.uz 3.fayllar.org Download 16.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling