2. Darsning turlari va tuzilishi Nostandart darslar


Download 94.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana01.11.2023
Hajmi94.56 Kb.
#1738702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari. STEAM TA’LIM (STEAM EDUCATION).

 
STEAM bu maktabda va maktabdan tashqarida loyixa va o‘quv−tadqiqot 
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. 
Ushbu 
metod 
yordamida 
fanlar 
alohida 
tarmoqlarda 
emas, 
balki 
integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi.
Fanlarni kundalik hayot bilan bog‘liqligini ko‘rsatishdan tashqari, texnologiya 
o‘quvchilarning ijodkorligini ham ko‘rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv 
o‘quvchilarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, o‘quvchi ularni hal 
qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o‘rganadi. Bunday vazifalar yordamida 
o‘quvchi g‘oyalarni nafaqat o‘ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga 
oshirishni ham o‘rganadi. Shu tariqa, o‘quvchi o‘z faoliyatini oldiga qo‘yilgan 
vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o‘rganadi.
STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o’zaro 
mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O’quvchi o’zida nostandart 
fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik 
ko’nkmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo’l keladi. 
Al-Xorazmiy nomidagi IT maktabning ta’lim jarayonida ham STEAM 
texnologiyasidan keng foydalanib kelinadi. Bundan asosiy 
maqsad, o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llash va hayotga 
tadbiq qilish imkonini yaratishdan iborat.Maktabda robototexnika , sexmatexnika 
xonalari bilan bir qatorda STEAM xonasi ham mavjud bo’lib , u zamonaviy 
interaktiv platforma, ish qurollari, tikuv mashinalari, to’quv moslamalari , Arduino 
platformalari va 5 xil turdagi kesish va randalash uskunalaridan iborat. Qizig’i 
shundaki, bu uskunalar o’quvchilar tomonidan qayta yasalib , boshqa ko’rinish va 
vazifani bajarish imkonini beradi. Maktabda STEAM va robototexnika darslari 
o’zaro uyg’unlikda olib boriladi.Texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda 
robototexnika istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Al-Xorazmiy nomidagi IT 
maktabda ham bu sohaga alohida e’tibor qaratilgan. 


Robototexnika darslari orqali o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega 
bo’lib kelmoqdalar: 
– C dasturlash tili 
– Elektronika asoslari 
– Sodda va murakkab sxemalar yasash 
– 3D dizayn va 3D modellashtirish 
– 3D printerdan 3D modellarni chiqarish 
– Arduino dasturlash 
– Tranzistor va mikrochiplar bilan ishlash 
– Qo’shimcha modul va sensorlar bilan ishlash (RGB, WiFi, PIR, LCD display, 
RFID) 
– Mustaqil ravishda turli xildagi Arduino proyektlar yasash 
Barcha sinf o’quvchilarining robototexnika faniga katta qiziqish bilan 
qatnashadilar va ular hozirga qadar bir qancha loyihalarni ishlab chiqishdi va 
kelgusi loyihalar ustida izlanishlar olib borishmoqda.  

Download 94.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling