2. Bozorning maqsadli segmentlarini tanlash


Download 217.51 Kb.
bet10/15
Sana18.06.2023
Hajmi217.51 Kb.
#1586865
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
26 Mavzu Bozorni segmentlash xususiyatlari

Rollar va statuslar. O‘z hayoti davomida individ ko‘plab guruhlar –oila, do‘stlar, turli tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi. Uning har bir guruhdagi pozitsiyasi bajaradigan roli va statusiga ko‘ra belgilanadi. Rol- bu harakatlar yig‘indisi bo‘lib, bajarilishi odamning atrofdagi o‘rab olgan shaxslardan kutiladi. Bajariladigan har bir rol ma’lum statusga mos keladi. AQSh oliy sudi sudyalarining statusi, tibbiy, savdo bo‘yicha menejerning statusi kompaniyaning oddiy xizmatchisi statusidan yuqori. Odatda, odamlar o‘zlarining ijtimoiy statuslarini (belgilarini) tasdiqlashi va mustahkamlashi kerak bo‘lgan tovarlarni sotib oladilar. Shu bois kompaniyalar prezidentlari harakatlanish vositasi sifatida «Mersedes», qimmatbaho kiyimlar va «Chivas Regal» viskisi kabilarni afzal ko‘radilar. Marketologning mahsulot va tovar markasini status belgisiga aylanishidagi potensial imkoniyatlarini anglay olishi o‘ta muhim.
Xaridorning qaror qabul qilishiga uning shaxsiga oid tavsiflari: yoshi va oilasi hayot siklining bosqichi, ishi, iqtisodiy holati, hayot uslubi, fe’l-atvori va o‘zini o‘zi anglashining o‘ziga xosligi kabilar ta’sir qiladi.
Yoshi va hayot sikli bosqichi. Hayoti davomida odam turli xil tovar va xizmatlarni sotib oladi. Bolaga bolalar ozuqasi zarur, katta odamlar rang-barang mahsulot va taomlarni tatib ko‘rgisi keladi, yoshi ulg‘ayganda (keksayganda) esa u parhez taomlarni iste’mol qiladi. Vaqt o‘tgan sari kiyimlar, mebellar, dam olishga nisbatan ham individual did (qarash) lar o‘zgarib boradi.
Individ ist’emolning strukturasi uning oilasi hayot siklining qaysi bosqichdaligiga bog‘liq. Odatda, oilalar hayot siklining 9 bosqichi ajratiladi, ularning har biri uchun ma’lum moliyaviy ahvol va o‘ziga xos xaridlar xarakterli. Ko‘pincha, marketing rejasini ishlab chiqishda ishlab chiqaruvchilar oilaning hayot tarziga mos davrdagi ma’lum maqsadli guruhlarga ko‘ra ish tutadilar. E’tiborga olish kerakki, bitta uy xo‘jaligi egalari ham yagona oilani tashkil qilavermaydi. Marketologlar yolg‘iz odamlar, fuqarolik nikohida yashovchilarni ham ajratadilar. Bundan tashqari yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar inson hayot siklining psixologik bosqichlari ham mavjudligini aniqladi.

Download 217.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling