2. Davriy to‘lovlarni hisoblash. Amortizasiyani hisoblash uchun Excel funksiyalari Kredit va qarzlar bo’yicha operasiyalarni hisoblash uchun Excel funksiyalari


Foizlarni yiliga hisoblash metodlari


Download 146.3 Kb.
bet3/20
Sana23.02.2023
Hajmi146.3 Kb.
#1224913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
5-маъруза

Foizlarni yiliga hisoblash metodlari

Metod

To’lovlar davrining umumiy soni

Hisoblash davriga foizli stavka, %

Yiliga

n

k

Yarim yillik

2n

k/2

Kvartalli

4n

k/4

Oyiga

12n

k/12

Har kuni

365n

k/365

tip=0 argument qo’yilsa, bu yozuv =BZ(norma; chislo_periodov; vыplata) ko’rinishida bo’ladi va argumentlar o’rniga mos sonlar qo’yiladi.


Masala. Agar 27 ming rubl 33 yilga yiliga 13,5% ga qo’yilgan bo’lsa, hisobda qancha bo’lishini hisoblang. Foizlar har yarim yilda hisoblanadi.
Yechish: Hisoblash uchun (12.45) formula ishlatiladi, chunki omonat yagona summasining davriy qiymatini topish talab etiladi. Masala shartida yillik foiz va omonat davrining soni berilganini hisobga olamiz. Agar foizlar yiliga bir nechcha marta hisoblansa, foizlarni hisoblash davrining umumiy soni va hisoblash davrining foiz stavkasini hisoblash kerak. Yiliga foizlarni hisoblashning ko’p tarqalgan metodi 12.3-jadvalda keltirilgan.
Foizni yarim yillik hisobida hisoblash davrining umumiy soni 33  2 (argument – chislo_periodov), hisoblash davrining stavkasi esa 13,5%/2 (argument - norma) bo’ladi. Masala shartiga ko’ra argument nz=-27. Bu pul qo’yishni bildiradigan manfiy son. BZ funksiyani ishlatib, yozamiz:
BZ(13,5%/2;33*2;-27)=2012, 07 ming rubl.
Masala. Faraz qilamiz, to’rt yil davomida mablag’ni investirlashning ikkita varianti bor: har yilning boshida yillik 26% yoki har yilning oxirida yillik 38%. Har yili 300 ming rubl qo’shiladi. Investirlashning har bir variantida to’rtinchi yilning oxirida hisobda qancha pul bo’lishini aniqlash kerak.
Yechim. Bu holda davriy to’lovlarni hisoblash uchun birinchi variantda (12.46) formula (majburiy to’lovlar) va ikkinchi variantda (12.47) formula (oddiy to’lovlar) ishlatiladi.
Birinchi variantda 300 ming rubl miqdoridagi birinchi omonatning ko’paygan mablag’i to’rtinchi yilning oxirida murakkab foizlarni hisoblash hisobiga quyidagicha bo’ladi:
300(1+0,26)4=756,14 ming rubl.
To’rtinchi yil oxirida davriy mablag’ quyidagicha bo’ladi:
ikkinchi omonatda 300 (1+0,26)3=600,11 ming rubl;
uchinchi omonatda 300 (1+0,26)2=476,28 ming rubl;
oxirgi omonatda 300 (1+0,26)=378 ming rubl.
To’rtinchi yil oxirida omonatlarning yig’ilgan mablag’i quyidagicha bo’ladi:
756,14+600,11+476,28+378=2210,53 ming rubl.
Ikkinchi variantda to’rtinchi davr oxirida qo’ilgan oxirgi omonat foizlari hisoblanmaydi.
Ko’paygan mablag’ quyidagicha bo’ladi:
uchinchi omonatda 300 (1+0,38)=414 ming rubl;
ikkinchi omonat 300 (1+0,38)2=571,32 ming rubl;
birinchi omonat 300 (1+0,38)3=788,42 ming rubl.
To’rtinchi yil oxirida omonatlarning yig’ilgan mablag’i quyidagicha bo’ladi:
788,42+571,32+414+300=2073,74 ming rubl.
BZ funksiyani ishlatishda argumentlar birinchi variant uchun ko’rsatiladi:
norma = 26%, chislo_periodov = 4, vыplata = -300, tip = 1;
ikkinchi variant uchun norma = 38%, chislo_periodov = 4, vыplata = -300.
tip = 0 argumentni yozmasa ham bo’ladi.
Omonatlarning yig’ilgan mablag’i mos ravishda quyidagicha bo’ladi:
BZ(26%;4;-300;1)=2210,53 ming rubl.
BZ(38%;4;-300)=2073,74 ming rubl.
Hisoblashlardan ko’rish mumkin-ki, investirlash uchun birinchi variant qulay.

Download 146.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling