2. Davlat siri qonun bilan qo`riqlanadigan sirlar. O`zbekiston Reapublikasi Konstitutsiyasida media savodxonlik va axborot madaniyatini himoyalanishi
Download 357.64 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu. O’zbekistonda axborot xavfsizligini ma’naviy – huquqiy asoslari
Jo’n xatolar. Xalqimiz ba’zan juda sodda va ishonuvchan. Bu soddalikni internet axborot xavfsizligi
kechira olmaydi. Afsuski internetdagi shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligidan yaxshi xabardor bo’lmaslik, zamonaviy bilimlarni o’zlashtirishga jiddiy qaramaslik oqibatida ayanchli hodisalar uchrab turibdi. Texnologiyalar rivojlangan sari axborotni o’g’irlash usullari ham zamonaviylashib, juda katta kuchga ega bo’lib bormoqda. Axborotni o’g’irlash yoki unga zarar yetkazish bugungi kunda shu darajaga chiqqanki, hatto ba’zi holatlarda sizning parolingiz, SMS tasdiqlash kodingiz ham talab qilinmagan holatda ma’lumotlaringizni yo’qotishingiz mumkin. Masalan, siz ishonib o’rnatgan dastur/o’yin qaysidir rasmingizni sizning soddalingizngizdan foydalanib ko’chirib olishi mumkin. Qaysidir suhbatdoshingiz sizni aldab u yoki bu turdagi ma’lumotingizni so’rab olishi mumkin. Siz kutmagan, bilmagan usullar bilan shaxsiy axborot muhitingizga zarar yetkazishlari hech gap emas. Bunga ko’pincha juda oddiy xatolar, juda keng tarqalgan qoidalarga bilimsizlik tufayli amal qilmaslik sabab bo’lishi mumkin. Oddiy xatoliklarga yo’l qo’ymaslik uchun telefoningizni doim bloklanishda saqlang, begona kimsalarga telefoningizni ochiq holatda topshirmang, ish kompyuteringizda bolalaringizning o’ynashiga yo’l qo’ymang, ish va shaxsiy masalalar uchun ishlatiladigan Google akkauntlaringizni bitta qurilmada saqlamang (yoki ehtiyotkorlik bilan saqlang). YUqoridagilar axborot xavfsizligi bo’yicha juda qisqa va eng ko’p tarqalgan tavsiyalardan ba’zilari edi. Internetda shaxsiy ma’lumotlaringizning saqlanishi va uzatilishiga e’tiborli bo’ling. Harakatlantiruvchi vositasi bo’lgan ommaviy axborot vositalari va ularda xizmat qilayotgan jurnalistlarning erkin, keng qamrovli, oshkora faoliyat ko’rsatishlari uchun muhim huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston Respublikasining bosh qomusi bo’lgan Konstitutsiyada ommaviy axborot vositalarining yangi tarixiy sharoitdagi huquqiy holati aniq belgilab berildi. Uning 67-moddasida: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to’g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. senzuraga yo’l qo’yilmaydi”, deyiladi. Bu bilan hukumat, davlat boshqaruv organlariga demokratiyaning muhim tayanchi bo’lgan OAVlari bilan hamisha hisoblashish majburiyatini qonuniy belgilab qo’ydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta’kidlanishicha, ”davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqorolar oldida mas’uldirlar” (2-modda), “davlat o’z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko’zlab, ijtimoiy adolat va qonunchilik hrinsihlari asosida amalga oshiradi” (14-modda), “har kim fikrlash va o’z e’tiqod erkinligi huquqiga ega. har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir” (29-modda), “O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim” (30-modda). Keltirilgan moddalar mazmunidan shunday xulosa qilish mumkinki, mamlakatda so’z va axborot erkinligi ta’minlangan. SHu bilan birga OAVlari va unda faoliyat ko’rsatadigan jurnalist zimmasiga muhim mas’uliyatni yuklaydi, ya’ni ular axborot izlash, olish va tarqatish vazifasini bajarish orqali mamlakatdagi demokratik davlatning mohiyatini, davlat organlari va mansabdor shaxslarning jamiyat va fuqarolar oldidagi mas’uliyatini yoritadi. OAVlari faoliyatining, shu jumladan, muayyan jurnalist faoliyatining asosida turadigan huquqiy zamin keng ko’lamdadir. SHu bois bu qonunchilikni chegaralash va tartibga solish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ommaviy axborot vositalari faoliyati qonunchiligini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar asosan uchga bo’linadi: 1.Xalqaro me’yorlar. 2.Konstitutsiyaviy me’yorlar. 3. Qonunlar va qonunosti me’yorlar. Ana shu me’yorlarni axborot huquqi, ommaviy axborot erkinligiga nisbatan ko’rib chiqadigan bo’lsak, Xalqaro huquqiy me’yorlari u Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (IXUD)ning 19-moddasida ko’rsatilgan, ya’ni “har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir to’siqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va Qoyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’iy nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi”. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi aksariyat me’yorlari aynan xalqaro me’yorlarga uyg’unlashganining, bu me’yorlarning deyarli bir xilligini ko’rish mumkin. Demak, axborotni izlash, olish va tarqatish bilan bog’liq jurnalist ijtimoiy faoliyatini huquqiy tartibga solish bevosita axborotni fuqarolik huquqlari ob’ektiga kiritadi. Bu O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 81-moddasida qayd etilgan. Bu narsa shuni anglatadiki, axborotni fuqarolik muomalasida izlash, olish va tarqatish imkoniyati mavjud - bunday axborotga nisbatan uning huquqi ob’ekti sifatidagi tabiatiga muvofiq keladigan har qanday qonuniy xatti-harakatlar sodir etish mumkin. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunida axborotlarga nisbatan mulkchilik huquqining mohiyatini ochib beriladi. Unga muvofiq, axborot davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyati maxsuli sifatida moddiy yoki intelektual mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. O’zbekiston Respublikasida davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar axborotlariga nisbatan qonunlar bilan kafolatlangan mulkiy huquqqa egadirlar. Davlat tomonidan qo’riqlanadigan va maxsus ro’yxatlar bilan chegaralab qo’yiladigan alohida ahamiyatli, mutlaqo maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va o’zga xil ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasining davlat siri hisoblanadi. Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Davlat sirlari O’zbekiston Respublikasining mulkidir (O’zbekiston Respublikasi “Davlat sirlarini saqlash to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasi). Davlat sirlari qonun bilan himoya qilinadi. Axborotni maxfiylashtirish va maxfiylikdan chiqarish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining lozim bo’lgan ma’lumotlar Ro’yxatiga muvofiq amalga oshiriladi (5-modda). Davlat sirlari uch toifaga, ya’ni; davlat, harbiy va rasmiy sirlarga bo’linadi. Download 357.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling