2-dars. Mavzu: Axborotning ko
Download 89.2 Kb.
|
2 dars 7 -sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotning korinishlari Malumki, har bir inson moddiy nematlar
7 – sinf, Informatika Sana__________ O’.T.I.B.D.O’: ________________________ 2-dars. Mavzu: Axborotning ko'rinishlari, xususiyatlari va turlari. I. Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsad - Axborotning ko'rinishlari, xususiyatlari va turlari b) Tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuter savodxonligini o’stirish II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator III. Darsning usuli: Noan’anaviy IV. Darsning borishi: 1) Tashkiliy qism a) Salomlashish b) Davomatni aniqlash v) Darsga tayyorgarlikni aniqlash 2) Asosiy qism AXBOROTNING KO'RINISHLARI, XUSUSIYATLARI VA TURLARI Inson hayotini axborotsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Axborotning esa hayotda har xil ko'rinishlari va turlari bor, masalan, axborotning rasm, chizma, matn yoki jadval kabi ko'rinishlari sizga tanish. Shu bilan birga biror ko'rinishdagi axborotdan foydalana olishimiz uchun u qanday xususiyatlarga ega bo'lishi zarurligi ham g'oyatda muhimdir. Axborotning ko'rinishlari Ma'lumki, har bir inson moddiy ne'matlar (masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy anjomlari) bilan birga ular haqidagi axborotlarni (qanday maqsadda ishlatilishi, shakli, rangi, og'irligi kabilarni) ham bilishi zarurdir. Inson qo'li orqali jismning qattiq va tekisligini, till orqali oziq ta'mini, burun orqali turli hidlarni sezadi, qulog'i orqali har xil tovushlurni eshitadi, ko'zi orqali turli shakllarni, ranglarni yoki manzaralarni ko'radi, ya'ni sezgi a'zolari orqali turli axborotlar oladi. Bundan ko'rinib turibdiki, axborotni hayotdan har xil ko'rinishlarda yoki shakllarda olish mumkin ekan. Masalan: rasm, chizma, fotosurat, yozuv; nur yoki tovushlar; hai xil to'lqinlar; elektr va uerv impulslari; magnit yozuvlari; mimika; hid va ta'm; organizmlarning sifat va xususiyatlarini saqlovchi xromosomalar va hokazo. Informatika fanida axborotni yuqoridagi ko'rinishlardan ba'zilari orqali tasvirladingiz, ba'zilarini hayotda ko'rgansiz, ba'zilari bilan esa boshqa fanlai orqali tanishasiz. Hayotda bir xil axborotni turli ko'rinishlarda tasvirlash mumkin. Masalan: Bugun do'stlarim bilan Informatikada narsalar, jarayonlar, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb ataladi. Download 89.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling