2-dars taqdimoti. Mavzu. Tilning ijtimoiy mohiyati. Til va nutq. Reja


Download 1.07 Mb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#219374
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Дарс

Nutqiy faoliyat


Tilning ijtimoiy vazifasi nutqiy faoliyatda,

ya’ni nutq sifatida kishilar o’rtasida aloqa, fikrlashish, so’zlashishni amalaga oshirishda yaqqol ko’rinadi. Nutqiy faoliyat kishilarning bir-birlariga tushunarli bo’lgan til vositasida o’zaro fikr almashishlari, nutqiy aloqaga kirishishlaridir. Bu jarayon ikki shaklda amalga oshadi: og‘zaki va yozma tarzda.

Og’zaki nutqning ikki turi mavjud: oddiy so’zlashuv nutqi vqa adabiy so’zlashuv nutqi. Oddiy so‘zlashuv nutqi tabiiy nutq sifatida namoyon bo‘lib, sheva ta’sirida bo‘lgan kundalik so‘zlashuv nutqining turli ko’rinishlaridan iborat. Adabiy so’zlashuv nutqi esa adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda gapirishni taqozo etadi. Yozma nutq og’zaki nutqdan so’ng yozuv ta’sirida paydo bo’lgan bo’lib, adabiy tilning imloviy, punktuatsion, uslubiy qonun-qoidalariga bo’ysunuvchi grafik shakldagi nutqdir. Nutqning bu shakllari turli ko’rinishlarda namoyon bo’ladi: monolog, dialog va polilog.


Til so’zlashish vositasi, ya’ni nutq sifatida namoyon bo’lgandagina ma’lum vazifani bajaradi. Nutq til materiali, unsurlaridan tuziladi va nutqiy faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Demak, til materiallari faoliyati uchun xizmat qiladi. Til bilan nutqni qiyoslash orqali ularning quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini ajratish mumkin:

1. Til aloqa materiali

2. Tilni xalq, millat yaratadi.

3. Til hayoti uzun.

4. Til nisbatan turg’un.

5. Tilning hajmi noaniq

1.Nutq aloqa shakli.

2. Nutqni har bir shaxs yaratadi.3. Nutqning hayoti qisqa.

4. Nutq doim hatakatda bo’lib, o’zgaruvchan hodisa.

5. Nutqning hajmi esa aniq.



Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling