2. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati Davlat byudjeti ijrosining hozirgi holati tahlili. Xulosa foydalanilgan adabiyotlar. Kirish mavzuning dolzarbligi
Davlat byudjeti ijrosining hozirgi holati tahlili
Download 201.9 Kb.
|
byudjet kurs ishi
3. Davlat byudjeti ijrosining hozirgi holati tahlili.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta imkoniyat yaratadi. Bugungi kunda mamlakatdagi mavjud ahvolni o’rganib chiqib, budjet xarajatlarini rejalashtirish va ijrosi jarayonidagi budjet intizomini buzilishiningquyidagi xarakterli ko’rinishlarini keltirish mumkin: • Budjetning ikkinchi darajali xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash oqibatida birinchi darajadagi tadbirlarga mablag’ yo’naltirishni kechiktirish; • Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarning tazyoiqi ostida budjet mablag’larini budjet parametrlarida ko’zda tutilmagan xarajatlarga yo’naltirish; • Ish xaqi, xo’jalik xarajatlari bo’yicha belgilangan budjet limitlarini oshirib borish; • Bdyudjet mablag’larini bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazish va ulardan noqonuniy tarzda foydalanish va h.k. Budjet intizomiga rioya etish buzilishining eng ko’p tarqalgan xarakterli ko’rinishi – bu bdjet mablag’larini mahalliy hokimliklarning farmoyishlari asosida adres dasturiga kiritilmagan qurilish va ta’mirlash ob’ektlariga, avtomobillar sotib olish, dabdabali tadbirlarni o’tkazishga yo’naltirishdir. Budjet mablag’larining mahalliy budjetlar parametrlarida belgilanmagan xarajatlarga tarqatib yuborilishi, birinchi navbatda bo’lgan ish haqi,ijtimoiy nafaqalar, stipendiya to’lovlari, davolash va xalq maorifi muassasalariga doridarmon, oziq-ovqat, yoqilg’i – energiya resurslarini etkazib berishda jiddiy salbiy holatlarga olib kelmoqda. Ma’lumki, ko’p yillar davomida budjetning xarajatlar ijrosini amalga oshirishda hamda budjet mablag’larini nazorat qilishda bir talaygina muammolarga duch kelinishi budjet mablag’larini sarfi ustidan nazoratni to’liq amalga oshirilmayotganligi ko’zga tashlanar edi. Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan moliya muassalari va budjet tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni bo’shashtirib yuborganligi oqibatida moliya organlari va budjet tashkilotlari rahbarlari birinchi darajali xarajatlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirish o’rniga mablag’larni budjet parametrlarida ko’rsatilmagan xarajatlarga yo’naltirish, budjet mablag’larini boshqa moddalarga sarflash holatlarini ko’rish mumkin edi. Bularning barchasi faqatgina budjet mablag’larini rejalashtirish jarayonida emas, balki ulardan foydalanish ya’ni ijrosi jarayonida ham budjet intizomiga rioya etishning buzilishiga xos bo’lgan qutsidagi xarakterli ko’rinishlarni keltirib chiqargan edi : - birinchi darajali to’lovlarning (ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar) o’z vaqtida moliyalashtirilmasligi hamda naqd pul bilan ta’minlanmasligi, to’lov muddatlarining kechiktirilishi; - budjet parametrlariga va xarajatlar smetalaridagi limitlariga amal qilmaslik natijasida ish haqi,kommunal xizmatlar va xo’jalik xarajatlaridan,ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yish; - budjet muassasalarining xarajatlar smetalarida ko’zda tutilmagan xarajatlarni amalga oshirish va budjet mablag’laridan samarasiz hamda boshqa maqsadlarda foydalanish; - budjet muassasalarining rahbarlari tomonidan shtat-smeta intizomiga rioya qilmaslik, ortiqcha shtat birliklaridan foydalanish, ish haqining belgilangan miqdorlarini oshirib yuborish, ishlamagan xodimlarga haq to’lash; - o’z-o’zini boshqarish organlari (mahalla qo’mitalari) orqali aholining kam ta’minlangan qatlamlariga to’lanadigan ijtimoiy nafaqalarni tayinlashda turli mahalliychilik va qarindosh-urug’chilikka yo’l qo’yish hamda ularni to’lash paytida bank muassasalari xodimlari va o’z-o’zini boshqarish organlari xodimlari bilan birgalikda turli qonunbuzarliklarga va davlat mablag’larini o’zlashtirishga yo’l qo’yish; - mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslarning budjet jarayoniga asossiz aralashuvi natijasida budjet mablag’larini budjet parametrlarida ko’zda tutilmagan qurilish, ta’mirlash ishlarida avtomobillar va boshqa dabdabali jixozlar sotib olishga hamda turli tadbirlar o’tkazishga sarflash va h.k. Budjet tashkilotlari xarajatlari smetasi tasdiqlangandan so’ng kommunal xizmatlar, gaz va elektr energiya uchun shartnomalar tuzish, shartnomalarda ushbu xizmatlarga faqat belgilangan limitlar doirasida oyma-oy hisob-kitob qilinishi, limitdan ortiqcha summaga ko’rsatilgan xizmatga mablag’ ajratilmasligi alohida belgilab o’tilganligiga qaramasdan ayrim hududlarda ushbu talablar to’liq bajarilmasligi oqibatida kreditorlik qarzlariga yo’l qo’yilgan. Bu jarayonda limit intizomi, tariflar va haqiqiy ehtiyojlarni inbotga olinishi ta’minlanmagan.Oziq – ovqat va dori – darmonlardan kreditorlik qarzlari kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri vositachi tashkilotlar orqali mahsulotlar olishdir. Bunda oziq – ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni sotib olishda vositachi tashkilotlar tomonidan usatamalarni ko’p qo’yilishi o’z ta’sirini ko’rsatmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlatning moliyaviy resurslarni boshqarishi ahamiyati beqiyos hisoblanadi,shu sababli respublikamizda Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo bo’ldi. Sababi, yuqorida ko’rsatib o’tilgan muammolarning echimini xal etish uchun budjet tizimida budjet xarajatlari samarali ijrosini ta’minlovchi muhim bo’g’in budjet amaliyotga g’aznachilik tizimi joriy etildi. G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarini safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatini yaratadi, balki ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi.Boshqacha qilib aytganda, rivojlangan moliya tizimini shakllantirishda davlat moliyaviy resurslarini malakali boshqarish va budjetni to’xtovsiz ijro etish hamda budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan mablag’larni maqsadli ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlaydi. Oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda g’aznachilik organlari o’zlarining turli darajadagi budjetlar ijro-sini ta’minlash kabi asosiy funktsiyalaridan tashqari, umuman davlat moliya tizimida faolroq rol o’ynamoqda. Ular iqtisodiyot va davlat moliyasi sohasida universal vazifalarga ega o’ziga xos davlat moliyaviy organlariga aylanib bormoqda. Masalan, g’aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag’lariga ega bo’lgani uchun banklararo kreditlar bozori hamda korxona va tashkilotlar uchun kredit resurslari sifatida ishlatilmoqda. «Hisobraqamlardagi kassa qoldiqlarini ishlatib, g’aznalar vaqtinchalik erkin budjet mablag’larini depozitlar yoki qimmatli qog’ozlarga joylab, shu yo’l bilan budjet uchun qo’shimcha daromadlar jalb qilish uchun kapitallar bozorida qarz oluvchi yoki qarz beruvchi sifatida ishtirok etmoqda».G’aznachilikni joriy etish budjet daromadlarining to’liq va o’z vaqtida tushishini va xarajatlar qismida budjet mablag’lari-ning maqsadli sarflanishining nazoratini kuchaytirish va pul oqimlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Mazkur tizimni joriy etish bilan budjet bajarilishini kuzatish, boshqaru qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, budjet mablag’larini maqsadsiz sarflanishdan himoyalash va budjetni rivojlantirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin.Davlat budjetining G’aznachilik tizimi joriy etilishi quyidagi ijobiy natijalarga erishishga imkoniyat beradi: • davlat moliyaviy resurslarining real hajmini va uning istiqbol ko’rsatkichlarini doimiy nazorat qilish; • davlat moliyasining holati to’g’risidagi tezkor va muntazam ravishda axborotlarni yig’ish, ishlov berish va tahlil qilish; • davlat budjetining daromad va xarajat qismlarini kassa ijrosini har kungi aniqlashtirilgan monitoringini o’tkazish; • tasdiqlangan budjet mablag’lari doirasida budjet tashkilot-larining tovarlar va xizmatlar etkazib beruvchilar oldidagi maj-buriyatlarini qabul qilish bosqichida dastlabki nazoratni amalga oshirish; • moliya organlari tomonidan budjet xarajatlarini o’z vaq-tida va adresli moliyalashtirish bilan budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilari tomonidan sui’ste’mol qilish va noto’g’ri ishlatishning oldini olish maqsadida joriy nazorat olib borish; • budjet tashkilotlari majburiyatlarni olgandan keyin pul mablag’larini G’aznachilik hisob raqamidan to’g’ridan-to’g’ri tovar etkazib beruvchilar hisob raqamiga o’tkazish orqali pul oqimlari harakatini tezlashtirish o’z vaqtida to’lovni amalga oshirish or-qali ta’minotchilarni moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash; • G’aznachilik tizimining bir pog’onasidan ikkinchi pog’onasiga pul mablag’lari o’tkazishni tezlashtirish orqali budjet mablag’la-rini tezkor harakat qilinishini ta’minlash. Davlat budjetining G’azna ijrosidan foydalanish - budjet mablag’larini maqsadli va samarali ishlatishga hamda kreditor to’lov intizomini mustahkamlashga va natijada debitor va kreditor qarzdor-liklarni keskin qisqartirish, Davlat budjeti ijrosi jarayonini jahon andozalariga javob beradigan yangisifat pog’onasiga chiqarishdir. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, mazkur tizimni joriy etish bilan budjet bajarilishini kuzatish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qulaylik yaratish, budjet mablag’larini maqsadsiz sarflanishidan himoyalash va budjetni rejalashtirish va prognozlashtirish sifatini oshirish mumkin. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlatning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish ahamiyati beqiyos hisoblanadi, shu sababli, respublikamizda Davlat budjeti ijrosini amalga oshirishda g’aznachilik tizimiga o’tish zaruriyati paydo bo’ldi. Sababi, yuqorida ko’rsatib o’tilgan muammolarning yechimini hal etish uchun budjet tizimida budjet xarjatlari samarali ijrosini ta’minlovchi muhim bo’g’in budjet amaliyotiga g’aznachilik tizimi joriy etildi. O’zbekiston sharoitida davlat moliyasini boshqarish tizimidagi islohotlarning eng asosiysi g’aznachilik tizimini to’liq joriy qilishdir. Davlat budjeti ijrosida foydalanilayotgan g’aznachilik tizimi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlariga mos holda davlat xarajatlarini samarali boshqarishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar yig’indisidan iborat. Bu chora-tadbirlar Davlat budjetining xarajatlari ijrosidagi davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmini hamda joriy va dastlabki nazorat samaradorligi bo’yicha dolzarb masalalarniqamrab oladi. Budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish va xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi.Ya’ni, budjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va g’aznachilik bo’limidan ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning ro’yxatdano’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval, dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi, g’aznachilik bo’linmalari tomonidan baholar monitoringini amalga oshirish tartibi, oziq-ovqat mahsulotlari sohasi misolida ko’rib chiqiladi.Budjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish jarayonlarida, g’aznachilik bo’linmalari tomonidan baholar nazoratini tashkil etish, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyruqlari asosida amalga oshiriladi. Mahsulotlar(xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo’yicha shartnomalar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi va bundan ko’zlangan asosiy maqsad optimal baholardan sifatli mahsulotlarni xarid etishdan iboratdir.Baholar optimalligi va budjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori samarasini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Baholar monitoringi tizimidagi mavjud muammolar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: • tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida tizimlashgan tarzda axborot olishning etishmasligi (ayniqsa respublika hududlari bo’yicha); • mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati, texnik va boshqa muhim tavsiflari)ni hisobga olmaydi; • baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm etishmaydi; • ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o’rnatiladigan baholar bilan keskin farqlanadi. Bugungi kunda O’zbekistonda budjet jarayonida o’rta muddatli rejalashtirish mexanizmini joriy qilishga dastlabki urinishlar bo’layotganligini va budjet xarajatlarining natijaviyligini ta’minlovchi nazorat qilish mexanizmining endigina shakllanayotganligini e’tirof etish lozim. Iqtisodiyotni markazdan turib boshqarish hukm surgan mamlakatlarda boshqa qator g’arb davlatlari kabi, budjetni tayyorlashda «xarajatli budjet» usulidan (zatratniy metod) foydalanib kelingan. «Xarajatlarga asoslangan budjetni tuzish» usuli resurslarni rejalashtirish va taqsimlashning shunday bir usulidirki, bunda resurslar va ularni sarflashdan erishiladigan natijaviylik juda kuchsiz bo’lib hisoblanadi, chunki xarajatlar usulida asosiy e’tibor mavjud resurslarga qaratiladi.O’z navbatida, “natijaga qaratilgan budjetlashtirish” strategik maqsad va vazifalarni asosiy maqsad qilib o’z oldiga qo’yadi, davlat tashkilotlari faoliyatlari natijasidan ijtimoiy-iqtisodiy natijalar kutadi. Bu esa barcharesurslarni ma’lum bir dasturlar orqali sarflanishi orqali amalga oshiriladi. Moliya tizimining asosini davlat budjeti tashkil etadi. U bir tomondan resurslami hal qiluvchi qismini o’zida jamlaydi. Ikkinchi tomondan esa barcha moliya bo’g’inlari va muassasalarining o’zaro aloqadorligini ta’minlaydi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Budjet iqtisodiyotiga ishlab chiqarish jarayoniga xo’jalik hayotiga davlat tomonidan ta’sir o’tkazish vositasidir hamda u davlat iste’molining moliyaviy asosi sifatida namoyon bo’ladi va ijtimoiy monitorlash uchun foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasining budjet tizimi davlat budjeti amal qilishining tashkiliy shaklidir. Bunday tizim davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishda asosiy dastaklardan biri hisoblanadi. Budjet tizimi Respublika barcha budjetlarining jamlanmasi bo’lib, u davlatning siyosiy va iqtisodiy tizimlariga, respublikaning ma’muriy bo’linishiga asoslanadi. Budjet tizimining iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy tamoyillari, tuzilishi, unda birlashib ketadigan budjetlarning o’zaro aloqadorligini respublika budjet qurilmasini belgilaydi. Hozirgi davrda budjetni ko’rib chiqish, tuzish, hamda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish hozirgi davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Budjet daromadlari hamda xarajatlarini mutanosib olib borish esa joylardagi moliya boshqarmalari, bo’limlari hamda Moliya Vazirligining oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish, iqtisodiy qonunlarni bir me’yor doirasida amal qilishi ko’p jihatdan davlatni moliyaviy siyosatini asosiy bo’g’ini Davlat budjetiga bog’liqdir. Davlat budjeti o’zida davlat daromadlari va xarajatlarni mujassamlashtirgan moliyaviy rejadir. Demak xalq xo’jaligini butun tarmoqlarida, xususan noishlab chiqarish tarmoqlari (xalq ta’limi, sog'liqni saqlash, mudofaa va h.k.)da davlat budjetini roli beqiyosdir. Shu o’rinda mamlakatimiz prezidenti Sh. M. Mirziyoyev quyidagi so’zlarini ta’kidlab o’tish o’rinlidir: “Albatta, Davlat budjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu - hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat”. Jumladan, 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining o’z vaqtida qabul qilinishi xususida birinchi prezidentimiz Islom Karimov: “Dastur o’ziga qamrab olgan, o’z vaqtida qabul qilingan hujjatlarda avvalo mamlakatimiz moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari va korxonalariga yordam ko’rsatish, aholini ijtimoiy qo’llab- quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning puxta ishlab chiqilgani o’zining amaliy samarasini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz” - deya ta’kidlab o’tgan edilar. Budjet mablag’larini sarflanishini to’g’ri rejalashtirish, undan samarali foydalanish mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy ahvoliga bevosita ta’sir ko’rsatib bu budjet tizimi hamda jarayonini qayta ko’rib chiqish ahamiyatini oshiradi. Avvalambor, budjet jarayoniga ta’rif beradigan bo’lsak, “Budjet jarayoni- davlat budjetini tuzish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat budjeti tuzilmasiga kiruvchi budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayon. 2 3 4 Budjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va budjet tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning budjet huquqlari bilan belgilanadi hamda budjet jarayonining mazmunini belgilashda budjetni tuzish tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat budjetini tuzishning nazariy va metodologik masalalari muhim rol o’ynaydi. Budjet jarayoni, odatda, budjet faoliyatining quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi ( 1-rasm): -budjet loyihasini tuzish (ishlab chiqish, yaratish); -budjetni ko’rib chiqish (muhokama qilish) va tasdiqlash; -budjetni ijro etish; -budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni tasdiqlash. Budjet jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga yaqini budjet loyihasini ishlab chiqish (yaratish, tuzish), uni muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish)ga, bir kalendar yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) budjetni ijro etishga (budjet davri) va sakkiz oyga yaqini budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi. Budjet jarayonini tashkil qilishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi: Yagonalik-yagona huquqiy baza, yagona budjet tasnifi, O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti va hududlar budjetlarini tuzishda statistik axborot tuzish uchun zarur bo’lgan budjet hujjatlari yagonaligi; Har bir qonun chiqaruvchi va ijroiya hokimyati organi budjet jarayonining mustaqilligi-o’z daromadlari manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlarini belgilash huquqi bilan ta’minlanadi; Balans usuli-jami budjetlarning daromadlari va xarajatlari o’rtasida, shuningdek, moddiy va moliyaviy ko’rsatkichlar o’rtasida to’g’ri nisbatlarni belgilashni nazarda tutadi. Budjet jarayoni budjetni rejalashtirishdan boshlanadi. Budjetni rejalashtirish davlat moliyaviy siyosati talablariga muvofiqlashtirilgan moliyaviy rejalashtirishning muhim tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunday rejalashtirishning iqtisodiy vazifasi turli darajadagi budjetlar va budjetdan tashqari jamg’armalarni tuzish va ijro etish jarayonida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umummilliy dasturlari asosida yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qiymatini moliya tizmi bo’g’inlari o’rtasida markazlashtirilgan tarzda qayta taqsimlash proporsiyalarini to’g’ri belgilashdan iboratdir. Budjet loyihasini tuzish budjet jarayonining eng muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Davlat budjetining loyihasini tuzish (yaratish, ishlab chiqish) bo’yicha ishlar yangi budjet yilining boshlanishidan ancha oldin, masalan, O’zbekistonda 7 oy oldin boshlanadi. Uning loyihasini tuzish ijroiya hokimyati organlari, odatda, Moliya vazirligi, G’aznachilik tomonidan amalga oshiriladi. Ba’zi bir mamlakatlarda budjet loyihasini tuzish davlat ijroiya hokimyati boshlig’i (rahbari)ning kelgusi yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining umumiy yo’nalishlari bo’yicha chiqishidan (ma’ruzasidan) boshlanadi. Masalan AQSh da prezidenti amerika xalqiga Budjetnoma bilan murojaat qilib, unda pul- moliya siyosatining asosiy vazifalari, kelgusi budjet yili va navbatdagi to’rt yil uchun federal budjet daromad va xarajatlarining hukumat bahosi shakllantiriladi. Bujet loyihasini tuzishdan oldin O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga tegishli budjetlar va davlat maqsadli jamg’armalari tayyorlash uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlariga, hamda budjetdan ajratiladigan mablag’larni olishga buyurtmalar tuzish uchun respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’lari oluvchilariga budjet so’rovi yuborilishi kerak. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlarining loyihasini tuzish: Budjet so’rovini tuzish tartibini yuborilishini; Budjet so’rovlarini hamda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar prognozlarini tayyorlash va taqdim etishini; Budjet so’rovlarini ko’rib chiqish va jamlashni; Budjetnomani ishlab chiqishni nazarda tutadi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi har yili 15 aprelga qadar kelgusi davr uchun budjet so’rovini tuzish tartibini O’zbekiston Respublikasining respublika budjeti loyihasini tayyorlash uchun - budjet mablag’larini taqsimlovchilarga, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirligi Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga yuboradi . Budjetni muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) bosqichida mamlakatning oliy ijroiya organi - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ma’qullanganidan so’ng Davlat budjetining loyihasi muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash (qabul qilish) uchun qonunchilik organi bo’lgan Oliy Majlisga taqdim etiladi. Odatda, budjetning loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda) alohida-alohida muhokama qilinadi. Mamlakat parlamentining har bir palatasida aniq budjet masalalari bilan shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular budjet loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zaruriy hollarda o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda budjetning loyihasiga xulosa beradilar. Oliy Majlisning har bir palatalarida budjet loyihasi qabul qilinganidan so’ng, har ikki palata o’rtasida budjet loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining budjet to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida budjet loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakilllaridan iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak. Parlamentda budjet loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish)da budjet tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Budjet tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan taqdim etilgan budjet loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi nazarda tutiladi Budjetni ijro etish bosqichida budjetni ijro etish uni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagandan va mamlakat Prezidenti imzolagandan so’ng boshlanadi. O’zbekiston hukumati quyi ijroiya organlari va mahalliy o’z- o’zini boshqarish organlari bilan muvofiqlashtirilgan holda budjet ijrosi tartibini tashkil qiladi. Budjet jarayonining bu bosqichi o’z ichiga budjetning daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishini qamrab oladi. Budjetni ijro etishning eng muhim vazifasi ikkiyoqlama xarakterga ega bo’lib, u bir tomondan, soliqlar va boshqa to’lovlarning yoppasiga hamda har bir manbalar bo’yicha to’liq va o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashni, ikkinchi tomondan esa, budjet tasdiqlangan yil uchun shu moliyaviy yil davomida budjetda tasdiqlangan summalar chegarasida barcha tadbirlarni moliyalashtirilishni taqozo etadi. Budjet ijrosi davomida davlat ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash va samaradorligini oshirish hisobidan resurslarning oshishidan, mablag’larni sarflashda iqtisod rejimiga rioya qilinishidan, soliqli daromadlarning to’liq jalb qilinishidan manfaatdordir. Davlat budjetining ijrosim ta’minlashda quyidagi masaMaming hal etilishiga jiddiy e’tibor bermoq lozim: Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish; Davlat budjeti mablagdarim sarflash; Qabul qilingan davlat budjeti bo’lmagan taqdirda budjetni ijro etish; Budjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish; Davlat budjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish; Davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini boshqarish; Davlat budjetining kassa ijrosini ta’minlash; Davlat budjeti ijrosini nazorat qilish. Davlat budjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning daromadlarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi Qonuni, Soliq kodeksi, bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning 31 dekabrigacha davlat budjetiga to’lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o’tkazilishi kerak. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, davlat budjeti moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan holda xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul qilingan davlat budjeti ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Budjet jarayonining so’nggi bosqichi, ya’ni budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobot va uni tasdiqlashda davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot budjet ijrosining yakuni (natrjalari)ni o’zida ifoda etadi. Shu munosabat bilan Respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga shu vazirlik belgilagan muddatlarda taqdim etishi kerak. Shunga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan hamda mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan budjet mablag’lari oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag’lardan hisobot davrida foydalanganlik to’g’risidagi hisobotlarni tegishli moliya organlariga O’zbekiston Respublikasi vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etmoqlari lozim. Davlat budjetining ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shunga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar ijrosi to’g’risidagi hisobotlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Budjet munosabatlarining tashkiliy-huquqiy asoslari 2002-yildan boshlangan va bugungi kunga qadar muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinayotgan “Davlat moliyasini tizimini isloh qilish” loyihasi doirasida budjetdan moliyalashtirish, budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish, g’aznachilik orqali ular xarajatlari to’lovini amalga oshirish tartiblariga bevosita taalluqli me’yoriy - huquqiy hujjatlar ham takomillashib bormoqda. Budjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy va me’yoriy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar qatorida quyidagilarni keltirib o’tish mumkin: O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, xususan: 100-moddaga muvofiq mahalliy hokimyat organlari ixtiyoriga mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish kiradi; 122-modda 0’zbekistonning davlat budjeti Respublika budjetidan, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetlardan iborat ekanlligini belgilaydi. Download 201.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling