2. dars matnni yozing qoida bo’yicha fannning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro
Download 20.15 Kb.
|
2.DARS GLAVNIY-SHRIFT
- Bu sahifa navigatsiya:
- FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI
- FANNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR
- Bumerang
2.DARS MATNNI YOZING QOIDA BO’YICHA FANNNING O‘QUV REJADAGI BOSHQA FANLAR BILAN O‘ZARO BOG‘LIQLIGI VA USLUBIY JIHATDAN UZVIY KETMA-KETLIGI Jahon sivilizatsiyalari tarixi kursi 4-semestrda 2-bosqich talabalari uchun o‘qiladi. Fan Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi sharq tarixi, Qadimgi dunyo tarixi, O‘rta asrlar tarixi, Yangi va eng yangi davr tarixi fanlari bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki kishilikning eng qadimgi davrdan boshlab bugungi kungacha boshidan kechirgan sivilizatsiyalar yuqoridagi davrlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Fan talabalarga yuqoridagi fanlar bilan o‘zaro bog‘liq holda o‘qilsa, yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida juda katta omil bo‘lib xizmat qiladi. FANNING ISHLAB CHIQARISHDAGI O‘RNI Jahondagi tarixiy jarayonlarni va xalqaro munosabatlarni o‘rganishda jahon sivilizatsiyasi fani, uning qonuniyatlari muhim o‘rin egallaydi. Jahon davlatlari o‘z sivilizatsiyalarini qadimgi davrdan bizning kungacha tarixiy jarayonlarga ta’sir qilib kelgan. Tarixiy voqealarning sabablarini to‘g‘ri tushunish uchun sivilizatsiya qonuniyatlarini bilish yordam beradi. FANNI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Talabalarning Jahon sivilizatsiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar, jadvallardan foydalaniladi. Dasturda berilgan mavzular ma’ruza, seminar shaklida olib boriladi. Shuningdek, fanning dolzarb masalalari mustaqil ish sifatida talabalarga o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Bumerang”, “klaster” singari uslublari orqali darslar olib boriladi. ASOSIY QISM “SIVILIZATSIYA” TUSHUNCHASI. UNING TA’RIFI VA O‘ZIGA XOS SIFATLARI Qadimgi dunyodagi madaniy taraqqiyot haqida tushuncha “Sivilizatsiya” terminining XVIII-X1X asrda Yevropa ilmiga kirib borishi. L.Morgan sistemasida sivilizatsiya. Hozirgi zamon fanida “sivilizatsiya” tushunchasi. M.Veber, O. Shpengler, A.Toynbi, F.Brodel, K. Yaspers, P.Sorokin, S.Xantington nazariyalari. Sivilizatsiyaning bosqichli nazariyalari. Inson jamiyati taraqqiyoti muammosiga sintetik yondashuv yo‘llarini izlash. Sivilizatsiya va madaniyat. Sivilizatsiyalar o‘rtasidagi yagona madaniyat, o‘ziga xoslik, xilma-xillikning o‘zaro bog‘liqligi. Download 20.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling