2. Davlat siri qonun bilan qo`riqlanadigan sirlar. O`zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot madaniyatini himoyalanishi


Download 357.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana31.03.2023
Hajmi357.64 Kb.
#1313616
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
13-mavzu. O’zbekistonda axborot xavfsizligini ma’naviy – huquqiy asoslari

SMS tasdiqlash kodlari 
SMS tasdiqlash kodlari parollardan keyingi o’rinda eng muhim xavfsizlik vositasi hisoblanadi. 
O’zbekistonda eng ko’p ishlatilayotgan va afsuski ko’plab kishilarning bilimsizligi oqibatida eng ko’p 
muammo keltirib chiqarayotgan SMS tasdiqlash bu to’lov tizimlaridagi pul o’tkazmalar bilan bog’liq SMS 
tasdiqlash bo’lib turibdi. Internetdagi qasidir xizmat muhim ahamiyatga (odatda pul yoki boshqa 
moddiy/jismoniy ta’sirga) ega bo’lgan harakatingizni tasdiqlash uchun sizning telefon raqamingizga SMS kod 
yuboradi. SMS xabarda ko’pincha «iltimos, bu kodni hech kimga bermang», mazmundagi ko’rsatma 
bo’lishiga qaramasdan ba’zilar kodni uchinchi shaxslarga beradi va kartasidan, hisobidan pul mablag’larini 
yo’qotadi. SHunday ekan, parollardan tashqari SMS tasdiqlash kodlarini ham xavfsiz saqlash juda muhim! 
Enkripsiya bilan bog’liq holatlar 
Ma’lumotlarni internet orqali uzatishda foydalaniladigan eng zamonaviy xavfsizlik vositasi – enkripsiya. 
Bunda foydalanuvchi tomonidan yuborish uchun kiritilgan ma’lumot foydalanuvchi qurilmasining o’zida 
enkripsiya qilinadi (inson o’qishi/ko’rishi/eshitishi mumkin bo’lgan shakldan faqat mashina o’qiy olishi 
mumkin bo’lgan shaklda o’tkaziladi). Enkripsiya qilingan ma’lumot tarmoqda xavfsiz shaklda yetkazilib
qabul qiluvchi server yoki boshqa qurilmada qayta shakllantiriladi (dekripsiya qilinadi). SHu tariqa ikki tomon 
ma’lumotni xavfsiz shaklda bir-biriga uzatishi mumkin. 
Sizning axborot xavfsizligingizda kim bilandir onlayn suhbatingizni uchinchi shaxslar bilmasligi juda 
muhim hisoblanadi. Saytlar orqali ma’lumot almashganingizda brauzerning SSL sertifikat haqida ma’lumot 
beruvchi qismiga e’tiborli bo’ling. Odatda zamonaviy brauzerlar enkripsiyasi yo’q, SSL sertifikati eskirgan 
yoki mavjud bo’lmagan saytlardan foydalanuvchilarni yaxshi ogohlantiradi. 
Smart telefoningizga yuklab olayotgan dasturlaringiz va o’yinlaringizning ishonchliligiga e’tibor bering. 
Ba’zan o’zini o’yin sifatida tanishtirayotgan dasturlar aslida boshqa g’arazli maqsadlarda ish olib borishi ham 
hech gap emas. Ko’ngilsiz holatlarning oldini olish uchun faqat ishonchli manbaalardan dastur va 
o’yinlaringizni yuklab olishingiz kerak. Google Play yoki Apple AppStore kabi ishonchli manbaalardan 
foydalaning. Saytlardan to’g’ridan-to’g’ri yuklab olingan, yoki sizga messenjerlar orqali yuborilgan o’yin va 
dasturlarni telefoningizga o’rnatmang. Mavjud o’rnatilgan dasturlaringizni Google Play Protect yoki shunga 
o’xshash vositalar yordamida tekshirishingiz mumkin. 
Zamonaviy messenjerlarda, xususan Telegram va WhatsApp dasturlarida «tomondan-tomongacha 
enkripsiyalash» imkoniyati bor. Bunda siz va suhbatdoshingiz o’rtasidagi yozishma, audio yoki video 
muloqot, almashiladigan fayllar enkripsiya qilinadi va server ishtirokisiz to’g’ridan-to’g’ri suhbatdoshingizga 
yetkaziladi. Albatta, bu ham axborotning 100% xavfsizligini ta’minlamaydi. CHunki hammaga ma’lumotni 
enkripsiyalangan shaklda yuborishda yoki qabul qilishda bo’lmasligi mumkin. 



Download 357.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling